Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan bojxona xizmatlarining sifati va samaradorligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3447-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 2-bandi
birinchi xatboshisidagi “3926” raqamlari “4037” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.