Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son “Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1. Taʼlim muassasalariga nomzodlarni oʻqishga yuborish xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ajratilgan qabul oʻrinlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Zarur hollarda xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun oʻtkaziladigan tanlov xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xarajatlar smetasi doirasida amalga oshiriladi.
3. Taʼlim muassasalariga yoshi oʻn sakkizdan kichik va yigirma beshdan katta boʻlmagan, shu jumladan yigirma besh yoshdagi ham, oʻrta, oʻrta-maxsus yoki kasb-hunar maʼlumotga ega nomzodlardan iborat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari tanlov asosida oʻqishga yuboriladi.
4. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.
5. Taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov teng huquqlilik, adolatlilik, oshkoralik va oʻqishga qabul qilishning yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
7. Ishchi guruhlar tomonidan xorijiy davlatlar taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagida murojaat qilgan nomzod (uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) oʻqishga qabul qilingandan soʻng tuziladigan shartnoma shartlari hamda uning bajarilmasligi natijasida kelib chiqadigan moddiy javobgarlik haqida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.
Taʼlim muassasalarida oʻqish uchun oʻtkazilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod bilan oʻqishni tamomlaganidan keyin besh kalendar yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimot boʻyicha yuborilganda boshqa davlat idoralarida majburiy uzluksiz xizmat oʻtashlari haqida belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
Shartnoma tuzishni rad etgan fuqarolar taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilmaydi.
8. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish boʻyicha targʻibot va dastlabki tanlov bosqichi tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tegishli bosh boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida (bundan buyon matnda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari deb yuritiladi) ishchi guruhlar tuziladi.
Ishchi guruhlar Vazirlikning tegishli boʻlinmalari boshliqlarining buyrugʻi bilan uning oʻrinbosari (kadrlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi) rahbarligida tuziladi. Bunda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari Kadrlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining oʻrinbosari va psixologlari, Oʻz xavfsizligi boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻi hamda Harbiy-tibbiy komissiya raisi ishchi guruh tarkibiga kiritilishi lozim.
9. Ishchi guruhlarni tuzish boʻyicha buyruqlarda ularning vazifalari aniq koʻrsatilishi shart.
10. Ishchi guruhlar oʻz faoliyatini qabul yilidan oldingi yilning sentabr oyi birinchi ish kunidan qabul yilining sentabr oyi birinchi ish kuniga qadar amalga oshiradi.
11. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborishni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan nomzodlarni tanlash va oʻqishga yuborish boʻyicha qabul komissiyasi (bundan buyon matnda Qabul komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi. Qabul komissiyasiga Vazir oʻrinbosari – Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi rahbarlik qiladi.
12. Qabul komissiyasi tarkibiga Vazirlikning Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari va psixologlari, Oʻz xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi hamda Harbiy-tibbiy komissiyasi raisi kiritiladi.
13. Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini qabul yilining 1-fevralidan 31-avgustiga qadar olib boradi.
14. Quyidagilar Qabul komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
nomzodlarning hujjatlarini oʻrganish;
yozma ish (diktant) oʻtkazish;
psixofiziologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash;
yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish;
yakuniy qaror qabul qilish.
15. Qabul komissiyasi raisi:
qabul komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
qabul komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
qabul komissiyasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻz vakolati doirasida buyruq qabul qiladi.
16. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun arizalar (bildirgilar) qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.
17. Taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan fuqarolar oʻzlarining yashash joyidagi ichki ishlar organiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan, ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari oʻz xizmat joyi va harbiy qismlarga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi bildirgi bilan murojaat qiladi.
ariza beruvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa maʼlumotlar oʻzgartirilgan boʻlsa, bu haqda FHDY organining maʼlumotnomasi;
ariza beruvchining yaqin qarindoshlari pasporti, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, nogironlik (agar mavjud boʻlsa), yaqin qarindoshlarining oʻlimi haqidagi guvohnomalari nusxalari;
3 x 4 santimetr oʻlchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9 x 12 santimetr oʻlchamdagi 2 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
nomzod tomonidan qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa (soʻrovnoma);
oʻqish, ish (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa) va oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan tavsifnoma hamda maʼlumotnoma (maʼlumotnomada nomzodning oila aʼzolari koʻrsatiladi);
Arizani qabul qilgan ichki ishlar organi xodimi ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlarning aslini tekshirib oladi. Ishchi guruh tomonidan xizmat oʻtash xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli muassasadan qoʻshimcha hujjat yoxud maʼlumotlar talab qilib olinishi mumkin. Nomzodlar tomonidan ariza, tarjimai hol va anketa (soʻrovnoma) taʼlim muassasasida oʻqitiladigan tilda yoziladi.
20. Taʼlim muassasalarida oʻqish uchun oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirilishi uchun ichki ishlar organlari masʼuldir. Bunda Vazirlikning tegishli boʻlinmalari boshligʻi vazifalar, ularni bajarish muddatlari va masʼul ijrochilarini koʻrsatgan holda qabul yili uchun chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlashi hamda uning ijrosini nazorat qilib borishi shart.
3-bob. Dastlabki va maxsus kasbiy tanlovlarni oʻtkazish
21. Dastlabki tanlov tadbirlari Vazirlikning tegishli boʻlinmalari ishchi guruhlari tomonidan qabul yilidan oldingi yilning 15-noyabridan qabul yilining 1-aprel kuniga qadar oʻtkaziladi.
22. Dastlabki tanlovning asosiy maqsadi taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni tavsiflovchi maʼlumotlarning ular kelgusida ichki ishlar organlarida xizmat qilishi uchun mosligini va nomzodlarning sogʻligʻi holatini aniqlashdan iborat.
23. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yakka tartibda suhbatlashish;
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni aniqlash (oilaviy ahvoli, ota-onalari va yaqin qarindoshlarining ichki ishlar organlaridagi xizmatga munosabati va shu kabilar);
individual-psixologik oʻrganish;
nomzodning sogʻligʻi jihatidan oʻqishga yaroqliligini aniqlash.
Nomzodlar bilan yakka tartibda suhbatlashish taʼlim muassasasida oʻqitiladigan tilda oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
24. Dastlabki tanlov bosqichida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
25. Dastlabki tanlov:
Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari hamda fuqarolar uchun – ularning doimiy yashash joyidagi tegishli ichki ishlar organlarida;
ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun — ularning xizmat joyi va harbiy qismlarda (muassasalarda) oʻtkaziladi.
26. Nomzodlarning hujjatlarini toʻplash va oʻrganish ishlari dastlabki tanlash tadbirlari yakunlangunga qadar amalga oshiriladi.
27. Yakka tartibdagi suhbat fuqarolar bilan — ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlari bilan — harbiy qismlar (muassasalar), boʻlinmalarning komandirlari, tegishli ichki ishlar organlari boshliqlari tomonidan oʻtkaziladi. Bunda yakka tartibdagi suhbat nomzod ariza (bildirgi) bilan murojaat qilgan kundan boshlab 10 kun ichida oʻtkaziladi. Yakka tartibdagi suhbat natijasi boʻyicha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yakka tartibdagi suhbat varaqasi toʻldiriladi.
28. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida ishchi guruhi tarkibiga kiritilgan psixologlar tomonidan ularni psixologik test sinovidan oʻtkazish yoʻli bilan mazkur Nizomning 5-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
29. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etish yoki tavsiya etilmaslik toʻgʻrisidagi xulosalardan biri qabul qilinadi.
30. Psixologik test sinovlarini bir marotaba qayta topshirishga ruxsat beriladi.
31. Psixologik test sinovi natijalari boʻyicha taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etilgan nomzodlarga ular tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlarni toʻliq topshirganlaridan soʻng, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanma beriladi.
32. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning sogʻligʻiga koʻra Taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqliligi darajasi toʻgʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi.
33. Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hamda shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi toʻliq rasmiylashtirilgan nomzodlarni maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa qabul qilinadi. Mazkur xulosa nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga tikiladi.
34. Dastlabki tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari Vazirlikning tegishli boʻlinmalari tomonidan qabul yilining 20-mayiga qadar Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasiga yuboriladi.
35. Maxsus kasbiy tanlovning asosiy maqsadi nomzodlarning ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashi uchun ularning sogʻligʻi va psixofiziologik xususiyatlarining mos kelishini hamda nomzodlarning jismonan sogʻlomligi va intellektual salohiyatini aniqlashdan iborat.
36. Quyidagilar maxsus kasbiy tanlovning asosiy vazifalari hisoblanadi:
taqdim etilgan hujjatlar va nomzodni tavsiflovchi materiallarni oʻrganish;
nomzodning umumjismoniy tayyorgarligi, chet tillari boʻyicha oʻquv dasturlarini oʻzlashtirganlik va bilim darajasini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodlarni yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyish toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilish (maxsus kasbiy tanlov natijalari boʻyicha).
37. Maxsus kasbiy tanlov Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasida oʻtkaziladi va quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
hujjatlarni oʻrganish;
yozma ish (diktant);
psixofiziologik oʻrganish;
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash;
tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.
38. Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasida tuzilgan ishchi guruh tomonidan har yili 20-mayga qadar maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqiladi va tegishli ichki ishlar organlariga yuboriladi.
39. Ishchi guruhlar nomzodlarga reja-jadvalga muvofiq maxsus kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish joyi va muddatlari haqida maʼlum qiladi hamda ularning hujjatlarini Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasiga belgilangan muddatlarda toʻliq yetkazilishini taʼminlaydi.
40. Hujjatlarni oʻrganish nomzod toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
41. Yozma ish nomzodga taʼlim muassasasida oʻqitiladigan tilda diktant yozdirish orqali Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi. Yozma ish oʻtkazish boʻyicha Vazirlik hamda respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
Yozma ish (diktant) natijalari qoniqarsiz baholangan nomzodlar maxsus kasbiy tanlovning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
42. Psixofiziologik oʻrganish mazkur Nizomning 8-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi psixologlari tomonidan oʻtkaziladi. Psixofiziologik oʻrganish boʻyicha Vazirlik sohaviy xizmatlarida faoliyat yuritayotgan psixolog xodimlar jalb qilinishi mumkin.
43. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasini baholash Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
44. Nomzodlarning chet (ingliz, nemis, fransuz) tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
45. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻrniga mazkur nizomning 11-ilovasida nazarda tutilgan metodikaga muvofiq yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi.
Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarga Vazirlik hamda respublika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 610-son “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida chet tillarini bilish darajasi haqida davlat namunasidagi V1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ball beriladi va ular chet tili fanidan oʻtkaziladigan sinovdan ozod etiladi.
47. Nomzodlarga maxsus kasbiy tanlovning yozma ish, psixofiziologik oʻrganish, umumjismoniy tayyorgarligini va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash tadbirlari boʻyicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
48. Psixofiziologik oʻrganish, umumjismoniy tayyorgarlik va chet tillarini oʻzlashtirganlik darajalarini baholash boʻyicha toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan koʻp ball toʻplagan nomzodlar qabul komissiyasining qaroriga koʻra tibbiy koʻrikka qoʻyiladi. Qabul komissiyasining qarori mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
49. Maxsus kasbiy tanlov tadbirlari natijalariga koʻra tibbiy koʻrikka qoʻyilgan nomzodlar soni kamida bir qabul oʻrniga ikkita nomzodni tashkil etmagan hollarda tibbiy koʻrikka qoʻyilmagan, biroq maxsus kasbiy tanlov tadbirlaridan eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar istisno tariqasida tibbiy koʻrikka qoʻyiladi.
50. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus shakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻtkaziladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari asosida nomzodning sogʻligʻiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqlilik darajasi toʻgʻrisida harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xulosa chiqariladi. Sogʻligʻining holatiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatga qoʻyilmaydi.
4-bob. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
51. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatning asosiy maqsadi huquqshunoslik, Oʻzbekiston va jahon tarixi, adabiyot, maʼnaviyat asoslari va milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari boʻyicha nomzodlarning bilimlarini har tomonlama va xolisona baholashdan iborat.
52. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat Qabul komissiyasi tomonidan kollegiallik prinsipi asosida har bir fan boʻyicha kamida bir nafardan malakali mutaxassis jalb etilgan holda oʻtkaziladi.
Nomzodlarga beriladigan savollar umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
53. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzodni baholashda uning savol mazmun va mohiyatini ochib berishi, javobni mantiqiy ketma-ketlikda izchil ifodalashi, mustaqil va ijodiy fikrlashi hamda uni yoritishda ishonchli dalillar yoki normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilishi inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat mazkur Nizomning 13-ilovasida keltirilgan metodikaga muvofiq oʻtkaziladi.
54. Qabul komissiyasi tomonidan maxsus kasbiy tanlov natijalari va yakka tartibdagi yakuniy suhbat boʻyicha nomzodni taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish yoki yubormaslik toʻgʻrisida uzil-kesil qaror qabul qilinadi.
55. Nomzodlarga yakka tartibdagi yakuniy suhbatni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
56. Nomzodlar tanlovlar paytida sinovlar oʻtkaziladigan joy hududiga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirishi va foydalanishi qatʼiy man etiladi.
Nomzod tomonidan sinovlarga kalkulyatorlar, lugʻat, jadvallar, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirilishi, sinovlar paytida bir-biriga yordam berishi, birovning oʻrniga kirishi, sinov oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanadi, bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi. Bunda Qabul komissiyasi raisi nomzodni tanlovning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
57. Maxsus kasbiy tanlov boshlanishidan oldin psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari yuzasidan nomzodlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan Apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
58. Apellyatsiya komissiyasiga ariza va shikoyatlar psixofiziologik oʻrganish, yozma ish (diktant), umumjismoniy tayyorgarlik, chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash va yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etilishi mumkin. Apellyatsiya komissiyasi taqdim etilgan ariza va shikoyatlarni ular tushgan kundan boshlab besh ish kunidan oshmagan muddatda murojaat qilgan nomzod ishtirokida koʻrib chiqadi.
60. Qabul komissiyasi har yili 15-iyunga qadar nomzodlarni oʻqishga yuborish masalasini koʻrib chiqadi va mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakldagi bayonnomani rasmiylashtiradi.
61. Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnoma nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish va ularni taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish toʻgʻrisidagi Ichki ishlar vazirining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
62. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilariga oʻz xizmat oʻtash joylariga taqdim etish uchun ularni taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma beriladi.
63. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilayotgan nomzodlar bilan oʻqish joyiga yuborilgunga qadar alohida tasdiqlangan dasturga asosan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.
64. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun oʻtkazilgan tanlovlardan oʻta olmagan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari qabul komissiyasining qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 10 kun ichida tegishli ichki ishlar organlariga qaytarib yuboriladi.
65. Nomzodni oʻqishga yuborish uchun asos boʻlgan hujjatlar Vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasida saqlanadi.
66. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun oʻtkazilgan tanlovlardan oʻta olmagan nomzodlar oʻz xohishiga koʻra Vazirlik oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin. Bunda nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari Vazirlikning tegishli oliy taʼlim muassasalariga yuboriladi.
67. Taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish uchun oʻtkazilgan tanlovlardan oʻtgan nomzodlar oʻqish joylariga yuborilgunga qadar xizmat yoki oʻquv intizomini buzgan yoxud oʻz xohishiga binoan nomzodlar safidan chetlashtirilgan taqdirda, Qabul komissiyasi uning oʻrniga toʻplangan ballar miqdoriga koʻra oʻtish balidan keyingi oʻrinda turgan nomzodni oʻqishga yuborish huquqiga ega.
69. Taʼlim muassasalarida oʻqish davri xodimning umumiy xizmat oʻtash muddatiga kiritiladi va ichki ishlar organlari xodimlariga belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.
Men, ____________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ga oʻqishga kirishga nomzod _________________________________________________________, oʻqishga qabul qilinsam va oʻqishni tamomlagandan soʻng men bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligim sababli, zaxiraga boʻshatilsam, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsam yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsam, moddiy javobgarligim toʻgʻrisida ogohlantirildim.
Biz, _____________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ga oʻqishga kirishga nomzodning ota-onasi, farzandimiz __________________________________________________ oʻqishga qabul qilinsa va oʻqishni tamomlagandan soʻng u bilan tuziladigan shartnoma talablarini bajarmaganligi sababli, zaxiraga boʻshatilsa, shartnomani muddatidan ilgari bekor qilsa yoki jinoyat sodir etib javobgarlikka tortilsa, moddiy masʼulligimiz toʻgʻrisida ogohlantirildik.
______________________________________________________________________________ga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va moddiy taʼminoti bilan tanishtirildim. Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) _______________ tilida topshiraman. Xizmat zaruratiga koʻra lozim topilgan yerda xizmat qilishga tayyorman. Xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman. Oilamda oʻzgarishlar boʻlganda hamda yaqin qarindoshlarimdan birortasi jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, belgilangan muddatda boshliqlarimga va kadrlar boshqarmasi (boʻlimi)ga yozma ravishda xabar beraman.
