toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1523-3]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2005-yil 18-noyabrdagi 237a-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 358-modda) bilan tasdiqlangan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Vazir Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-yanvar,
43-son
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 43-son buyrugʻiga
ILOVA
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 9-banddagi “tuman fermerlari kengashiga”, “Tuman fermerlari kengashi” va “Tuman fermerlari kengashining” degan soʻzlar tegishincha “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga”, “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi” va “Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “tuman fermerlari kengashining” degan soʻzlar “tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“a” kichik band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda komissiyaga maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).”;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda komissiyaga mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyidan tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.”;
“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiyaga texnika vositalari texnik pasportlari taqdim etiladi (nusxalari olinib, asli qaytariladi).”;
quyidagi mazmundagi oʻttiz beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“e) talabgor Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xatga ega boʻlsa, 10 ball bilan baholanadi.”;
oʻttiz beshinchi xatboshi oʻttiz oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar ustun huquqdan foydalanadilar.”.
5. 2-ilova ushbu oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
2018-yil 25-yanvar
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B. YUSUPOV
2018-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q. QURANBAYEV
2018-yil 23-yanvar
Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaga
ILOVA
“Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilarni tanlashda talabgorlarning imkoniyatlarini baholaydigan
REYTING BALLARI

T/r

Baholash mezonlari

Reyting koʻrsatkichlari

Reyting
ballari

Taqdim etiladigan
hujjatlar

1.

Mutaxassisligi

Fermer xoʻjaligi boʻyicha maxsus mutaxassislikka ega

10 ball

Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat

Agronom, iqtisodchi, yurist

9 ball

Injener, hisobchi

8 ball

Mexanik, zootexnik, veterinar

7 ball

Boshqa mutaxassis

5 ball

2.

Qishloq xoʻjaligidagi
ish staji

15 yil va undan yuqori

10 ball

Mehnat daftarchasi

10 yildan 15 yilgacha

9 ball

5 yildan 10 yilgacha

8 ball

3 yildan 5 yilgacha

7 ball

1 yildan 3 yilgacha

6 ball

3.

Maʼlumoti

Oliy

10 ball

Maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat

Oʻrta maxsus

7 ball

Oʻrta

5 ball

4.

Fermerlikka talabgor yuridik va jismoniy shaxsning hisob varagʻidagi majburiyatlardan ozod boʻlgan mavjud pul mablagʻi yoki mol-mulki

Eng kam oylik ish haqining:

Bank maʼlumotnomasi. Tanlovga mol-mulk taklif etilgan taqdirda, uning bahosini va unga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat

500 barobaridan yuqori

10 ball

400 barobaridan 499 barobarigacha

8 ball

300 barobaridan 399 barobarigacha

6 ball

200 barobari�an 299 barobarigacha

4 ball

5.

Talabgorga yoki uning oila aʼzolariga (oila aʼzolarining notarial tasdiqlagan roziligi bilan) tegishli yaroqli texnika

Haydov traktori yoki oʻrim texnikasi

10 ball

Texnik pasport

Ishlov berish traktori

9 ball

Transport traktori

8 ball

Yuk mashinasi

2 ball

Yengil mashinasi

1 ball

Boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasi

1 ball

6.

Oilaviy pudratchi yoki fermer xoʻjaligi boshligʻi, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlari rahbari va xodimlari (fermer xoʻjaliklari xodimlari va oilaviy pudratchilar bundan mustasno) uchun soʻnggi uch yil davomida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalarning bajarilishi

(eng yuqori ball barcha turdagi mahsulot yetkazish shartnomalari bajarilganda beriladi)

tuman statistika boʻlimi yoki qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi tomonidan berilgan maʼlumotnoma

3 yil surunkali bajarganda

8 10 ball

3 yildan 2 yil bajarganda

6 8 ball

3 yildan 1 yil bajarganda

46 ball

7.

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan birgalikda berilgan tavsiyanoma xat

10 ball

Tavsiyanoma xat

8.

Arizada va biznes rejada bayon qilingantakliflarning iqtisodiy asoslanganligi

Arizadagi takliflar va biznes rejaning asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqiladi

5 balldan
10 ballgacha

Ariza, biznes reja va zarur hollarda tavsiyanoma xatlar

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 10/18/1523-3/0784-son)