toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjat 11.09.2004 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-sentabr,
426-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-sentabrdagi 426-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Fan va taraqqiyot” Oʻzbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 15-yanvardagi 17-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy va oʻrta maxsus maktab muammolari institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 31-iyuldagi 302-son qarorining 2—4-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorining 13—15-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-iyuldagi 294-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 409-modda)