Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 28-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 991-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-yanvar,
26-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-yanvardagi 26-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini Kengash tomonidan belgilangan tartibda parametrlar doirasida tijorat banklarining depozitlariga hamda boshqa moliyaviy aktivlarga joylashtiradi”.
3. 13-bandning oltinchi xatboshidagi “taqdim etish” soʻzlaridan keyin “hamda depozitlarni tijorat banklarida joylashtirish” soʻzlari qoʻshilsin.
4. 14-banddagi “budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda” soʻzlari “Kengash tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 15, 34 va 89-bandlardagi “Jamgʻarma Kengashi” va “Jamgʻarma Kengashiga” soʻzlari tegishli ravishda “Kengash” va “Kengashga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 21-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Jamgʻarma faoliyatini moddiy-texnik taʼminlash, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar xarid qilish, Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda operatsiya xarajatlarini, shu jumladan, mehnatga haq toʻlash va mehnatga haq toʻlashga tenglashtirilgan toʻlovlarni hamda ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarni toʻlash xarajatlarini amalga oshirish”.
7. 22-banddagi “20” raqami “21” raqami bilan almashtirilsin.
8. 35-bandning birinchi xatboshidagi “1 million AQSh dollaridan” soʻzlari “4 mlrd soʻmdan” soʻzlari bilan almashtirilsin, “ekvivalentda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. 41 va 68-bandlardagi “3 (uch)” soʻzlari “2 (ikki)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Quyidagi mazmundagi 411-band qoʻshilsin:
“411. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi, ularni koʻrib chiqishning toʻgʻriligi va imtiyozli kreditlar ajratilishi, shuningdek imtiyozli kreditlar ajratish va ular boʻyicha kompensatsiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi”.
11. 42-banddagi “bir hafta” soʻzlari “3 (uch) ish kuni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Bank kreditlari boʻyicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi”.
13. 44-bandga “Jamgʻarma” soʻzidan keyin “1 (bir) ish kuni mobaynida” soʻzlari qoʻshilsin.
“45. Bosh tijorat banki ijobiy qarorni olgandan soʻng bu haqda darhol bank filialiga xabar beradi. Shu bilan birga, bosh bankdagi vakolatli shaxs bank, Jamgʻarma va kredit oluvchi oʻrtasida kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnomani imzolaydi hamda uni 1 (bir) ish kuni mobaynida kichik tadbirkorlik subyektining vakolatli vakili imzolashi uchun bank filialiga yuboradi”.
“47. Jamgʻarma kompensatsiya taqdim etishni rad etgan taqdirda bosh tijorat banki bank filialini darhol bundan xabardor qiladi. Bank filiali kreditlar boʻyicha kompensatsiya berish rad etilgani haqida xabarnomani olganidan soʻng kichik tadbirkorlik subyektiga kredit ajratish rad etilgani xususida maʼlum qiladi.
Bunda bank filiali kichik tadbirkorlik subyektiga umumiy ravishda belgilangan tartibda bozor shartlarida kredit shartnomasi tuzishni taklif etadi”.
“Ushbu Nizomga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan qisqa muddatli kreditlar” 12800 hamda “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi koʻmagida berilgan uzoq muddatli kreditlar” 14400 alohida balans hisob raqamlarida muddatlar va qarz oluvchilarning turlari boʻyicha ajratilgan kreditlarning hisobini yuritadi;
Kompensatsiyalar taqdim etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan hisoblangan foizlarni olish” 16325 alohida balans hisob raqamlarida Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya qilinadigan foizlar hisobini yuritadi”.
“51. Jamgʻarma kompensatsiyasi kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq bir paytning oʻzida bank reyestri asosida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha bankning “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Bunda “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” 29801 tranzit hisob raqamiga tushgan mablagʻlar bankning Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi subsidiyalari hisobiga qoplanadigan” hisoblangan foizlarni olish” 16300 hisob raqamiga avtomatik ravishda oʻtkaziladi”.
20. 61-banddagi “500 ming AQSh dollaridan oshmaydigan yoki kafillik olish uchun ariza taqdim etilgan kundagi ekvivalent miqdorida beriladi” soʻzlari “2 milliard soʻmdan oshmaydigan miqdorda beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“69. Jamgʻarma Ijro etuvchi direksiyasi Jamgʻarma kafilligini olish uchun bosh tijorat banki tomonidan yuborilgan hujjatlar toʻplamini qabul qilgandan soʻng 5 (besh) ish kuni mobaynida:
taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi. Jamgʻarma, zarur boʻlganda, 1 (bir) ish kuni mobaynida bosh bankdan yetishmayotgan axborotni (hujjatlarni) soʻrab oladi;
ushbu Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan umumlashtirilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom shartlariga muvofiqlik yuzasidan tekshiradi;
kafolat olish uchun ariza maʼqullangan taqdirda xulosani rasmiylashtiradi va unga kichik tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotni ilova qiladi”.
24. 70-banddagi “uch kun muddatda” soʻzlari “2 (ikki) ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. 71-banddagi “besh kun muddatda” soʻzlari “3 (uch) ish kuni mobaynida” soʻzlari bilan almashtirilsin.