_______________________________________________________________________________________________ga oʻqishga kirish uchun hujjatlarimni rasmiylashtirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Chet tili boʻyicha sinovlarni (imtihonni) ______________________________________________ tilida topshiraman.
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yakka tartibdagi suhbat VARAQASI
Nomzodning F.I.O.: ________________________________________________________________________________ Nomzodning oilaviy ahvoli: _________________________________________________________________________ Nomzodning ota-onasi, yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati: __________________________________ _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ Ichki ishlar organlarida xizmatni tanlashining sabablari va asoslari: ______________________________________ _________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________. Nomzodning taʼlim muassasasidagi oʻzlashtirish darajasi: ________________________________________________ Nomzodning xorijiy tilni egallaganlik darajasi: _______________________________________________________ Nomzod haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar: _______________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________ taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida batafsil tushuntirildi.
______________________________________(yakka tartibdagi suhbat oʻtkazgan shaxsning unvoni, lavozimi va F.I.O.)
1. Individual-psixologik oʻrganish nomzodlarni mazkur Metodikada belgilangan tartibda psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
2. Dastlab nomzodlarga individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari har yili tegishli qabul yili uchun Qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi hamda psixologik test sinovlari boshlangunga qadar ishchi guruh raisiga yuboriladi.
4. Psixologik testlar, ularning javoblari, javoblar blanklari ishchi guruh tarkibidagi psixolog xodimning seyfida saqlanadi va u testlarning oshkor boʻlib ketmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
2-bob. Individual-psixologik oʻrganishni oʻtkazish
5. Individual-psixologik oʻrganish yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin.
6. Individual-psixologik oʻrganish guruh boʻlib oʻtkazilganda, xonada nomzodlar 20 nafardan ortiq boʻlmasligi zarur.
7. Individual-psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga oltita vazifa boʻyicha bir yuz yigirmata psixologik test beriladi.
8. Psixologik testlar nomzodlarning quyidagi individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga yoʻnaltiriladi:
aql zakovati, umumiy intellektual salohiyati va xotirasi;
mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari;
shaxsiga xos individual xususiyatlari, kirishimliligi, psixik turgʻunligi, samimiyligi;
kasbni tanlashining maqsadi va maqsadining barqarorligi.
9. Birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi vazifalar — oʻntadan savol (jami qirqta), beshinchi vazifaning toʻrtta shkalasi — oʻn toʻrttadan savol (jami ellik oltita), oltinchi vazifa — oʻn toʻrtta savoldan iborat boʻladi. Bunda har bir toʻgʻri javobga bir balldan qoʻyiladi.
10. Psixologik test boshlangunga qadar nomzodning sogʻligʻi surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar oʻrganishga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va unga keyingi individual-psixologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
11. Javoblar varaqasining toʻgʻri toʻldirilishi uchun nomzod shaxsan javobgar. Javoblar varaqasidagi tegishli katakchalarni notoʻgʻri belgilagan nomzodning eʼtirozlari koʻrib chiqilmaydi.
12. Psixologik test sinovlari oʻtkaziladigan xonaga mikrokalkulyator, lugʻat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
13. Psixologik test oʻtkazish vaqtida oʻrganish oʻtkazayotgan shaxslar nomzodlarni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Barcha topshiriqlar bajarib boʻlingandan soʻng, nomzodlar javoblar blankalarini oʻrganish oʻtkazayotgan mutaxassislardan biriga topshiradi. Oʻrganish oʻtkazgan mutaxassislar javoblar blanklarini qabul qilishda ularning toʻgʻri toʻldirilganligiga eʼtibor berishi zarur.
15. Vazifalarning barchasini (beshinchi vazifadagi barcha shkalani) muvaffaqiyatli topshirgan nomzod taʼlim muassasasiga kirish uchun tavsiya etiladi hamda unga dastlabki tanlashning keyingi tadbirlarida ishtirok etish uchun ruxsat beriladi.
16. Individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlarga boshqa kuni oʻtkaziladigan individual-psixologik oʻrganish tadbirida psixologik testlarni yana bir marta qayta topshirishga ruxsat beriladi.
17. Individual-psixologik oʻrganish sinovlarini topshirgan har bir nomzod uchun mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi.
18. Qaydnoma ishchi guruh raisi va ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan imzolanadi. Qaydnoma nomzodning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Nomzodning individual-psixologik oʻrganish natijalari boʻyicha QAYDNOMASI Nomzod __________________________________________________________________________________________. (F.I.O.)
Topshirish joyi: __________________________________________________________________________________. Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ________________.
“TASDIQLAYMAN” _______________________________ (ichki ishlar organi boshligʻining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20___ yil “___” ______________
Nomzodni_______________________________________________________________________________________ga maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida XULOSA _______________________________________________________________________________________________ni (nomzodning F.I.O., harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun — maxsus yoki harbiy unvoni, lavozimi)
_________________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ga maxsus kasbiy tanlovda ishtirok etish uchun yuborish toʻgʻrisida.
1. Nomzodni dastlabki oʻrganish natijalari: _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ 2. Maxsus tekshirish natijalari: _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ 3. Harbiy-tibbiy komissiya xulosasi: _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ 4. Nomzodni oʻrganish natijalari boʻyicha xulosa: _________________________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________
___________________________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
1. Yozma ish diktant yozdirish yoʻli bilan nomzodning orfografik va punktuatsion savodxonligini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
2. Diktantlarning mavzulari va matnlari Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan 1-iyun kuniga qadar shakllantiriladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va zarur miqdorda koʻpaytiriladi.
3. Diktantlarning mavzulari va matnlari muhrlangan holda Qabul komissiyasi masʼul kotibining seyfida saqlanadi u ularning oshkor qilinmasligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Nomzodlarga dastlab mazkur Metodikada nazarda tutilgan yozma ish (diktant) oʻtkazish tartibi tushuntiriladi.
