1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-son Farmoniga asosan hamda davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini moddiy ragʻbatlantirish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi B.R. Parpiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 23-yanvar,
43-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-yanvardagi 43-son qaroriga ILOVA
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) moliya boʻlimlari mudirlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari;
daromadlar prognozi — soliq va budjet toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq daromad manbalari kesimida ularning soliq solinadigan bazasini tavsiflovchi asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha ishlab chiqilgan budjet daromadlarining yigʻma koʻrsatkichlari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
soliq qarzi — soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar. Bunda undirilishi umidsiz va muddati uzaytirilgan soliq qarzlari inobatga olinmaydi;
mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirish rezervlari — Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida aniqlanib, tegishli soliq organlari tomonidan tasdiqlangan soliqqa tortish obyektlari.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularni moddiy javobgarlikka tortish har bir hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
4. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish yoki moddiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi buyruq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga koʻra:
moliya organlarining rahbarlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri;
davlat soliq xizmati organlarining rahbarlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi tomonidan qabul qilinadi.
5. Moliya va soliq organlarining moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalari va mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari ushbu organlar rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish manbai hisoblanadi.
2-bob. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish uchun ular faoliyatini baholash mezonlari
6. Quyidagilar moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish uchun ular faoliyatini baholashning asosiy mezonlari (keyingi oʻrinda mezonlar deb ataladi) hisoblanadi:
mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilishi;
budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligining qisqartirilishi;
mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlarning bajarilishi.
7. Mezonlar ijrosi tahlili tegishli hisobot choragi yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
3-bob. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularni moddiy javobgarlikka tortish tartibi
8. Mezonlar ijrosi boʻyicha hududiy moliya va soliq organlari tomonidan har chorak yakuni boʻyicha ushbu Nizomga 1, 2 va 3-ilovalarga muvofiq maʼlumotnomalar tuziladi.
9. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
10. Maʼlumotnomalar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
tuman (shahar) moliya boʻlimlari va davlat soliq inspeksiyalari tomonidan — tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalari ilova qilingan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalariga hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vazirligi, hududiy moliya va davlat soliq boshqarmalari tomonidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyalari ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasiga hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar.
11. Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, tahlillar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining va Davlat soliq qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
12. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va moddiy javobgarlikka tortish ularning lavozim maoshiga nisbatan ustama quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
a) moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ularning lavozim maoshlarini 50 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofotlash, shu jumladan:
mahalliy budjet daromadlari tasdiqlangan prognozining ijro etilganligi uchun 10 foiz miqdorida;
budjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilganligi uchun 20 foiz miqdorida;
mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun 20 foiz miqdorida;
b) yuqorida koʻrsatilgan mezonlarning ijrosi taʼminlanmaganligi uchun ularning lavozim maoshlarining 30 foizi miqdorida jarima qoʻllash, shu jumladan:
mahalliy budjet daromadlarining tasdiqlangan prognozining ijro etilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida;
mahalliy budjetlarga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi oshishiga yoʻl qoʻyilganligi uchun 10 foiz miqdorida;
mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilmaganligi uchun 10 foiz miqdorida.
13. Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslariga ushbu Nizom 12-bandining “b” kichik bandiga asosan jarimalar qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 — 184-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Mazkur Nizom 12-bandining “a” kichik bandiga asosan ragʻbatlantirish choralari hisobot choragidan keyingi chorak davri uchun amal qiladi hamda ushbu nizom bilan bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha ilgari qoʻllanilgan jazoning amal qilish muddati mobaynida qoʻllanilishi mumkin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Mahalliy budjet daromadlarining belgilangan prognoz koʻrsatkichlarining bajarilmaganligi uchun jarima qoʻllashda moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslari tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilmaslik sabablari oʻrganiladi, bunda ularga bogʻliq boʻlmagan omillar inobatga olinadi.
15. Muayyan hisobot choragi uchun mazkur Nizomga asosan moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslariga nisbatan qoʻllanilgan jarima keyingi hisobot choragi yakuni boʻyicha ularni ragʻbatlantirishda inobatga olinmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
16. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
_______________ boʻyicha budjet va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmalari daromad bazasini oshirish rezervlari toʻgʻrisida __.__._ yil holatiga maʼlumot
(mln.soʻmda)
T/r
Hududlar
Mahalliy budjet daromadlari bazasini oshirishda aniqlangan rezervlar (hisobot choragi davomida)
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning tasdiqlangan rejasi
Jami aniqlangan zaxira summasining rejaga nisbatan ulushi (%)
Rezerv summalari (hisobot choragi davomida)
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslari uchun ragʻbatlantirish va javobgarlik choralari (%)
Jami
shu jumladan:
Moliya organlari
Soliq organlari
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
ESLATMA: Daromadlari bazasini oshirish rezervlari — moliya hamda soliq organlari tomonidan tahlillar (oʻrganishlar) natijasida qoʻshimcha aniqlangan soliq solish obyektlari.
hududiy moliya organlari rahbari
hududiy davlat soliq xizmati organlari rahbari
/ Imzo
/ Imzo /
F.I.O
F.I.O
Budjetga toʻlovlar kelib tushishining koʻrsatkich prognozlari bajarilgani hamda qoʻshimcha daromadlar aniqlangani va undirib olingani uchun moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Moliya va soliq organlari rahbarlari, mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va ularga nisbatan moddiy javobgarlik choralarini qoʻllash
SXEMASI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2018-y., 09/18/43/0615-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)