toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2001
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOVARLARNING AYRIM TURLARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KELIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2000-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning ayrim turlariga ilovaga muvofiq aksiz soligʻi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aksiz soligʻi toʻlashning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-avgust,
333-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-avgustdagi 333-son qaroriga
ILOVA
Aksiz soligʻi stavkalari

Mahsulotning nomi ‎

‎TIF TN Kodi

Mahsulotlarning bojxona qiymatiga foiz hisobida ‎

1. Makaron mahsulotlari ‎ 1902‎

20‎

2. Qandolatchilik mahsulotlari ‎ 1704‎

30‎

3. Video i audio apparatlar ‎ 8520, 8521, 8528‎

‎45

4. Mebel‎ 940130-940180, 940310-940380‎

‎15

5. Kiyim-bosh va trikotaj kiyim-boshlarga ashyolar (bolalar kiyim- boshlaridan tashqari)‎ 61 (6111 dan tashqari) ‎

15‎

6. Oʻsimlik moyi ‎ 1507-1515‎

20‎

7. Yuvuvchi va tozalovchi vositalar ‎ 3402‎

‎20

8. Birlamchi elementlar va birlamchi batareyalar ‎ 8506‎

10‎

9. Avtomobillar uchun motor ‎ 271000990‎

10‎

10. Yengil avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ‎ 8708‎

10‎

11. Yengil avtomobillar uchun shinalar ‎ 401110, 401210900, 401220900, 401290100‎

10‎

12. Tashkiliy texnika‎ 8471, 8443, 847210‎

10‎

13. Video i audio kassetalar‎ 8523, 8524‎

10‎

14. Uyali aloqa apparatlari va ularga tegishli anjomlar ‎ 852520900, 3926, 4202, 850440, 8507, 8518, 8529‎

10‎