toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 20-iyuldagi 341-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 11-sentabr,
426-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 11-sentabrdagi 426-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Fan va taraqqiyot” O‘zbekiston respublika ilmiy-texnologiya kompleksini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 15-yanvardagi 17-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risida” 1995-yil 31-iyuldagi 302-son qarorining 2—4-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 77-son qarorining 13—15-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 294-son qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 37-son, 409-modda)