Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalqaro turizmni yanada rivojlantirish, zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini tubdan yaxshilash, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarning bojxonadan oʻtishdagi tartib-taomillari vaqtini qisqartirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlarida 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab ikki yoʻlakli tizim kiritilgani munosabati bilan “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti”ning chegara bojxona posti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining ixtisoslashtirilgan “Toshkent-AERO” bojxona kompleksiga qoʻshimcha 111 shtat birligi ajratilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Toxiriy) ajratilayotgan shtat birliklarini yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirishni taʼminlasin.
2. Belgilansinki, mazkur qaror bilan bogʻlik pul mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha respublika budjetidan ajratiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 10-avgustdagi PP-1595-sonli qaroriga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2208-sonli
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jami” grafasidagi “1 738” raqami “1 849” raqamiga almashtirilsin.