5. Nomzodlarga yozma ishni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
6. Diktantlar tekshirib chiqilib, baholangandan soʻng Qabul komissiyasi masʼul kotibiga topshiriladi.
7. Diktant oʻtkaziladigan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
2-bob. Diktantga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
8. Diktant uchun umumiy oʻrta, oʻrta maxsus yoki kasb-hunar taʼlimi fan dasturlari doirasida oʻtilgan mavzularga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
9. Diktant matnining hajmi 170 — 200 ta soʻzdan iborat boʻladi.
10. Diktant yozishdan oldin nomzodlarga diktant matni toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Diktant yozish vaqtida har bir gap oʻqib eshittirilgandan soʻng, ushbu gapni yozishga kirishiladi. Ushbu gap yozib boʻlingandan soʻng, gap yana bir bor oʻqib eshittiriladi.
11. Nomzodlarning diktanti “5” ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
mutlaqo xatosiz yozilgan yoki bitta orfografik yoxud bitta punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga – 5 ball qoʻyiladi;
ikkitagacha orfografik va ikkitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 4 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori toʻrttadan oshmasligi kerak;
toʻrttagacha orfografik va toʻrttagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan diktantga — 3 ball qoʻyiladi, xatolar nisbati oʻzgarganda, ularning umumiy miqdori sakkiztadan, biroq orfografik xatolar miqdori oltitadan oshmasligi kerak.
diktantdagi xatolar “3” ball uchun belgilangan mezonlardan ortiq boʻlsa, diktantga — 0 ball qoʻyiladi va “qoniqarsiz” deb baholanadi.
12. Kirish soʻzlarning yozilishida oltitagacha punktuatsion xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa bitta xato deb topiladi.
13. Quyidagilar xato deb hisoblanmaydi:
tasodifiy xatolar;
takroriy xatolar;
soʻz koʻchirishdagi xatolar;
ayrim atamalarning yozilishidagi xatolar.
14. Diktantdagi tuzatishlar miqdori 5 tadan ortiq boʻlsa, baho bir ballga pasaytiriladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
15. Tekshirilgan har bir diktantga Qabul komissiyasi tarkibidagi yozma ish (diktant) oʻtkazish boʻyicha masʼul xodimlar va yozma ishni tekshirgan aʼzosi tomonidan imzo qoʻyiladi.
16. Yozma ish natijalari boʻyicha ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma yozma ish (diktant)ni oʻtkazishga masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
1. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning psixofiziologik xislatlari va individual xususiyatlarini aniqlash maqsadida avtomatlashtirilgan psixofiziologik komplekslar (bundan buyon matnda maxsus kompleks deb yuritiladi) yordamida oʻtkaziladi.
2. Nomzodlarni psixofiziologik oʻrganish maxsus kompleks yordamida oʻtkazilishining asosiy tamoyili – nomzodning psixofiziologik xususiyati boʻyicha xulosa qilishda inson omilidan holi boʻlish va subyektivlikdan saqlanish hisoblanadi.
3. Nomzodlarga psixofiziologik oʻrganish oʻtkazishdan oldin mazkur Metodikada nazarda tutilgan psixofiziologik oʻrganish oʻtkazish tartibi, maxsus kompleksning texnik xususiyatlari va xavfsizlik nuqtai nazaridan oʻzini qanday tutishi lozimligi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
2-bob. Psixofiziologik oʻrganishni oʻtkazish va uning xulosasi
4. Psixofiziologik oʻrganish har bir nomzod uchun alohida oʻtkaziladi.
5. Psixofiziologik oʻrganish maxsus jihozlangan xonada oʻtkaziladi.
6. Ushbu xona:
yetarli darajada tabiiy va sunʼiy yoritilgan boʻlishi;
shovqindan himoyalangan boʻlishi;
nomzodga ajratilgan joy qulay boʻlishi lozim.
7. Psixofiziologik oʻrganish oʻtkaziladigan xonaga faqat bir nafar nomzod qoʻyiladi.
9. Psixofiziologik oʻrganishda nomzodning qoʻllariga maxsus kompleksning elektrodlari ulanadi va mazkur elektrodlar orqali 10 daqiqagacha boʻlgan vaqt davomida kichik quvvatli elektr impulslar uzatiladi.
10. Psixofiziologik oʻrganish davomida nomzod bilan muloqotga kirishishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Psixofiziologik oʻrganish nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxshi boʻlgandagina oʻtkazilishi lozim.
12. Psixofiziologik oʻrganish boshlanishidan oldin oʻzini yomon his qilayotgan yoki sogʻligʻidan shikoyat qilayotgan nomzodlar mazkur tadbirga qoʻyilmaydi. Bunday holatda dalolatnoma tuziladi va nomzodga keyingi guruhlar tarkibida psixofiziologik oʻrganishdan oʻtish uchun qayta ruxsat beriladi.
13. Psixofiziologik oʻrganish vaqtida uni oʻtkazayotgan shaxs nomzodni uzluksiz ravishda kuzatib turadi.
14. Nomzodning psixofiziologik oʻrganish natijasi maxsus kompleksning avtomatik ravishda chiqarib beradigan xulosa (baho)si hisoblanadi.
15. Nomzodlarning psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy ball 30 ballik tizimda baholanib, yakuniy ball — D, quyidagi formula D=E*6, yaʼni apparat xulosasi boʻyicha olingan baho — E, 6 (olti)ga koʻpaytirib chiqariladi va yakuniy ball — D qaydnomaga qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoida
16. Psixofiziologik oʻrganish natijalari boʻyicha ilovaga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma psixofiziologik oʻrganish boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
1. Nomzodlarning umumjismoniy tayyorgarligi darajasi ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan tegishli mashqlarni bajarishini tekshirish orqali baholanadi.
