1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishni tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda fuqarolarning rekreatsiya, ekologik va boshqa turdagi turizmlarga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishning Namunaviy qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun haq undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (keyingi o‘rinlarda METH deb ataladi) bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishning Namunaviy qoidalari asosida Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish qoidalarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda ularga rioya etish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlasin.
METHda bo‘lish uchun to‘lov har bir tashrif buyuruvchi uchun sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2023-yilning 1-yanvarigacha davlat METHda shakllantirilgan budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasining foydalanilmay qolgan mablag‘lari, shu jumladan METHlarda bo‘lish va ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushumlar kalendar yil oxirida olib qo‘yilmaydi va keyinchalik ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi;
tasarrufida METH bo‘lgan yuridik shaxslar ekologik va boshqa turdagi turizmlarni tashkil etish uchun turistik faoliyat olib borishga litsenziya olishi va belgilangan tartibda turistik xizmatlarni sertifikatsiyadan o‘tkazishi lozim;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida nizom.
tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan xususiy buyurtmaxonalari va pitomniklari bo‘lgan jismoniy shaxslar faqat ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish qismi bo‘yicha turistik faoliyat olib borish huquqiga ega. Bu faoliyat gid va yo‘lboshlovchi-instruktorga belgilangan tartibda beriladigan malakaviy sertifikat olingandan keyin amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti.
4. Yuridik maqomga ega bo‘lgan METHga, tasarrufida METH mavjud bo‘lgan davlat organlari va yuridik shaxslar rekreatsiya va ekologik turizmni tashkil etish hamda o‘tkazishni ta’minlash maqsadida yuridik shaxs tashkil etmagan holda METHga tashrif va ko‘rsatilgan xizmatlardan tushgan mablag‘lar evaziga qo‘shimcha gid, yo‘lboshlovchi va boshqa ishchilar shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi B.T. Qo‘chqarov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-yanvar,
13-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 13-son qaroriga 1-ILOVA
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishning
NAMUNAVIY QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy qoidalar majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘larining rekreatsiya zonalari, ulardan xo‘jalik va boshqa maqsadlarda foydalanish (qo‘riqxona zonalaridan tashqari), davlat tabiat yodgorliklari, buyurtma qo‘riqxonalari, tabiiy pitomniklar va baliq xo‘jaligi zonalari, kurort tabiiy hududlarning uchinchi zonalari, rekreatsiya zonalari, suv obyektlari sanitariya muhofazasining ikkini va uchinchi zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, qirg‘oqbo‘yi mintaqalari, davlat biosfera rezervatlarining bufer hamda o‘tish zonalarida (qo‘riqxona zonasidan tashqari) bo‘lish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Ushbu Namunaviy qoidalarning talablari davlat qo‘riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish uchun davlat qo‘riqxonalariga berilgan qo‘riqlanma zonasi qismida bo‘lish tartib va shartlariga ham taalluqlidir.
2. Ushbu namunaviy qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ma’muriyati (keyingi o‘rinlarda METH ma’muriyati deb ataladi) — boshqaruv organlari, direktor va uning o‘rinbosar(lar)i, boshqa mansabdor shaxslar (rahbar xodimlar), tizimdagi bo‘limlarning boshliqlari (rahbarlari) (yuridik maqomga ega bo‘lgan METHda);
METHga tashrif buyuruvchilar guruhi — uch va undan ortiq (qoida tariqasida 10 kishigacha) shaxslarning guruh rahbari hamrohligida uyushgan tartibda METHda bo‘lishi;
METHga fuqarolarning kirishi — jismoniy shaxslarning METHni ko‘rish maqsadida uning hududiga kirish imkoniyati;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar — yer uchastkasining va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
METHga tashrif buyuruvchi — METHga kirishni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
METHga tashrif buyurish — jismoniy shaxsning ekologik, madaniy, estetik va boshqa maqsadlarda tabiatdan foydalanish huquqini amalga oshirish uchun ushbu Namunaviy qoidalarga muvofiq METHda bo‘lish;
METHning rejimi (METHni muhofaza qilish va undan foydalanish rejimi) — qonunchilikda va METH nizomlariga muvofiq, ularning toifalari va turlaridan kelib chiqib, muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, takror ko‘paytirish va tiklashga yo‘naltirilgan ruxsat etuvchi, cheklovchi va taqiqlovchi me’yorlar, talablar va chora-tadbirlar tizimi;
3. Fuqarolarning quyidagi METHga kirishi taqiqlanadi:
davlat qo‘riqxonalari, davlat biosfera rezervatlari va tabiat bog‘larining qo‘riqxona zonalariga, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi va kurort tabiiy hududlarining birinchi zonalariga;
noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot turlari hamda ularning o‘sish va yashash muhitini muhofaza qilish maqsadida boshqa METH yoxud ularning ayrim qismlariga, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshidagi holatlar bundan mustasno.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisida keltirilgan holatlarda METHga kirishga, uning ishchi xodimi bo‘lmagan fuqarolar yoki tasarrufida METH bo‘lgan yuqori davlat idoralari xodimlari faqat noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik va hayvonot turlari, ularning o‘sish va yashash muhitini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlar o‘tkazish maqsadida ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi. Ruxsatnoma shu METH ma’muriyati yoki u tasarrufida bo‘lgan yuqori davlat organi tomonidan beriladi.
