1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar ekspertizasi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan ijobiy xulosa berilgan holdagina Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
loyihalarni amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda loyihalar texnik-iqtisodiy asoslari va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari boʻyicha Markazning oʻrnatilgan tartibdagi kompleks ekspertizasi natijalari boʻyicha ijobiy xulosasi mavjud boʻlmagan taqdirda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va pudrat tashkilotlarining nomini koʻrsatish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.14.00 Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi. Kafolat jamgʻarmasi. Taraqqiyot jamgʻarmasi]
2. Belgilansinki, mazkur qarorning 1-bandidagi talablar Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari, tarmoq va hududiy rivojlantirish konsepsiyalari doirasida amalga oshiriladigan loyihalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qarorlari doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga, shuningdek, davlat korxonalarining, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik subyektlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga ustav fondining 50 foizi va undan ortigʻi tegishli xoʻjalik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa loyihalarga nisbatan joriy etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 13-fevral,
PQ-3527-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 07/18/3527/0687-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)