2. Nomzodlarga dastlab mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar hamda mashqlarni bajarish tartibi umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha kichik komissiya tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan tushuntiriladi.
3. Nomzodlar umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlariga sport kiyimida kelishi lozim.
4. Nomzod yigitlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
toʻsin(turnik)da tortilish;
100 metrga yugurish;
3000 metrga yugurish.
5. Nomzod qizlar quyidagi mashqlarni bajaradi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish;
1000 metrga yugurish.
6. Mashqlar oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 10 daqiqa vaqt beriladi.
7. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan nomzodlar qoniqarsiz baholanadi.
8. Belgilangan mashqlarni uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishda qoniqarsiz baholangan nomzodlarga umumjismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha sinovlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
2-§. Mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar va mezonlar
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak turnik poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etadi).
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
Nomzodlarning turnikda tortilish mashqi quyidagicha baholanadi:
13 marotaba va undan koʻp tortilganda — 10,0 ball;
11-12 marotaba tortilganda — 7,0 ball;
9-10 marotaba tortilganda — 5,0 ball;
1 — 8 marotaba tortilganda yoxud umuman tortila olmaganda — 0 ball bilan baholanadi.
10. 100 metrga yugurish mashqi:
yuqori yoki quyi startdan amalga oshiriladi;
stadionning yugurish yoʻlakchasi yoki qattiq qoplamli tekis joylarda oʻtkaziladi.
11. Nomzodlarning 100 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
Erkaklar uchun:
14,2 soniya ichida bajarganda — 10,0 ball;
14,3 — 14,6 soniyada bajarganda — 7,0 ball;
14,7 — 15,4 soniyada bajarganda — 5,0 ball;
15,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajarganda — 0 ball bilan baholanadi.
Qizlar uchun:
17,0 soniya ichida bajarganda — 10,0 ball;
17,1 — 17,8 soniyada bajarganda — 7,0 ball;
17,9 — 18,4 soniyada bajarganda — 5,0 ball;
18,5 soniyada va undan koʻp vaqtda bajarganda — 0 ball bilan baholanadi.
12. 3000 (1000) metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi. Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
13. Nomzodlarning 3000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
12,50 daqiqa ichida bajarganda — 10,0 ball;
12,50 daqiqadan koʻp, biroq 13,10 daqiqagacha bajarganda — 7,0 ball;
13,10 daqiqadan koʻp, biroq 13,45 daqiqagacha bajarganda — 5,0 ball;
13,45 daqiqadan koʻp vaqtda bajarganda — 0 ball bilan baholanadi.
14. Nomzodlarning 1000 metrga yugurish mashqi quyidagicha baholanadi:
4,30 daqiqa ichida bajarganda — 10,0 ball;
4,30 daqiqadan koʻp, biroq 4,50 daqiqagacha bajarganda — 7,0 ball;
4,50 daqiqadan koʻp, biroq 5,20 daqiqagacha bajarganda — 5,0 ball;
5,20 daqiqadan koʻp vaqtda bajarganda — 0 ball bilan baholanadi.
15. Kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda bir daqiqada ikkita mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniya vaqt ajratiladi.
16. Birinchi mashqni bajarishda:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
17. Birinchi mashq uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilingandan soʻng, darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishiladi.
18. Ikkinchi mashqni bajarishda:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
19. Nomzodlarning kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarish mashqi quyidagicha baholanadi:
34 marotaba va undan koʻp bajarilganda — 10,0 ball;
32-33 marotaba bajarilganda — 7,0 ball;
28 — 31 marotaba bajarilganda — 5,0 ball;
1 — 27 marotaba bajarilganda yoxud umuman bajarilmaganda — 0 ball bilan baholanadi.
3-§. Yakuniy qoida
20. Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi hamda qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash metodikasiga ILOVA
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash QAYDNOMASI (oʻgʻil bolalar uchun)
Topshirish joyi: __________________________________________________________________________________ Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________ Guruh raqami: ___
T.r.
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va ballari
Umumiy ball
Toʻsin(turnik)da tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
1.
2.
3.
4.
...
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash QAYDNOMASI (qizlar uchun)
Topshirish joyi: __________________________________________________________________________________ Topshirish sanasi: 20__ yil ___ ____________ Guruh raqami: ___
T.r.
Nomzodlarning F.I.O.
Mashqlarning nomi va ballari
Umumiy ball
Toʻsin(turnik)da tortilish
100 metrga yugurish
3000 metrga yugurish
1.
2.
3.
4.
...
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nomzod umumtaʼlim muassasalarida chet tili sifatida ingliz, nemis yoki fransuz tillarini oʻrgangan taqdirda chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasi kompyuter dasturiga kiritilgan test savollarini berish yoʻli bilan tekshiriladi.
2. Nomzodlarning chet (ingliz, nemis, fransuz) tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha sinov boshlanishidan oldin ularga mazkur Metodikada nazarda tutilgan baholash tartibi tushuntiriladi hamda tegishli yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
3. Test savollari va ularning javoblari Qabul komissiyasi tarkibidagi chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha masʼul xodimlar tomonidan 1-iyun kuniga qadar ishlab chiqiladi, Qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli kompyuterlar dasturiga kiritiladi.
4. Har bir savolga 4 tadan (“A”, “B”, “C”, “D”) javoblar varianti berilgan boʻlib, har bir test savoliga faqat bitta toʻgʻri javob belgilanishi lozim.
5. Test savollari va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun Qabul komissiyasi masʼul kotibi javobgar hisoblanadi.
6. Umumtaʼlim muassasalarida boshqa chet tili (ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur va boshqa tillar) boʻyicha oʻqigan taqdirda nomzod chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha sinovlar oʻrniga mazkur nizomning 11-ilovasida nazarda tutilgan metodikaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon topshiradi.