Chegara zonasida joylashgan METHlarga kirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. METHda bo‘lish:
rekreatsiya;
tabiatdan foydalanish;
aholining madaniy-estetik, ekologik ta’lim va tarbiya;
ilmiy tadqiqot faoliyati maqsadlarida amalga oshiriladi.
METHda bo‘lish bir vaqtning o‘zida bir nechta maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin.
5. METHda bo‘lish qoidalari ushbu Namunaviy qoidalar asosida tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi.
suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi mintaqalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
o‘z tasarrufidagi METH bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan;
suv obyektlarining sanitariya muhofaza zonalari bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
o‘z tasarrufidagi METH bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan;
ushbu bandning uchinchi — oltinchi xatboshida belgilangan METHlardan boshqalari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
6. METHda bo‘lish qoidalari tasarrufida mazkur hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning hamda METHning o‘z internet sahifalari (saytlari)da majburiy tartibda joylashtiriladi.
METHda bo‘lish va xavfsizlik qoidalari bevosita uning kirish yo‘lagidagi ma’lumot taxtalariga (stendlariga) joylashtiriladi hamda tashrif buyuruvchilarga maxsus tayyorlangan eslatma shaklida tarqatiladi.
7. Fuqarolarning ayrim METHga kirishi pulli asosda amalga oshirilishi mumkin.
METH tashrif buyuruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov xizmatlar ro‘yxati va ular uchun to‘lanadigan pul miqdori:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishilgan holda tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari tomonidan;
tasarrufida METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aniqlanadi.
8. METHda bo‘lish, uning ma’muriyati, yuridik maqomga ega bo‘lmagan, tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakili tomonidan yoxud elektron axborot vositalari orqali, belgilangan tartibda elektron shaklda rasmiylashtirilgan tashrif chiptasi orqali amalga oshiriladi.
9. METHda rekreatsiya maqsadida bo‘lish uyushgan holda, ekologik turizm yo‘li bilan yoki fuqarolar METHning belgilangan joylariga mustaqil kelishi bilan amalga oshiriladi.
10. METHda tabiatdan foydalanish maqsadida bo‘lish faqat uning boshqaruv rejasida belgilangan joylarda amalga oshirilishi mumkin. METHning boshqaruv rejalari ular tasarrufida bo‘lgan tegishli davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi.
METHda tabiatdan maxsus foydalanish maqsadida bo‘lish uchun, tashrif buyuruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda mazkur foydalanishga ruxsatnoma olishi zarur.
O‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan, shu jumladan ularning qismlari yoki boshqa namunalaridan kolleksiyalar to‘plash tartibi, shuningdek, tabiatdan foydalanishning boshqa turlari qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
11. METHda madaniy — estetik, aholining ekologik ta’lim va tarbiyasi maqsadida bo‘lish tashrif buyuruvchilar tomonidan mustaqil, shuningdek, ta’lim yoki boshqa muassasalar tomonidan shakllantirilgan tashrif buyuruvchilar guruhlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
12. Tabiiy obyektlari va komplekslarini muhofaza etish, takror ko‘paytirish, tiklash va ulardan barqaror foydalanishni o‘rganish bo‘yicha mavzularda ilmiy-tadqiqotlar olib borish uchun METHda bo‘lish, ilmiy tashkilotlar, o‘quv muassasalari va alohida mutaxassislar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. METHning tabiiy obyektlari va komplekslarini boshqa mavzularda o‘rganish uchun unda bo‘lish ushbu Namunaviy qoidalarda belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. METHda bo‘lish tartibi
14. METHda bo‘lish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
oldindan belgilangan yo‘nalish bo‘ylab aniqlangan joylarda (maydonlarda) vaqtinchalik joylashib va dam olib yoki bir yo‘la ikkalasini ham amalga oshirish;
METHning belgilangan joylarida dam olish maqsadida bo‘lish;
METHda tabiatdan foydalanish maqsadida bo‘lish;
METHda ekologik ta’lim va tarbiya olish uchun, shuningdek, madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirish maqsadida bo‘lish;
METHda tabiiy obyektlar va majmualarni kuzatish, ilmiy tadqiqotlar uchun namuna va boshqa materiallarni yig‘ish uchun bo‘lish.
15. METHda bo‘lish guruh bo‘lib tashrif buyuruvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Guruh a’zolari orasidan uning rahbari aniqlanadi. Voyaga yetmagan shaxslar METHda faqat katta yoshdagilar hamrohligida bo‘lishlari mumkin.
16. Tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini va METHning tabiiy obyektlari va komplekslarini saqlashni ta’minlash maqsadida METH vakolatli xodimlari unda bo‘lishning amaldagi qoidalari bilan tanishtiradi va tushuntirish beradi.
17. METHga tashrif buyuruvchilar, 7 yoshga to‘lmagan shaxslardan tashqari, shu jumladan tushuntirish bergan vakolatli shaxs maxsus jurnalga imzo chekishi shart.
18. METHning vakolatli ishchisi tashrif buyuruvchilarni hududda kino, video, suratga olish shartlari bilan tanishtirishga, shu jumladan tasvirga olingan materiallarning nusxalarini taqdim etish shartlariga rioya etish va kirish mumkin bo‘lmagan joylar haqida ogohlantirishga majbur.
MEHTda kino, video, suratga olish u yerdagi hayvonlarni bezovta qilmasligi va tabiatdagi tabiiy jarayonlarga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
Kino, video, suratga olish jarayonida hayvonlarning uyalari, boshqa yashirinish yoki boshpana joylarini buzish va ko‘chirish hamda ularning bolalarini taqib qilish va onasidan ajratish taqiqlanadi.
Hayvonlarni ko‘payish mavsumida ularning uyalari, inlari, makonlari va baliqlarning uvildiriq sochadigan joylari hamda hayvonlarni qishki uyquga ketadigan joylarining yaqinlarida, qoida tariqasida, ilmiy va ma’rifiy maqsadlarda kino-, video-, fotosuratga olishga faqat METH ma’muriyati, yuridik maqomga ega bo‘lmagan, tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ruxsatnomasi asosida ruxsat etiladi.
METHda kino, video bosma va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun tasvirga olish u bilan, shuningdek, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
19 . METHga tashrif buyuruvchilar unda bo‘lish qoidalari, yo‘nalishlari hamda dam olish joylari (maydonlari), tanlangan yo‘nalishning va/yoki joy (maydoni)ning tavsifi bilan tanishishi kerak va quyidagilarni o‘zi uchun aniqlab olishi kerak:
METHda bo‘lish muddati;
aniq yo‘nalish (lar), joy (lar) (maydon (lar));
zarur resurslar va ularning miqdori (o‘tin va boshqa turdagi yoqilg‘i, oziq-ovqatlar va boshqalar);
zarur jihozlar va ularning soni (palatkalar, ko‘rpa-to‘shaklar, idish va boshqalar);
otlar, eshaklar, tuyalar va boshqa turdagi zarur transport vositalari;
gid, yo‘lboshlovchi-instruktor.
20. Tashrif buyuruvchilar o‘zlari bilan kerakli oziq-ovqat, ovqat tayyorlash uchun kerakli uskunalar, boshqa buyumlarni olib kelishi yoki METHga kirishda olishi (ijaraga) mumkin.
