1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.06 Shoʻʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini koʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi PQ-5171-sonli “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning joriy ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz amalga oshirilishini taʼminlash, shuningdek, ularning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish maqsadida:
1. Mazkur qarorga muvofiq tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari va korxonalarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, kuyidagi tartib ustav fondida (kapitalida) strategik xaridorlarning ulushi mavjud boʻlgan tashkilotlarga ham joriy etiladi.
xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning joriy ishlab chiqarish faoliyatida ishlatiladigan, summasidan qatʼiy nazar, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli orqali, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalari tomonidan tuziladigan va ularning rahbarlari tomonidan boshqariladigan idoraviy tanlov komissiyalari tomonidan baholanadigan uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarni, shuningdek, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, shu jumladan, import shartnomalarini tuzish huquqiga ega;
ekvivalenti 50 ming AQSh dollaridan ortiq boʻlgan summadagi tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishga boʻlgan texnik topshiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy kelishuvdan oʻtkaziladi;
mazkur band bilan nazarda tutilgan tartibda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish natijalari boʻyicha tuzilgan barcha kontraktlar, shu jumladan, import kontraktlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlari orqali jalb qilinayotgan kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kontraktlarga tatbiq etilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar tomonidan qatʼiyan joriy ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelinayotgan uskunalar, xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-yanvar,
PQ-3487-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qaroriga ILOVA
Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning