1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasida ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish Milliy dasturi bosqichma-bosqich bajarilmoqda, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat tomonidan tartibga solish ishlari soddalashtirilmoqda.
Xalqaro miqyosda global isishning yuqori salohiyatli muqobil moddalardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan xavf-xatarlarni maksimal hisobga olgan holda, ozonni buzuvchi moddalarni foydalanishdan chiqarishga qaratilgan qarorlar qabul qilingan. Ozon qatlamini buzuvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli qoidalarida ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish taqiqlangan, protokolni imzolagan taraflar tomonidan bunday tovarlarning oʻz mamlakatlariga olib kirilishiga qatʼiy taqiq joriy qilingan.
Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻxtatish Milliy dasturini amalga oshirishga qaratilgan, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksportini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasiga import va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
2018 — 2030-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga kvotalar 4-ilovaga muvofiq;
Ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun kvotalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasiga quyidagilarni import qilish taqiqlansin:
ozonni buzuvchi moddalar 6-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha;
1-ilovaning I guruh A roʻyxatidagi va I guruh S roʻyxatidagi hamda ushbu qarorning 6-ilovasida koʻrsatilgan ozonni buzuvchi yoki ularga bogʻliq boʻlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalari.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qarorlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar roʻyxatining 122-pozitsiyasidagi “olib kirish”, “olib chiqish” va “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari tegishli ravishda “import”, “eksport” hamda “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
ushbu qarorning maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida keng yoritish boʻyicha tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda belgilangan muddatlarda uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov hamda Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 09-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar turlari
* A roʻyxatining I va II guruhlari, V roʻyxatining I, II va III guruhlari, C roʻyxatining I, II va III guruhlari boʻyicha ozon buzuvchi moddalarning importi va eksportiga ruxsat etiladi, agar ushbu tartibga solinadigan moddalar ishlatilgan, utillashtirilgan va retsirkulyatsiyalangan boʻlsa.
(Ishlatish — ozonni buzuvchi moddalardan ishlab chiqarishda, texnik xizmat koʻrsatishda yoki taʼmirlashda foydalanish, shu jumladan mahsulot va uskunani qoʻshimcha toʻldirish yoki boshqa texnologik jarayonlarda ishlatish;
utillashtirish — mexanizm, uskuna va konteynerlardagi, ularga texnik xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlash paytida yoki hisobdan chiqarishdan oldin, ozonni buzuvchi moddalarni toʻplash va saqlash;
retsirkulyatsiyalash — dastlabki tozalash - filtrlash va quritish amalga oshirilgandan soʻng utillashtirilgan ozon buzuvchi moddalardan takroran foydalanish;
tiklash — standartlar bilan belgilangan, moddaning holatini muayyan koʻrsatkichlargacha tiklash maqsadida, filtrlash, quritish, distillash va kimyoviy ishlov berish kabi jarayonlarni amalga oshirish hisobiga utillashtirilgan ozon buzuvchi moddalarga ikkilamchi ishlov berish va ularning xossalarini yaxshilash).
** E roʻyxati boʻyicha ozon buzuvchi moddaning importi va eksporti, agar u tashilishidan oldin karantinli ishlov berish va ishlov berish maqsadlarida qoʻllanilsa, shuningdek boshqa maqsadlarda qoʻllaniladigan, tartibga solinadigan utillashtirilgan yoki retsirkulyatsiyalangan modda boʻlsa ruxsat etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 2-ILOVA
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari*
ROʻYXATI
D roʻyxati
T/r
Mahsulot nomi
TIF TN kodi
1.
Maishiy va tijorat sovutish uskunalari va konditsionerlar
Muz ishlab chiqarish mashinalari (muz generatorlari)
8418 69 000 1; 8418 69 000 9
1.5.
Konditsionerlar va issiqlik nasoslari, yengil va yuk avtomobillaridagi konditsionerlar (ular ichiga oʻrnatilgan yoki oʻrnatilmaganidan qatʼi nazar)
8415 10 100 0-8415 83 000 0,
8418 61 00; 8418 69 000 9
1.6.
Oziq-ovqat tovarlari va salqin ichimliklar sotish uchun moʻljallangan, ichiga sovutish uskunasi oʻrnatilgan savdo avtomatlari
8476 21 000 0,
8476 29 000 0,
8476 81 000 0
2.
Forpolimerlar
3903 11 000 0, 3909 50
3.
Koʻchma oʻt oʻchirgichlar
8424 10
4.
Boshqa kimyoviy mahsulotlarning 38-guruhi aralashmalari:
4.1.
Tarkibida xlorftoruglevodorod (XFU)lar boʻlgan, tarkibida gidroxlorftoruglevodorod(GXFU)lar, perftoruglevodorod(PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod(GFU)lar boʻlgan yoki boʻlmagan aralashmalar
3824 71 000 0
4.2.
Tarkibida bromxlordiftormetan, bromuchftormetan yoki dibromtetra-ftoretanlar boʻlgan aralashmalar
3824 72 000 0
4.3.
Tarkibida gidrobromftoruglevodorod (GBFU)lar boʻlgan aralashmalar
3824 73 000 0
4.4.
Tarkibida gidroxlorftoruglevodorod (GXFU)lar boʻlgan, tarkibida perftoruglevodorod(PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod(GFU)lar boʻlgan yoki boʻlmagan, lekin xlorftoruglevodorod (XFU)lari boʻlmagan aralashmalar
3824 74 000 0
4.5.
Tarkibida uglerod tetraxloridi (toʻrt xlorli uglerod) boʻlgan aralashmalar
3824 75 000 0
4.6.
Tarkibida 1,1,1-uchxloretan (metilxloroform) boʻlgan aralashmalar
3824 76 000 0
4.7.
Tarkibida brommetan (bromli metil) yoki bromxlormetan boʻlgan aralashmalar
3824 77 000 0
4.8.
Tarkibida perftoruglevodorod(PFU)lar yoki gidroftoruglevodorod(GFU)lar boʻlgan, lekin xlorftoruglevodorod(XFU)lar yoki gidroxlorftoruglevodorod(GXFU)lar boʻlmagan aralashmalar
3824 78 000 0
* Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, jismoniy shaxslar tomonidan tashiladigan va ular notijorat va tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallanmagan, oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, mazkur shaxslar tomonidan import yoki eksport qilinadigan mahsulot boʻlgan holatlardan tashqari.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 3-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom oʻz maqsadlarida foydalanishga, notijorat maqsadlariga moʻljallangan va tadbirkorlik faoliyatiga moʻljallanmagan mahsulot boʻlgan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga tatbiq etilmaydi.
3. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit tashishlardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boʻlinmalar deb ataladi) tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
4. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti uchun ruxsatnoma (keyingi oʻrinlarda ruxsatnoma deb ataladi) ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
5. Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxatining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlar importi va eksportiga ruxsatnoma hududiy boʻlinma tomonidan beriladi.
6. Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti yuzasidan nazoratni Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ozonni buzuvchi moddalarni ishlatish boʻyicha hisobotlarni tayyorlash hamda Vena konvensiyasi va Monreal protokoli Kotibiyatiga taqdim etish Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan 30-iyungacha, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha, Davlat ekologiya qoʻmitasiga har yili 30-maygacha taqdim etiladigan:
arizachilardan — amalda Oʻzbekiston Respublikasiga import qilingan (Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilingan) ozonni buzuvchi moddalar miqdori haqidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasidan — ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti haqidagi jamlanma maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
8. Quyidagilar ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda ruxsat berishning talablari va shartlari hisoblanadi:
a) ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi va eksportini amalga oshirishda qonun hujjatlariga majburiy ravishda rioya etish;
b) ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning importi va eksportini Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga muvofiq amalga oshirish;
v) ozonni buzuvchi yoki ularga bogʻliq boʻlgan moddalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan sovutish jihozlari va havoni konditsionerlash uskunalarining:
Oʻzbekiston Respublikasiga importi va Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan, ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatining A roʻyxatidagi I guruhga va S roʻyxatidagi I guruhga mansub boʻlmagan;
Oʻzbekiston Respublikasiga importi taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar turlari roʻyxatiga mansub boʻlmaganlarining importini amalga oshirish;
g) ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini ushbu moddalar uchun belgilangan va taqsimlangan kvotasiga muvofiq amalga oshirish;
d) eksportchi eksport qiluvchi mamlakatda, tegishli mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumotga asosan, tegishli ozonni buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan tashkilot ekanligi holati tasdiqlanishi, importga ruxsat etilgan holda;
e) ozonni buzuvchi moddaning importini import qiluvchi mamlakat qonun hujjatlari, shuningdek Monreal protokoli talablarini buzmagan holda amalga oshirish;
j) ozonni buzuvchi yangi moddali (retsirkulyatsiya qilingan, tiklangan ozonni buzuvchi moddali, ularning retsirkulyatsiya yoki tiklanganligi holati, ushbu ishlarni amalga oshirgan tashkilotlarning nomi va manzillari koʻrsatilgan holda), tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarning import yoki eksport qilinadigan konteynerlarini, berilgan ruxsatnoma asosida markirovkalashni amalga oshirish;
z) import qilingan va sotilgan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlarining, xaridorlarning nomlari va manzillari hamda qoʻllanilishi taxmin qilingan sohalar koʻrsatilgan holda hisobini yuritish, shuningdek, eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari hisobini yuritish;
i) Davlat ekologiya qoʻmitasiga mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalaridagi sxema va shaklga muvofiq, amalda import qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdori va ularning qoʻllanish sohalari boʻyicha sotilgan miqdorlari haqidagi, shuningdek amalda eksport qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili taqdim etish;
k) ushbu Nizomda belgilangan holatlar, muddatlar va miqdorlarda yigʻimlar toʻlash.
9. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan ruxsat berish tartib-tamoyillari va shartlari roʻyxati mukammal hisoblanadi.
10. Arizachi ruxsatnoma olish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasiga yoki uning hududiy boʻlinmasiga, 2018-yilning 1-iyulidan boshlab esa, Davlat xizmatlari markazlariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda Yagona portal deb ataladi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi;
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
a) ushbu Nizomga 4-ilovaga (ozonni buzuvchi moddalar uchun) va 5-ilovaga (tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlar uchun) muvofiq ariza;
b) ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksporti uchun bitim (shartnomalar, invoyslar va h.k.);
v) ozonni buzuvchi moddalarning utilizatsiyasi yoki tiklanishini amalga oshirgan ixtisoslashtirilgan tashkilotning yetkazib berilgan hajmlar koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomasi (avval ishlatilgan va tiklangan ozonni buzuvchi moddalar Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinganda taqdim etiladi);
g) ruxsatnoma berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim toʻlanganligi haqidagi bank hujjati;
d) import qilinayotgan ozonni buzuvchi moddalarning tarkibi, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasining talabiga koʻra, eksportni amalga oshirayotgan mamlakat tomonidan berilgan litsenziyadan nusxa.
11. Ruxsatnoma berish haqidagi arizada arizachi elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi boʻyicha Yagona portal orqali qabul qilingan qaror haqidagi xabarnomani olishga uning roziligi hisoblanadi.
12. Arizachi ruxsatnoma berishga arizani koʻrib chiqish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgardir.
13. Arizachidan mazkur Nizomning 10-bandida koʻzda tutilmagan hujjat va maʼlumotlarni taqdim etishini talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Zarurat boʻlganda Davlat ekologiya qoʻmitasi:
eksport qiluvchi mamlakatning vakolatli organlaridan, arizachining ishtirokisiz, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning arizachi tomonidan taqdim etilgan ariza va bitimdagi (shartnomada, invoysda va h.k.) maʼlumotlarga mosligi haqida qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlar oladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi xodimlari, shuningdek, tegishli sohaning yuqori malakali mutaxassislari bilan birgalikda, ozonni buzuvchi moddalar, tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarni tashqi koʻzdan kechirishni, ularning ruxsatnomaga muvofiqligini aniqlash uchun asbob-uskunalar yordamida oʻlchovlar, oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻzdan kechirishlar va boshqa ilmiy va texnik baholashlar oʻtkazadi.
15. Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmalariga ruxsatnoma olish uchun taqdim etilgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi va u hujjatlar qabul qilingan sana koʻrsatilgan holda darhol arizachiga beriladi (yuboriladi).
16. Kelish tartibida murojaat qilinganda Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani toʻldirishning toʻliqligini Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat pasportiga muvofiq tekshiradi.
Arizani roʻyxatga olganidan soʻng, Davlat xizmatlari markazi xodimi arizachiga ariza olinganligi toʻgʻrisida tilxat beradi yoki ariza nusxasiga arizaning roʻyxatga olingan raqami koʻrsatilgan holda tegishli belgi qoʻyadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
17. Kelish tartibida ariza olingan kunda Davlat xizmatlari markazi xodimi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasiga Yagona portal orqali yuboriladigan maxsus shaklga kiritadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
18. Kelish tartibida Davlat xizmatlari markaziga arizachi joylashmagan joyidan murojaat qilganda, ariza Davlat xizmatlari markazi tomonidan, Yagona portal orqali Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasiga yuboriladi.
Arizachi Davlat xizmatlari markaziga kelish tartibida, arizani elektron shaklda taqdim etsa, Davlat xizmatlari markazi xodimi zarurat boʻlganda, oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatishi uchun moʻljallangan, Davlat xizmatlari markazida ajratilgan xonada arizani Yagona portal orqali yuborishda unga yordam koʻrsatadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
19. Yagona portal orqali yuborilgan ariza, avtomatik ravishda, roʻyxatga olish ID raqami berilgan holda roʻyxatga olinadi.
4-bob. Arizani koʻrib chiqish va ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
20. Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi ruxsat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasiga muvofiq, tovar nomenklaturasi kodlari boʻyicha, unda ozonni buzuvchi moddalar bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida koʻrib chiqadi.
Ozonni buzuvchi modda yoki tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlgan mahsulot import yoki eksport qilingan holatlarda, bitim (shartnoma, invoys va h.k.lar)ning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining har bir kodiga ruxsatnoma beriladi.
Ozonni buzuvchi boʻlmagan yoki tarkibida ozonni buzuvchi modda boʻlmagan mahsulotga, import yoki eksport qilinadigan moddalarga ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi xulosa beriladi (keyingi oʻrinlarda xulosa deb ataladi).
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlmagan va mamlakat korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan, eksport qilinadigan sovutish jihozlariga, havoni konditsionerlash uskunalariga ushbu Nizomda belgilangan tartibda, barcha ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlariga Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlariga muvofiq bir yilda bir marotaba xulosa beriladi.
21. Arizani koʻrib chiqish uchun ariza berilgan kunda qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir minimal miqdorida yigʻim undiriladi.
22. Ruxsatnoma berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi quyidagi hollarda:
arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizani Yagona portal orqali berganda — Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida murojaat qilinganda — toʻlanadigan yigʻim summasining 20 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
arizachi ruxsatnoma berish haqidagi arizasidan voz kechganda — yigʻim summasi qaytarilmaydi.
23. Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi arizachining arizasini mazkur Nizomning 10-bandida koʻzda tutilgan, shu jumladan ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazidan beriladigan holatlarda, hujjatlar berilgan sanadan boshlab yetti ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi va ruxsatnomani beradi yoki berishni rad etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
24. Zarurat boʻlganda, Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi arizachining arizasini mazkur Nizomning 14-bandida koʻzda tutilgan, shu jumladan ruxsatnoma Davlat xizmatlari markazidan beriladigan holatlarda, hujjatlar berilgan sanadan boshlab yigirma ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi va ruxsatnomani beradi yoki berishni rad etadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
25. Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi arizachiga ruxsatnomani beradi (yuboradi) yoki uni yozma ravishda xabardor qiladi, 2018-yilning 1-iyulidan esa, tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir ish kunidan kechiktirmagan holda, bunday ruxsatnoma berishning rad javobi toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali xabardor qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
26. Ruxsatnoma rasmiylashtirilayotganda:
Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan roʻyxatga olinayotgan ariza raqami yoki Yagona portal orqali yuborilgan arizaning roʻyxatga olish ID raqamidan;
tovarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining tegishli kodidan iborat boʻlgan raqam qoʻyiladi.
Ruxsatnoma arizachiga Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan, ushbu Nizomning 6, 7, 8 va 9-ilovalariga muvofiq shakllar boʻyicha beriladi.
27. Xulosa Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasining belgilangan namunadagi blankasida rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma va xulosani berish uchun yigʻim undirilmaydi.
28. Ruxsatnoma ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksportini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan muddatga, biroq har joriy yilning 31-dekabridan oshmagan muddatga beriladi.
29. Ruxsatnoma berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning arizachi tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
arizachining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
ushbu Nizomning 14-bandi ikkinchi xat boshida koʻzda tutilgan asbob-uskunalar yordamidagi oʻlchashlar, oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻzdan kechirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar natijalariga koʻra asoslangan salbiy xulosa.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30. Ruxsatnoma berilishini rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, rad haqidagi xabarnoma arizachiga yuboriladi (taqdim etiladi), 2018-yilning 1-iyulidan esa, Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari, arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarning takroran koʻrib chiqilishi uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Arizachi rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etish uchun zarur boʻlgan muddat, ruxsatnoma berilishi rad etilganligi haqida yozma yoki elektron xabarnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
31. Ruxsatnomani berishda rad uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish yoki uning berilishini rad etish Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan, arizachining rad etilganlik sabablarini bartaraf etganligi toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlari olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Arizachining arizasi takroran koʻrib chiqilishi uchun yigʻim undirilmaydi.
32. Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan arizachiga, avval bayon etilgan rad etish sabablarini keltirishiga, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablarini keltirishidan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.
33. Ruxsatnoma berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin arizachi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi va Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
34. Arizachi ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
5-bob. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
35. Ruxsatnomaning amal qilish muddati, ruxsatnoma amal qilish muddati tugaguncha, biroq har bir keyingi yilning 31-dekabridan oshmaydigan muddatgacha beriladigan arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnoma berish uchun koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ruxsatnomaning uzaytirilganligi yozma ravishda, ruxsatnomaning asl nusxasiga yozuv bilan qayd qilish orqali tasdiqlanadi, vakolatli shaxs tomonidan imzolanadi va Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
36. Arizachi oʻzgartirilgan taqdirda, berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi berilgan ruxsatnomalar roʻyxatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik uchun, qayta rasmiylashtirish haqidagi ariza berish sanasiga ruxsatnoma berish haqidagi arizachining arizasini Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi tomonidan koʻrib chiqilishi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
37. Ruxsatnoma yoʻqolgan yoki buzilgan taqdirda, arizachining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi ruxsatnomaning dublikatini berish(yuborish)ga majbur, 2018-yilning 1-iyulidan esa, Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona portal orqali, ariza, ruxsatnomaning asl nusxasi olingan kundan eʼtiboran, u buzilgan taqdirda, shuningdek, dublikat berilganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar besh ish kunidan oshmagan muddatda berish(yuborish)ga majbur.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ruxsatnomaning dublikatini berish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi arizachining dublikatni berish haqidagi ariza berilgan sanaga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
38. Arizachi tomonidan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi ariza berilgan taqdirda, qayta rasmiylashtirish yoki dublikat berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi:
Yagona portal orqali — Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasini rivojlantirish Jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi;
Davlat xizmatlari markazlariga kelish tartibida — ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish yoki dublikatini berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim summasining 20 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
6-bob. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini vaqtincha toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
39. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini vaqtinchalik toʻxtatib turish va toʻxtatish, uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-tamoyillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
40. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini belgilangan tartibda bekor qilinishiga asos boʻladigan, ruxsat berish tartib va tamoyillari talablari va shartlarining bir martalik qoʻpol buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning import qilinganlik holati aniqlanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun belgilangan va taqsimlangan kvotadan ortiq import qilinganlik holati aniqlanganligi;
eksportchi eksport qilinadigan mamlakatda tegishli ozon buzuvchi modda bilan ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlmagan tashkilot ekanligi holati, import uchun ruxsat boʻlgan holda, tegishli mamlakatning vakolatli organlaridan olingan maʼlumot asosida aniqlanganligi;
ozonni buzuvchi moddaning importi noqonuniy muomala holatini tashkil etganligi yoxud importchi mamlakatda importchi mamlakatning Monreal protokoli boʻyicha majburiyatlarini bajarish maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi nazoratiga noqulay taʼsir koʻrsatganligi yoxud eksportga ruxsat etilgan holatda — ushbu mamlakat uchun mazkur Protokolda nazarda tutilgan miqdor cheklovlarining oshishiga olib kelganligi aniqlanganligi;
ushbu Nizomning 14-bandi ikkinchi xat boshida nazarda tutilgan asbob-uskuna yordamidagi oʻlchovlar, oʻrganishlar, tadqiqotlar, koʻzdan kechirishlar va boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakuni boʻyicha ruxsat berish tartib-tamoyillari talab va shartlari buzilganlik holati aniqlanganligi.
41. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga kelib tushgan, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlar importi uchun ruxsatnoma bekor qilinganda, ular importini amalga oshirgan arizachining mablagʻlari hisobidan qayta tashib ketiladi.
7-bob. Berilgan ruxsatnomalar reyestri
42. Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmasi berilgan ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni oʻz veb-saytida joylashtiradi.
Berilgan ruxsatnomalar reyestrida arizachi haqidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
arizachi — yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
arizachi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning pasport maʼlumotlari, pochta manzili, telefoni;
ruxsatnoma berilgan sana va raqami, ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomaning qayta rasmiylashtirilishiga asoslar, amal qilish muddatini uzaytirish, vaqtincha toʻxtatish va amal qilishini qayta boshlash sanalari;
ruxsatnomaning bekor qilinishi asoslari va sanalari;
ruxsatnoma dublikatini berish asoslari va sanalari;
43. Berilgan ruxsatnomalar reyestrlaridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishlari uchun ochiq hisoblanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
44. Ruxsat berish tartib-tamoyillari sohasida paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
45. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning importi yoki eksportiga ruxsatnomalar, modda yoki mahsulotlar tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud emasligi haqida xulosalar berish
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 428-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 09/18/428/1337-son)
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ishlatilganligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish
SXEMASI
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
boshqa kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish uchun dastlabki xom ashyo sifatida;
sovutish uskunalari va havoni konditsionerlash tizimlarida xladagent sifatida;
yongʻin oʻchirish vositasi sifatida;
erituvchi sifatida;
aerozolli qadoqlashlar uchun gaz saqlagich (propellent) sifatida;
moddalarni yopiq tizimlarda sterillash uchun gaz saqlagich sifatida;
turli izolyatsiyaviy penoplastlarni ishlab chiqarish uchun koʻpirtirgich modda sifatida;
laboratoriyalarda foydalaniladigan reagent va materiallar sifatida;
Monreal protokoli bilan tasdiqlangan texologiya yordamida yoʻq qilish uchun moʻljallangan OBMlar;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari sifatida;
karantinli ishlov berish uchun (faqat bromli metil uchun);
tashishdan oldin ishlov berish uchun (faqat bromli metil uchun);
qoʻllashning boshqa turlari uchun;
utillashtirilgan va retsirkulyatsiyalangan OBMlar.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ariza roʻyxatga olingan sana 20__yil “__” ________ Roʻyxatga olish raqami ________________
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish (Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish)ga ruxsatnoma berish uchun ARIZA
(arizachi — yuridik shaxs uchun — arizachining nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli; arizachi — jismoniy shaxs uchun F.I.O., fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)
(bitim (shartnoma, invoys va h.k.) ga muvofiq, import/eksport qilinadigan OBMlarni yetkazib berish tartibi, partiyalari soni koʻrsatilsin)
Moddalarning xususiyati va vazifasi (kerakligi belgilansin):
□ ozonni buzuvchi moddalarga mansub boʻlmagan boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish uchun dastlabki xom ashyo sifatida foydalanish uchun yangi moddalar;
□ reagent sifatida qoʻllaniladigan yangi moddalar;
□ tasdiqlangan texnologiyalar yordamida, yoʻq qilinishi amalga oshiriladigan tashkilotning nomi va manzili koʻrsatilgan holda, yoʻq qilishga moʻljallangan yangi moddalar;
□ karantinli ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);
□ tashishdan oldin ishlov berishga moʻljallangan yangi moddalar (E roʻyxatidagi moddalar uchun);
□ qoʻllashning boshqa turlari uchun yangi moddalar;
□ utillashtirilgan1, retsirkulyatsiyalangan2, tiklangan3 moddalar
20__ yil “___” ________dagi __________________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha
________________________________________________________________________________ umumiy summadagi
TIF TN boʻyicha KODi______________________________________________________________________________
Ishlab chiqaruvchi mamlakat, firma ___________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasiga_________________________________________ importni amalga oshirayotgan mamlakat;
Oʻzbekiston Respublikasidan________________________________________ eksportni amalga oshirayotgan mamlakat;
(keraklisining tagiga chizilsin)
Import(eksport)ning moʻljallangan punkti (keraklisining tagiga chizilsin)
Ushbu bilan shuni tasdiqlaymizki, import/eksport qilinadigan (keraklisining tagiga chizilsin) moddalar mazkur arizada bayon etilganlarga mos boʻladi.
Maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun arizachi toʻliq javobgardir. Arizada koʻrsatilgan tegishli maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Orqa tomoni
2. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1 Utilizatsiyalashtirilgan moddalar, mexanizm, uskuna, konteynerlardagi, ularga texnik xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlash paytida yoki hisobdan chiqarishdan oldin boʻlgan, toʻplangan va saqlanayotgan ozonni buzuvchi moddalarni anglatadi.
2 Retsirkul�siyalangan moddalar dastlabki tozalash - filtrlash va quritish amalga oshirilgandan soʻng utillashtirilgan ozonni buzuvchi moddalardan takroran foydalanishni anglatadi.
3 Tiklangan moddalar, standartlar bilan belgilangan, moddaning holatini muayyan koʻrsatkichlargacha tiklash maqsadida, filtrlash, quritish, distillash va kimyoviy ishlov berish kabi jarayonlarni amalga oshirish hisobiga utillashtirilgan ozonni buzuvchi moddalarga ikkilamchi ishlov berish va ular xossalarining yaxshilanishini anglatadi.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ariza roʻyxatga olingan sana 20__yil “__” ________ Roʻyxatga olish raqami ________________
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Tarkibida ozon buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish (Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish)ga ruxsatnoma berish uchun ARIZA
(arizachi — yuridik shaxs uchun — arizachining nomi va uning tashkiliy-huquqiy shakli; arizachi — jismoniy shaxs uchun F.I.O., fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari)
(mahsulotning umumiy miqdori, har bir ozonni buzuvchi moddaning nomi va jami toza miqdori (kilogrammlarda), sanab boʻlmaydigan birliklar boʻlgan taqdirda)
(mahsulotning umumiy miqdori, mahsulot yoki uskunaning birligiga toʻgʻri keladigan har bir ozonni buzuvchi moddaning nomi va jami toza miqdori (kilogrammlarda), sanash mumkin boʻlgan birliklar boʻlganda)
(tarkibida ozonni buzuvchi moddalari boʻlgan, yoʻq qilinishi amalga oshiriladigan, tashkilotning nomi va manzili koʻrsatilgan holdagi mahsulot va uskunaning miqdori)
(tarkibida OBMlar boʻlgan, import/eksport qilinadigan mahsulotlarni bitimga muvofiq yetkazib berish tartibi, partiyalari soni koʻrsatilsin)
____________________
1 Utillashtirilgan moddalar, mexanizm, uskuna, konteynerlardagi, ularga texnik xizmat koʻrsatish yoki taʼmirlash paytida yoki hisobdan chiqarishdan oldin boʻlgan, toʻplangan va saqlanayotgan ozonni buzuvchi moddalarni anglatadi.
2 Retsirkulyatsiyalangan moddalar dastlabki tozalash – filtrlash va quritish amalga oshirilgandan soʻng utillashtirilgan ozonni buzuvchi moddalardan takroran foydalanishni anglatadi.
3 Tiklangan moddalar, standartlar bilan belgilangan, moddaning holatini muayyan koʻrsatkichlargacha tiklash maqsadida, filtrlash, quritish, distillash va kimyoviy ishlov berish kabi jarayonlarni amalga oshirish hisobiga utillashtirilgan ozonni buzuvchi moddalarga ikkilamchi ishlov berish va ular xossalarining yaxshilanishini anglatadi.
Orqa tomoni
________________________________________________________________________________ miqdorda (hajmda),
20__ yil “___” ________dagi __________________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha
________________________________________________________________________________ umumiy summadagi
TIF TN boʻyicha KODi_________________________________________________________________________boʻlgan
Ishlab chiqaruvchi mamlakat, firma ___________________________________________________________________
Oʻzbekiston Respublikasiga importni amalga oshirayotgan mamlakat ________________________________________;
Oʻzbekiston Respublikasidan eksportni amalga oshirayotgan mamlakat _______________________________________;
(keraklisining tagiga chizilsin)
Import(eksport)ning moʻljallangan punkti (keraklisining tagiga chizilsin) ______________
Ushbu bilan shuni tasdiqlaymizki, import/eksport qilinadigan (keraklisining tagiga chizilsin) moddalar mazkur arizada bayon etilganlarga mos boʻladi.
Maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun arizachi toʻliq javobgardir. Arizada koʻrsatilgan tegishli maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda berilgan ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilishi lozim.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun RUXSATNOMA
20__yil “__” ______________________
__________-son
Ushbu ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan.
___________________________________________________________________manzilida joylashgan (yashaydigan):
(arizachining nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
TIF TN boʻyicha KODi________________________________________________________________________boʻlgan,
20___ yil “___” ___________ dagi _________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha qiymati ___________________________________________________________________________________ boʻlgan
(importi davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan OBMlarning faqatgina qiymati koʻrsatiladi)
________________________________________________________________________________________ miqdorda
(OBMlar metrik tonnalarda)
_______________________________________________________larning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun
Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati ___________________________ dan___________________________gacha
Lavozimi, imzo
____________________________________________
M.Oʻ.
Eslatma:
Arizachi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq ruxsat berish tartib va tamoyillarining talab va shartlariga rioya qilishga majbur.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun RUXSATNOMA
20__yil “__” _____________________
__________-son
Ushbu ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan.
___________________________________________________________________manzilida joylashgan (yashaydigan):
(arizachining nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
TIF TN boʻyicha KODi________________________________________________________________________boʻlgan,
20___ yil “___” ___________ dagi _________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha qiymati ___________________________________________________________________________________ boʻlgan
(eksporti davlat tomonidan tartibga solinadigan OBMlarning faqat qiymati koʻrsatiladi)
________________________________________________________________________________________ miqdorda
(OBMlar metrik tonnalarda)
______________________________________________________larning Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti uchun
(OBMlar nomlari)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat, firma:___________________________________________________________________
Importni amalga oshirayotgan mamlakat:________________________________________________________________
Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati ___________________________ dan___________________________gacha
Lavozimi, imzo
____________________________________________
M.Oʻ.
Eslatma.
Arizachi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq ruxsat berish tartib va tamoyillarining talab va shartlariga rioya qilishga majbur.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun RUXSATNOMA
20__yil “__” ___________________
____________-son
Ushbu ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan.
___________________________________________________________________manzilida joylashgan (yashaydigan):
(arizachining nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
TIF TN boʻyicha KODi________________________________________________________________________boʻlgan,
20___ yil “___” ___________ dagi _________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha qiymati ___________________________________________________________________________________ boʻlgan
(importi davlat roʻyxatidan tartibga solinadigan, tarkibida OBMlar boʻlgan mahsulotlarning faqatgina qiymati koʻrsatiladi)
tarkibida OBMlar boʻlgan___________________________________________________________ miqdorda (hajmda)
(OBMlarning nomi, belgisi (markasi))
________________________________________________mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun
(OBMlar nomlari va miqdori)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat, firma:___________________________________________________________________
Eksportni amalga oshirayotgan mamlakat:_______________________________________________________________
Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati ___________________________ dan___________________________gacha
Lavozimi, imzo
____________________________________________
M.Oʻ.
Eslatma.
Arizachi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq ruxsat berish tartib va tamoyillarining talab va shartlariga rioya qilishga majbur.
Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish uchun RUXSATNOMA
20__yil “__” ___________________
____________-son
Ushbu ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan.
___________________________________________________________________manzilida joylashgan (yashaydigan):
(arizachining nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)
TIF TN boʻyicha KODi________________________________________________________________________boʻlgan,
20___ yil “___” ___________ dagi _________-son bitim(lar) (shartnoma, invoys) boʻyicha qiymati ___________________________________________________________________________________ boʻlgan
(eksporti davlat tomonidan tartibga solinadigan, tarkibida OBMlar boʻlgan mahsulotlarning faqatgina qiymati koʻrsatiladi)
tarkibida OBMlar boʻlgan___________________________________________________________ miqdorda (hajmda)
(OBMlarning nomi, belgisi (markasi)
______________________________________________mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasidan eksporti uchun
(OBMlar nomlari va miqdori)
Ishlab chiqaruvchi mamlakat, firma:___________________________________________________________________
Importni amalga oshirayotgan mamlakat:_______________________________________________________________
Ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati ___________________________ dan___________________________gacha
Lavozimi, imzo
____________________________________________
M.Oʻ.
Eslatma.
Arizachi mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq ruxsat berish tartib va tamoyillarining talab va shartlariga rioya qilishga majbur.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 4-ILOVA
2018 — 2030-yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun
KVOTALAR
tonna
Yillar
S roʻyxati I guruh
2018
58,48
2019
32,64
2020
6,80
2021
6,80
2022
6,80
2023
6,80
2024
6,80
2025
6,80
2026
6,80
2027
6,80
2028
6,80
2029
6,80
2030
0
Izohlar.
Quyidagilar:
boshqa kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida foydalaniladigan moddalar;
ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq ruxsatnomalar beriladigan, import qilinadigan retsirkulyatsiyalangan, tiklangan ozonni buzuvchi moddalar kvotalanmaydi.
Ushbu roʻyxatga kiritilgan moddalarning importi, zarurat boʻlganda, Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli Tomonlarining yigʻilishlarida qabul qilinadigan qarorlar asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining istisnolar berish uchun arizalar yuborganida, belgilangan kvotalardan ortiq amalga oshirilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 5-ILOVA
Ozon buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun kvotalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Ushbu Nizom ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish uchun kvotalarni arizachilar oʻrtasida taqsimlash tartibini belgilaydi.
Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalarni arizachilar oʻrtasida taqsimlash soʻnggi uch yillik vaqt davri uchun, ozonni buzuvchi moddalarning importiga ruxsat etilgan umumiy hajm ulushiga asoslangan.
2. Quyidagilar kvotanlanmaydi:
boshqa kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalaniladigan moddalar;
ruxsatnomalar beriladigan, import qilinadigan retsirkulyatsiyalangan, tiklangan ozonni buzuvchi moddalar.
3. Mazkur Nizom kvotalarni arizachilar oʻrtasida 2018-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar boʻlgan davr uchun va 2030-yilgacha, keyingi har bir 12 oylik davr uchun taqsimotiga cheklovlar miqdorini belgilaydi.
4. Ozonni buzuvchi moddalarning joriy 12 oylik davr uchun Oʻzbekiston Respublikasiga importiga kvotalar, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ozonni buzuvchi moddalarning 2018 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalarga muvofiq belgilanadi, ular arizachilar oʻrtasida mazkur Nizomga muvofiq quyidagi foiz nisbatida taqsimlanadi: 80 foizi — ozonni buzuvchi moddalarning amaldagi importini soʻnggi uch yillik davr mobaynida amalga oshirgan arizachilar (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi), 10 foizi — yangi arizachilar uchun, 10 foizi — zaxirada qoldiriladi.
5. Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalarning barcha arizachilar oʻrtasidagi taqsimoti Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb ataladi) raisi tomonidan tasdiqlanadi va kvotalanadigan ozonni buzuvchi moddalar importi yuzasidan nazoratni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Ozonni buzuvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalarning barcha arizachilar oʻrtasidagi taqsimoti haqidagi maʼlumot Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
6. Ozonni buzuvchi moddalar hajmlarining taqsimoti Davlat ekologiya qoʻmitasiga ozonni buzuvchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga importiga ruxsatnoma berish uchun 12 oylik davrning 1-apreligacha belgilangan tartibda ariza bergan barcha arizachilar oʻrtasida mutanosib ravishda:
arizachilar uchun — vaqtning soʻnggi uch yillik davrida ushbu arizachilar tomonidan ozonni buzuvchi moddalar importining amaldagi hajmlari boʻyicha;
yangi arizachilar uchun — ozonni buzuvchi moddalarning joriy 12 oylik davr uchun importining ariza berilgan hajmlari boʻyicha.
7. Joriy yilda har qanday arizachiga import uchun ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddaning hajmi, har qanday arizachi tomonidan belgilangan tartibda berilgan arizada koʻrsatilgan hajmdan qatʼi nazar, ushbu Nizomga muvofiq hisoblangan (Vi(j)) hajmdan oshishi mumkin emas.
8. Joriy yilda, ushbu usulga muvofiq hisoblangan ozonni buzuvchi moddalar importi uchun, belgilangan tartibda joriy 12 oylik davrning 1-apreligacha ariza bergan barcha arizachilarning importlari uchun ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning
umumiy hajmi 2018 — 2030-yillarda ozon buzuvchi moddalarning
Oʻzbekiston Respublikasiga importi uchun har yillik Kvotaning miqdor cheklovi bilan belgilangan Vumum (j) hajmidan oshishi mumkin emas.
bunda:
bunda:
n — joriy yilda ozonni buzuvchi moddalarning importi uchun belgilangan tartibda ariza bergan arizachilar soni;
m — joriy yilda ozonni buzuvchi moddalarning importi uchun belgilangan tartibda ariza bergan yangi arizachilar soni;
0,1*Vumum (j) — joriy yilga zaxirada qoldiriladigan ozon buzuvchi moddalarning 10 foizi.
9. Joriy yilda import uchun ruxsat etilgan ozonni buzuvchi modda hajmining hisob-kitobi (Va/Y.a i(j)), ushbu ozonni buzuvchi modda importi uchun joriy yilning 1-apreligacha ariza bergan har qanday arizachi uchun quyidagi formulalar boʻyicha amalga oshiriladi:
bunda:
Va umum (j) — ushbu Nizomga muvofiq, kvotaning miqdor cheklovi bilan belgilangan va arizachilarga joriy yilda import uchun ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning umumiy hajmi, tonna;
VY.a umum (j) — ushbu Nizomga muvofiq, kvotaning miqdor cheklovi bilan belgilangan va yangi arizachilarga joriy yilda import uchun ruxsat etilgan ozonni buzuvchi moddalarning umumiy hajmi, tonna;
Ka i — arizachi uchun quyidagi formula boʻyicha hisoblangan koeffitsiyent:
KY.a i — yangi arizachi uchun quyidagi formula boʻyicha hisoblangan koeffitsiyent:
bunda:
Va i(j1) — i-chi arizachi tomonidan uch yillik davrning birinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
Va i(j2) — i-chi arizachi tomonidan uch yillik davrning ikkinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
Va i(j3) — i-chi arizachi tomonidan uch yillik davrning uchinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
Va umum(j1) — arizachilar tomonidan uch yillik davrning birinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
Va umum(j2) — arizachilar tomonidan uch yillik davrning ikkinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
Va umum(j3) — arizachilar tomonidan uch yillik davrning uchinchi yilida import qilingan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
VY.a 1(j) — joriy yilda birinchi i-chi yangi arizachi tomonidan ariza etilgan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
VY.a 2(j) — joriy yilda ikkinchi i-chi yangi arizachi tomonidan ariza etilgan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
VY.a 3(j) — joriy yilda uchinchi i-chi yangi arizachi tomonidan ariza etilgan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna;
VY.a m(j) — joriy yilda m-chi yangi arizachi tomonidan ariza etilgan ozonni buzuvchi moddalar hajmi, tonna.
10. Kvotalarni arizachilar oʻrtasida taqsimlashda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
sovutish jihozlari, havoni konditsionerlash va iqlimga oid jihozlarni ishlab chiqarish faoliyati;
sovutish jihozlari, havoni konditsionerlash va iqlimga oid jihozlarga xizmat koʻrsatish faoliyati;
ozonni buzuvchi moddalardan istisno tariqasida laboratoriya va tahliliy maqsadlarda foydalanish faoliyati;
arizachilar tomonidan ruxsat berish tartib-tamoyillari va shartlariga rioya qilinishi, shu jumladan amalda import qilingan ozonni buzuvchi moddalar miqdori haqidagi, shuningdek, Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga import qilishga va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilishga ruxsat berish tartib-tamoyillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan ozonni buzuvchi moddalarning amalda eksport qilingan miqdori haqidagi maʼlumotlarni Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etilishi;
oʻz jihozlariga xizmat koʻrsatadigan, mulkchilikning turli shakllaridagi arizachilarning faoliyati.
11. Olinmay qolgan hajm:
ozonni buzuvchi moddalar importini soʻnggi uch yil davrda amalga oshirmagan va bozorga yetkazib bermagan yoki ozonni buzuvchi moddalarni oʻz ehtiyojlari uchun yoki muhim laboratoriya va tahliliy maqsadlar uchun ishlatmagan arizachilar oʻrtasida;
mamlakatga yashirincha olib kirilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yoki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan va u boʻyicha Vena konvensiyasi va Monreal protokoliga hisobot topshiriladigan ozonni buzuvchi moddalar hajmiga taqsimlanishi mumkin.
12. Ozonni buzuvchi moddalarning importi, ularni bozorga yetkazib berish uchun yoki ulardan oʻz ehtiyojlarida foydalanish uchun kvotani olgan har bir arizachi ushbu Nizomga muvofiq qayd etilgan tegishli ozonni buzuvchi moddalarning butun hajmining yoki bir qismining importidan voz kechishga haqli.
Arizachi bu kabi har bir voz kechish haqida bir oy ichida, oldindan Davlat ekologiya qoʻmitasini xabardor qilishi lozim.
13. Davlat ekologiya qoʻmitasi tegishli ozonni buzuvchi moddalarning barcha hajmini yoki bir qismini arizachilar oʻrtasida ushbu Nizomning 6, 9, 10-bandlariga muvofiq qayta taqsimotini amalga oshiradi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasini xabardor qiladi.
Tegishli ozonni buzuvchi moddalarning barcha hajmi yoki bir qismi qayta taqsimlangan taqdirda ruxsatnomani rasmiylashtirish Davlat ekologiya qoʻmitasida umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilish taqiqlangan ozonni buzuvchi moddalar* turlari
** Fuqaro va havo kemalari dvigatellari, BMTning Tinchlik korpusi tomonidan foydalaniladigan harbiy harakatlanish vositalari ekipajlari uchun boʻlmalarini himoyalash uchun ishlatiladigan; oson alangalanuvchan suyuqliklarning sirqib oqib chiqishi kuzatilishi mumkin boʻlgan, haddan tashqari jihozlar bilan toʻldirilgan xonalar uchun; aviatsiya, harbiy havo va yer ustidagi operatsiyalarda va ichki ishlar organlarining yer usti operatsiyalarida koʻchma yongʻin oʻchirish vositalarini toʻldirish uchun ishlatiladigan moddalardan tashqari.
(havola Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
*** Karantinli ishlov berish va tashish oldidan ishlov berish maqsadlarida qoʻllaniladigan yangi, ishlatilgan, utillashtirilgan yoki retsirkulyatsiyalangan ozonni buzuvchi moddalardan, shuningdek, boshqa maqsadlar uchun qoʻllaniladigan ishlatilgan, utillashtirilgan yoki retsirkulyatsiyalangan ozonni buzuvchi moddalardan tashqari.
Izohlar.
Ushbu roʻyxatga kiritilgan moddalar turlarining importi, zarurat boʻlganda, Monreal protokoli Tomonlarining yigʻilishlarida qabul qilinadigan qarorlari asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining istisnolar berish uchun arizalar yuborganida amalga oshirilishi mumkin.
Monreal protokoli Tomonlarining yigʻilishlarida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ushbu roʻyxatdagi taqiqlangan moddalar turlarining importi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 24-yanvardagi 20-son qarorining 5-bandi va qarorga 3-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishni va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 11-noyabrdagi 247-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 59-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarining oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2008-yil 7-maydagi 90-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 17-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 82-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ayrimlarining oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-sentabrdagi 271-son qaroriga ilovaning 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 68-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarining oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga 1-ilovaning 74-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 16-apreldagi 93-son qaroriga ilovaning 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 4-son, 29-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarining oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 76-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarining oʻz kuchini yoʻqotganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).