21. Tashrif buyuruvchilarning METHda harakatlanish yo‘nalishlari ustunlarda yoki boshqa barqaror obyektlarda raqamlanadi va ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
Vaqtinchalik turish va dam olish maydonlari ustun ko‘rinishidagi yoki boshqa barqaror obyektlarda joyida ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi.
Tashrif buyuruvchilarning harakatlanadigan har bir yo‘nalishi va vaqtinchalik turish hamda dam olish maydonlari ularni batafsil tasniflovchi qo‘llanmalar va chizmalar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak, ular tashrif buyuruvchilar METHda bo‘lgan davrida beriladi. Har bir qo‘llanmada taqiqlar va/yoki cheklovlar, shuningdek, tabiiy obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning boshqa shartlari ko‘rsatiladi.
22. METHga tashrif buyuruvchilar aniq yo‘nalishlarni yoki aniq maydonlarni tanlashadi.
METHda bo‘lishga chipta ushbu Namunaviy qoidalarning ilovasiga muvofiq barcha guruh qatnashchilari, hududda bo‘lish muddati, yo‘nalishlar va/yoki maydonlar raqamlari va boshqa kerakli ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda guruh rahbari nomiga rasmiylashtiriladi.
METHda bo‘lish chiptasi unga kirish joyida yoki ushbu Namunaviy qoidalarning va boshqa qonunchilik talablarini bajargan holda elektron hujjat shaklida rasmiylashtirilishi mumkin. Agar uzoqda joylashgan METHda aloqa vositalari yo‘q bo‘lsa, METHda bo‘lish chiptasini elektron aloqa vositalari orqali sotgan shaxs METHga tashrif buyuruvchilar ro‘yxati, yo‘nalishlar va u yerda bo‘lish muddatlari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda METHga oldindan (unga kirish kunidan oldin) yetkazishi shart.
METHda bo‘lishga chiptalar ekoturizm bilan shug‘ullanuvchi turistik firmalar orqali ham rasmiylashtirilishi mumkin.
23.Tashrif buyuruvchilar chiptada ko‘rsatilgan vaqtda METHga kirishi, va uni chiptada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmay tark etishi kerak.
METHda ushlanib qolish zarurati bo‘lgan taqdirda tashrif buyuruvchilar oldindan, agar imkoni bo‘lmagan taqdirda, imkoni bo‘lishi bilanoq METH ma’muriyatini, yuridik maqomga ega bo‘lmagan tasarrufida METH bo‘lgan davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning vakillari orqali ogohlantirishlari kerak.
Agar METHda bo‘lish pulli bo‘lsa, tashrif buyuruvchi kechikkan vaqti uchun mutanosib ravishda belgilangan summani to‘lashi shart.
24. Belgilangan yo‘nalishni otlar, eshaklar, tuyalar yoki ularning kombinatsiyasi usulida bosib o‘tiladigan bo‘lsa tashrif buyuruvchi ularda yurish qoidalariga va malakasiga ega bo‘lishi hamda yurish sinovidan o‘tishi kerak. Agar tashrif buyuruvchi ularda yurish qoidalariga va malakasiga ega bo‘lmasa, u holda tashrif buyuruvchi METHda bo‘lish shartlarini almashtirishi kerak.
25. Ichki yonuv dvigatelli transport vositalaridan faqat METHdan o‘tadigan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida foydalanish mumkin.
METHda bo‘lish vaqtida tashrif buyuruvchilarning shaxsiy avtomototransporti, shuningdek transport tashkilotlarining odam tashuvchi avtotransportlari xizmatidan foydalanilganda ularni METHning avtoulovlar to‘xtash joyida saqlashi lozim. Bunda METHdagi avtotransportlar to‘xtash joyini suvni muhofaza qilish zonalari hududida joylashtirmaslik kerak.
METHga tashrif buyuruvchilar belgilangan dam olish joyiga (maydonga) yoki yo‘nalishning boshlanish joyiga piyoda yoxud ichki yonuv dvigateli avtomototransportdan tashqari transportda yetib borishlari mumkin.
26. Muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, muhofaza qilish, takror ko‘paytirish, shuningdek, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida METHga yoki ularning ayrim uchastkalariga kirish doimiy yoki vaqtinchalik taqiqlanishi, to‘xtatib qo‘yilishi yoxud cheklanishi mumkin.
