1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlaridan samarali va mutanosib ravishda foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2018 — 2019-yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va taʼmirlash dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish doirasida:
buyurtmachilar etib — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari;
bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlar etib — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkazilgan tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha gʻoliblar;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-yanvardagi 37-sonli “Davlat xaridlarini amalga oshirishda xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qarori.
moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari, Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning oshirilgan toʻlov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablagʻlar, homiylik va xalqaro donorlarning texnik yordam mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda Dasturda koʻrsatilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida, sifatli ishlab chiqilishi, davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va obyektlarda qurilish-montaj ishlari bajarilishini ustuvor ravishda davlat-xususiy sherikchilik asosida taʼminlasin.
4. Toshkent davlat yuridik universiteti 2017/2018 oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktlar shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalar oʻtkazishdan ozod qilinsin.
5. Belgilansinki, 2018-yil 1-martdan boshlab adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni qoplashga yoʻnaltirilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga 2018-yil 1-martdan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-fevral,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 124-son qaroriga 1-ILOVA
2018 — 2019-yillarda adliya organlari va muassasalarining binolarini qurish va taʼmirlash
I. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining binolarini qurish va taʼmirlash
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati binosining fasad qismini taʼmirlash
1 450
—
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati binosi ichki xonalarini taʼmirlash va isitish tizimini yangilash (kapital taʼmirlash 2018-2019-yillarda amalga oshiriladi)
15 000
—
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi binosini kapital taʼmirlash
—
2 000
4.
Buxoro viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish
1 000
3 500
5.
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish
—
6 500
6.
Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi binosi qurilishini yakunlash
6 500
—
7.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish
8 000
—
8.
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi binosini qurish
7 000
—
9.
“Adolat” huquqiy axborot markazi” DUKning binosini taʼmirlash
800
10.
Axborot-tahlil multimedia markazi binosini kapital taʼmirlash va jihozlash
7000
11.
Yuristlar kovoringi markazi binosini taʼmirlash
200
Jami:
46 950
12 000
II. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari binolarini qurish va taʼmirlash
1.
Buxoro tumani FHDY boʻlimi binosini qurish
—
2 000
2.
Olmaliq shahri FHDY boʻlimi binosini qurish
2 000
Jami:
2 000
2000
Hammasi:
48 950
14 000
Izohlar:
1. Ushbu Dastur tadbirlarini amalga oshirishning yakuniy qiymati obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha, shuningdek real shakllanadigan narxdan kelib chiqqan holda aniqlashtiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, zarurat boʻlganda, ushbu Dasturga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilikni joriy etish boʻyicha vazifalardan kelib chiqqan holda, obyektlarni oʻzgartirish huquqiga ega.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2018-y., 09/18/124/0782-son, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son; 16.03.2020-y., 09/20/156/0317-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)