7. Nomzod oʻqishga kirish uchun berilgan ariza (bildirgi)da qaysi chet tilidan imtihon topshirishini koʻrsatishi lozim.
2-bob. Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash
8. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun oʻttizta savolga bir soat vaqt meʼyori belgilanadi. Nomzodga test sinovlarini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
9. Test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyaga lugʻat, kitoblar, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
10. Test savollarini shakllantirishda chet tillariga ixtisoslashmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq keladigan va nomzodning olgan bilimlarini aniqlash imkoniyatini beradigan materiallar tanlanadi.
11. Test sinovlari natijasi “30” ballik tizimda, har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball, har bir notoʻgʻri javob uchun 0 ball bilan baholanadi.
3-bob. Yakuniy qoida
12. Chet tillari (ingliz, nemis, fransuz)ni oʻzlashtirganlik darajasini baholash natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi. Qaydnoma sinovni qabul qilgan masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi hamda Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash metodikasiga ILOVA
Nomzodlarning chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash QAYDNOMASI
Topshirish joyi _______________________ Topshirish sanasi _______________________ Guruh raqami: ___
T.r.
Nomzodning F.I.O.
Toʻgʻri javoblar soni
Notoʻgʻri javoblar soni
Toʻplangan ball
1.
2.
3.
4.
...
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
_____________________________________ (masʼul shaxsning lavozimi va unvoni)
____________ (imzo)
_______________________________ (F.I.O.)
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihon oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarni qabul qilish uchun tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda tashkil etiladi. Bunda fanlar boʻyicha tajribali va malakali oʻqituvchilar jalb etiladi.
2. Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qatʼiy rioya etilgan holda oʻtkaziladi hamda imtihon oʻtkazilishidan uch kun oldin nomzodlar bilan maslahatlar tashkil etiladi.
3. Imtihon chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash boʻyicha oʻtkaziladigan test sinovlari uchun ajratilgan ballni hisobga olgan holda yagona koʻp balli tizim boʻyicha maksimal ball 30,0 ball bilan baholanadi.
4. Imtihonda tegishli chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, berilgan mavzuni bilishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi, jumlani grammatik tahlil qila olishi, nutqni grammatik va leksik jihatdan shakllantira olishi, talaffuz qila olishi, yoza olishi tekshiriladi va baholanadi.
5. Yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonlarga uzrli sabablarsiz kelmagan nomzodlarga imtihonlar qayta tashkil etilmaydi.
2-bob. Baholash mezonlari
6. Nomzodlarning imtihonda savollarga bergan javoblari mazkur bobda belgilangan mezonlar boʻyicha baholanadi.
7. Chet tili boʻyicha nomzodning matnni oʻqiy olishi, tarjima qila olishi, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olishi, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan savollarga javob bera olishi tekshiriladi va quyidagicha baholanadi:
a) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 30,0 ball qoʻyiladi:
matnni oʻqishda xato qilmasa — 8,5 ball;
matnni toʻliq (100 foiz) tarjima qilsa — 8,5 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini toʻliq gapirib bersa — 8,0 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolga ham javob bersa — 5 ball;
b) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 25 ball qoʻyiladi:
matndagi ikkitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 7,5 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning bittasiga javob bersa — 3 ball;
v) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 20 ball qoʻyiladi:
matndagi beshtagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 7 ball;
matnning 80 foizini tarjima qilsa — 7 ball;
matnning (maqolaning) faqat umumiy mazmunini gapirib bersa — 6 ball;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
g) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 12 ball qoʻyiladi:
matndagi yettitagacha soʻzni oʻqishda xato qilsa — 6 ball;
matnning 70 foizini tarjima qilsa — 6 ball;
matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, berilgan mavzuni bilmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
d) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 5 ball qoʻyiladi:
matnning 60 foizini tarjima qilsa — 5 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi;
e) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 4 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizini tarjima qilsa — 4 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa — 0 ball qoʻyiladi.
j) agar nomzod quyidagicha javob bersa, 0 ball qoʻyiladi:
matnning 50 foizidan kamini tarjima qilsa — 0 ball;
matndagi sakkiztadan ortiq soʻzni oʻqishda xato qilsa yoki umuman oʻqiy olmasa, matnning (maqolaning) mazmunini gapirib bera olmasa, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni yuzasidan berilgan ikkita savolning hech qaysisiga javob bermasa yoki uzrli sabablarsiz imtihonga kelmasa — 0 ball qoʻyiladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
8. Nomzodning javoblari qabul qilingandan soʻng, imtihonni qabul qiluvchi har bir mutaxassis nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Mutaxassislar tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga imtihon natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
9. Qoʻyilgan barcha ballar umumlashtirilib, nomzodning oʻrtacha arifmetik bahosi aniqlanadi. Qaydnoma masʼul shaxslar tomonidan imzolanadi hamda Qabul komissiyasi raisiga topshiriladi.
10. Qabul qilingan imtihon boʻyicha eʼtirozlar shu kunning oʻzida Apellyatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Yagona koʻp balli imtihon tizimi boʻyicha chet tilidan imtihonni baholash mezonlariga ILOVA
Chet tilidan imtihon natijalari boʻyicha QAYDNOMA
“TASDIQLAYMAN” ______________________________ ______________________________ ______________________________ (Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20___ yil “___” _______________
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi yigʻilishining BAYONNOMASI ____-son
20__ yil “___” ________________
Toshkent shahri
Raislik qiluvchi:
____________________________________________________________ (qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)
Qatnashganlar:
____________________________________________________________ (qabul komissiyasi aʼzolari)
KUN TARTIBI: (nomzodlarni tibbiy koʻrikka qoʻyish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov natijalarini koʻrib chiqib hamda mazkur Nizomning 48-bandiga asosan, qaror qiladi:
T.r.
Nomzodning F.I.O.
Maxsus kasbiy tanlov natijalari
Umumiy ball
Tibbiy koʻrikka qoʻyilganligi yoki qoʻyilmaganligi haqida yozuv
Psixofiziologik oʻrganish
Umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
Chet tillarini oʻzlashtirganlik darajasini baholash
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish
METODIKASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat nomzodlarning huquqshunoslik, Oʻzbekiston va jahon tarixi, adabiyot, maʼnaviyat asoslari va milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari boʻyicha bilimlarini har tomonlama va xolisona baholash maqsadida ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkaziladi.
2. Yakuniy suhbat davomida nomzodlarga beriladigan savollar komissiya aʼzolari, tarix, huquqshunoslik, adabiyot, maʼnaviyat asoslari fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar tomonidan tuziladi va savollar boʻyicha bilet variantlari 1-iyun kuniga qadar tayyorlanadi hamda qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Biletlardagi savollarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Nomzodlarga beriladigan savollar mazmuni huquqshunoslik, Oʻzbekiston va jahon tarixi, adabiyot, maʼnaviyat asoslari va milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari boʻyicha umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi fanlarining oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
4. Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan savollar roʻyxati va bilet variantlari komissiya masʼul kotibining seyfida saqlanadi. Masʼul kotib savollar roʻyxati va bilet variantlari oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
5. Yakuniy suhbat kuni nomzodlarda fuqarolik pasporti boʻlishi shart.
2-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oʻtkazish
6. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat kollegial prinsip boʻyicha, Qabul komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
7. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda nomzod 4 ta savoldan iborat biletga javob beradi.
Har bir biletda:
birinchi savolda — huquqshunoslik fanlari;
ikkinchi savolda — Oʻzbekiston va jahon tarixi;
uchinchi savolda — adabiyot;
toʻrtinchi savolda — maʼnaviyat asoslari va milliy istiqlol gʻoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanlari aks etadi.
8. Nomzodlar suhbatga tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha auditoriyada besh nafardan koʻp boʻlmagan holda, ketma-ketlikda kiritiladi va yakka tartibda biletlardan birini tanlaydi.
9. Nomzodlar biletlardan birini tanlab olgach, savollarga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 20 daqiqa vaqt beriladi. Agarda nomzod ushbu vaqtdan foydalanishni lozim deb topmasa, tayyorgarlik koʻrmasdan javob berishiga ruxsat etiladi.
3-§. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini aniqlash
10. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijasi 110 ballik tizimda quyidagicha baholanadi:
birinchi savol uchun — maksimal 40 ball;
ikkinchi savol uchun — maksimal 25 ball;
uchinchi savolda — maksimal 25 ball;
toʻrtinchi savolda — maksimal 20 ball.
Savollarning birortasiga ham toʻgʻri javob berilmagan boʻlsa — 0 ball qoʻyiladi.
11. Nomzodning har bir savol boʻyicha javobi quyidagi mezonlar boʻyicha alohida baholanadi:
nomzod toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — birinchi savol uchun 40 ball, ikkinchi va uchinchi savollar uchun 25 ball, toʻrtinchi savol uchun 20 ball;
nomzod mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 32 ball, ikkinchi va uchinchi savollar uchun 20 ball, toʻrtinchi savol uchun 16 ball;
nomzod mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — 24 ball, ikkinchi va uchinchi savollar uchun 15 ball, toʻrtinchi savol uchun 12 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga qisman ega deb topilganda — 16 ball, ikkinchi va uchinchi savollar uchun 10 ball, toʻrtinchi savol uchun 8 ball;
nomzod bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — 0 ball qoʻyiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
12. Nomzodning savollarga javobi eshitilgandan soʻng komissiyaning har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, har bir nomzodga yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq shakldagi qaydnomaga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
13. Mazkur qaydnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning masʼul kotibiga topshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalari boʻyicha QAYDNOMA
Sana: ___________ Guruh raqami: ____
Toshkent shahri
T.r.
Nomzodning F.I.O.
Savollarga qoʻyilgan ballar
Toʻplagan ball
1-savol
2-savol
3-savol
4-savol
1.
2.
3.
4.
...
Qabul komissiya raisi (oʻrinbosari)
______________ (imzo)
_____________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi masʼul kotibi
______________ (imzo)
_____________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
Qabul komissiyasi aʼzolari
______________ (imzo)
_____________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
______________ (imzo)
_____________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
______________ (imzo)
_____________________________________________ (unvoni va F.I.O.)
“TASDIQLAYMAN” ______________________________ ______________________________ ______________________________ (Qabul komissiyasi raisining unvoni, F.I.O. va imzosi) 20___ yil “___” _______________
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi yigʻilishining BAYONNOMASI ____-son
20__ yil “___” ________________
Toshkent shahri
Raislik qiluvchi:
____________________________________________________________ (qabul komissiyasi raisining unvoni va F.I.O.)
Qatnashganlar:
____________________________________________________________ (qabul komissiyasi aʼzolari) ____________________________________________________________ (qabul komissiyasi aʼzolari)
KUN TARTIBI: (nomzodlarni ___________________________________________________________________________________ga oʻqishga yuborish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida)
Xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida oʻqish uchun tanlov oʻtkazish boʻyicha qabul komissiyasi nomzodlarning maxsus kasbiy tanlov hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalarini koʻrib chiqib hamda mazkur Nizomning 60-bandiga asosan, qaror qiladi:
T.r.
Nomzodning F.I.O.
Maxsus kasbiy tanlovda toʻplagan bali
Yakka tartibdagi yakuniy suhbatda toʻplagan bali
Umumiy Ball
Oʻqishga yuborilishi yoki yuborilmasligi haqida yozuv