Agar qonunchilikka muvofiq METH yoki uning bir qismi turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududda joylashgan bo‘lsa, u yerga kirish taqiqlanadi.
27. Tashrif buyuruvchilar METHda faqat belgilangan muddatlarda bo‘lishi mumkin. Sutkaning belgilangan soatlarida tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini va/yoki METHning tabiiy obyektlari va komplekslarini muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida cheklovlar o‘rnatilishi mumkin.
28. METHga kirishga taqiqlar, cheklovlar va to‘xtatishlar fuqarolarga zudlik bilan METHning, tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarining internet portallari (saytlari)da, ommaviy axborot vositalarida va METHning kirish yo‘lagidagi ma’lumotlar taxtasida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish yo‘li bilan yetkaziladi.
METHda bo‘lishga oldindan hududga kirish uchun chipta rasmiylashtirgan shaxslar taqiqlar, cheklovlar va to‘xtatishlar haqida sabablari ko‘rsatilgan holda zudlik bilan ogohlantirilishi shart. Bunda bo‘lg‘usi tashrif buyuruvchilarning har biri bilan muzokaralar yuritiladi va ayni bir vaqtda tashrif muddatlarini ko‘chirish masalasi hal etiladi. Agar tashrif buyuruvchi tashrifni kechiktirishdan bosh tortsa, bilet sotib olishga to‘langan pul qaytarib beriladi.
METHda bo‘lishga taqiqlar, cheklovlar va to‘xtatishlar tashrif buyuruvchiga chipta rasmiylashtirishidan oldin ma’lum qilinadi va bu chiptada aks ettiriladi.
29. Yo‘nalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:
o‘zlari bilan qurol, it, yovvoyi hayvonlarni ovlashga mo‘ljallangan aslahalar olib kirish, agar yo‘nalish METH rejimiga muvofiq tarzda baliq ovlash joylaridan o‘tsa — qarmoq bundan mustasno;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
yovvoyi hayvonlarga ovqat berish, shuningdek, hayvonlarni tutish (ovlash), uyalar, inlar, makonlarni buzish;
daraxt va butalarni kesish hamda ularga zarar yetkazish, gullar, qo‘ziqorinlar, mevalar, shifobaxsh va texnik o‘simliklarni terish;
ruxsat etilmagan joylarda chaylalar qurish va palatkalar o‘rnatish, olov yoqish;
tog‘ jinslariga, toshlarga, yumaloq katta toshlarga, daraxtlarga yozuvlar yozish;
tabiiy obyektlarning tashqi ko‘rinishini buzish;
suv obyektlari, yo‘nalishlar va maydonlarni ifloslantirish va bulg‘ash;
ruxsat etilmagan joylarda chekish;
yo‘nalishdan chiqish, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan yo‘nalishni o‘zgartirish yoki dam olish joyi (maydoni)ni o‘zgartirish.
30. Ovqat tayyorlash va boshqa maqsadlarda o‘choqlarda, kaminlarda o‘tin hamda gulxan yoqishga METH ma’muriyati yoki tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan belgilangan joylarda ruxsat etiladi.
Tayyor o‘tin yoki muqobil turdagi yonilg‘i bilan ta’minlash qo‘shimcha pulli xizmat evaziga amalga oshiriladi.
31. METHga tashrif buyuruvchilar quyidagilarga majbur:
muhofaza etiladigan tabiiy obyekt va komplekslarga zarar yetkazmaslik;
tashrif buyurish vaqtiga rioya qilish;
ko‘rsatilgan yo‘nalish yoki dam olish joy (maydon)ida bo‘lish;
yo‘nalish va/yoki dam olish joyi (maydoni)ning tavsifida ko‘rsatilgan METHning rejimi va taqiqlariga rioya qilish;
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
yo‘nalish bo‘ylab o‘tayotganda va dam olish joyi (maydoni)da bo‘lganida gid, yo‘lboshchi-instruktorning ko‘rsatmalariga amal qilish;
olingan jihozlar va aslaha-anjomlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yo‘qotib qo‘yilgan yoki ishdan chiqarilgan taqdirda yetkazilgan zarar qiymatini qoplash;
METHda bo‘lgan vaqtida hosil bo‘lgan axlatlarni yig‘ish va axlat yig‘ish uchun mo‘ljallangan joyga joylash;
ushbu Namunaviy qoidalarga va METHdagi tabiiy obyektlar va komplekslarni muhofaza qilish bilan bog‘liq boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga so‘zsiz amal qilish.
(31-bandning uninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Guruh rahbari METHga tashrif buyuruvchilarning xulq-atvorini kuzatib borishga ham majbur.
3-bob. MEHT infratuzilmasi va xavfsizlik bo‘yicha talablar
32. METH ma’muriyati va tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar METHga kirish joyida tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot taxtalarini joylashtiradi.
Ma’lumot taxtasida METHning barcha turistik yo‘nalishlari, rekreatsiya joylari, METH yoki tegishli davlat organining xodimi bo‘lmagan ishchilarga mazkur joylarga kirish taqiqlanganligi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar, davlat tashkilotlari, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lgan METH telefon raqamlari joylashtiriladi.
Mazkur hududda zaharli hayvon yoki o‘simliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning tasvirlari va birinchi tibbiy tez yordam ko‘rsatish usullari to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi hamda tegishli ogohlantirishlar amalga oshirilishi kerak.
Mazkur ma’lumotlar yo‘nalishlar sxemalari, ayniqsa yo‘nalish va dam olish zonalarining xushmanzara joylari, hayvonlari, o‘simliklari va boshqa obyektlar suratlari bilan boyitiladi.
33. Har bir yo‘nalishda uning uzunligi, murakkabligi, bosib o‘tishga ketadigan o‘rtacha vaqt, yo‘nalishni ko‘rsatuvchi asosiy belgilar, guruhdagi maksimal tashrif buyuruvchilar soni, to‘xtash joylari, yo‘nalish uchastkalarida joylashgan muhofaza etiladigan obyektlar va komplekslar, ulardan foydalanish va muhofaza qilish rejimlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha uch qismdan iborat yo‘l ko‘rsatkich ishlab chiqiladi:
a) yo‘nalish sxemasi (yo‘nalish uchastka hududlaridan o‘tishga ketadigan vaqt, dam olish va taom tayyorlash joylari va boshqa obodonlashtirish atributlari ko‘rsatilgan xarita/sxemada yo‘nalishga tegishli joylarning tasviri);
b) yo‘nalishda duch kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy to‘siqlar, jilg‘alar, daraxtlar va butalar hamda yo‘l-yo‘lakay uchraydigan hayvon turlari ko‘rsatiladi;
v) mazkur yo‘nalishdagi tabiiy manzarali joylar va ularning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, rekreatsiya zonalari rejimi va ularning joylashuvi ko‘rsatiladi, agar ular METHda mavjud bo‘lsa.
34. METHda tabiatdan foydalanishga ruxsat etilishi mumkinligi, ularning turlari, muddatlari, joylari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.
Agar tabiatdan umumiy foydalanishga ruxsat berilsa, bunday holatda qonunchilikka muvofiq foydalanish hajmlari ko‘rsatiladi.
35. Tashrif buyuruvchilarga batafsilroq ma’lumot berish maqsadida yo‘l ko‘rsatkichlar, prospektlar va bukletlar nashr etilishi, ularda METH to‘g‘risida umumiy ma’lumot, ekologik yo‘nalishlar va rekreatsiya zonalari hamda tashrif buyuruvchilarning hududda o‘zini tutish qoidalari aks ettiriladi.
36. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar muhofaza etiladigan tabiiy obyektlar va komplekslarni, shu jumladan quyidagi yo‘llar bilan maksimal darajada saqlashga majbur:
maxsus jihozlangan yo‘nalishlar tashkil qilish;
yo‘nalishlarni ko‘rinarli joylarga o‘rnatilgan zarur axborotlarga ega bo‘lgan axborot stendlari bilan jihozlash;
METH ayrim uchastkalariga tashrif buyurishni cheklovchi (shu jumladan mavsumiy) va tashrif buyuruvchilar uchun hududda o‘zini tutish qoidalarini belgilash;
ruxsat etilishi mumkin bo‘lgan tashrif buyurish me’yorlarini o‘rnatish;
METHning tabiiy obyektlari va komplekslari tashqi muhitga yetarli bardosh beradigan joylarni rekreatsiya zonalariga ajratish;
yo‘nalishlarda tabiiy landshaftlarga zarar yetkazmagan holda, imkon darajasida mahalliy xomashyolardan qulayliklar yaratish uchun infratuzilma elementlarini (o‘rindiqlar, shiyponlar, to‘siqlar va boshqalarni) tayyorlash;
tashrif buyuriladigan hududning doimiy monitoringi va nazoratini ta’minlash.
37. METHning boshqaruv rejasiga yo‘nalishlarni tashkil etish va ulardan foydalanish kiritilishi kerak.
38. Yo‘nalishni tanlashda landshaftlar turi va ruxsat etilgan rekreatsiya yuklamasi hisobga olinadi.
39. Yo‘nalishlarni tashkil etishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:
a) yo‘nalish noyob turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘sish va yashash muhitini aylanib o‘tishi, zaif tabiiy obyektlar va komplekslarga tegmasligi, shuningdek daraxt va butalar kesilayotgan, ov va boshqa turdagi tabiatdan maxsus foydalanishni amalga oshirish joylaridan xavfsiz masofada joylashishi zarur;
b) yo‘nalish bir noyob obyektdan boshqasiga o‘tishi, shu bilan birga, barcha biologik va landshaft xilma-xilligini, shu jumladan antropogen omillarga uchragan uchastkalarni ham qamrab olishi zarur;
v) yo‘nalish ishlab chiqilayotgan vaqtda u o‘tadigan trassaga aniqlik kiritiladi, shuningdek, jihozlangan (shiyponlar, uychalar, umumiy ovqatlanish, dam olish va gigiyenik joylar) hamda jihozlanmagan to‘xtash joylari belgilanadi;
g) agar tabiat bog‘lari, kompleks (landshaft) buyurtmaxonalar va davlat biosfera rezervatlarida Tabiat muzeyi tashkil etilgan bo‘lsa, u holda yo‘nalishda pulli asosda unga tashrif buyurish ko‘zda tutiladi.
40. Fuqarolarning qisqa muddatli dam olish joylarida yengil tipdagi (palatkalar, shiyponlar, ko‘chma ovqatlanish bloklari va boshqa) inshootlar o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
41. Uzoq muddatli dam olish joylarida dam oluvchilar uchun bino va inshootlar, shuningdek, xizmat ko‘rsatish obyektlari (oshxona, o‘yin maydonlari va boshqalar) joylashtiriladi.
42. Yo‘nalishlarda tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur qulayliklar yaratish ishlari olib borilishi kerak.
So‘qmoq yo‘l baland tik jardan xavfsiz masofada o‘tkazilishi va uning optimal kengligi 2 metrdan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Yo‘nalishdagi yiqilgan daraxtlar olib tashlanishi va talab qilingan joylarda ko‘prikchalar o‘rnatilishi kerak. So‘qmoq tik qiyaliklardan (450 va undan ko‘p) o‘tganda u yerda zinalar o‘yiladi va suyanchiq to‘siqlar o‘rnatiladi. So‘qmoq butalar va yirik o‘tlardan tozalanadi. Qisqa dam olish joylarida tabiatning landshaftlari, muhofaza etiladigan obyektlari va komplekslarini tomosha qilish uchun kuzatuv punktlari (yengil shiypon, skameykalar va o‘tirib rasmga oladigan joylar) o‘rnatiladi.
METHda yo‘nalishlarni ishlab chiqishda joyning tabiiy iqlim sharoiti xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning murakkabligi aniqlanishi kerak.
43. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar METHda jihozlangan axlatlarni yig‘ish joylarini tashkil qilishi shart.
Yo‘nalishdagi dam olish maydonlarida hojatxonalar mavjud bo‘lishi kerak.
44. Yo‘nalish bo‘yicha gulxan yoqish faqat yo‘nalish dasturida oldindan belgilangan bo‘lsa va faqat maxsus ajratilgan joyda, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda ruxsat etiladi.
To‘xtash joylari, kempinglar zarur asbob-anjomlar (o‘t o‘chirish moslamalari va ogohlantirish taxtalari ) bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
45. METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hududda turg‘un tibbiy yordam ko‘rsatish punkti bo‘lishini ta’minlashi shart. Ushbu punktda fuqarolarga birinchi tibbiy va vrach ko‘rigigacha bo‘lgan yordamni berish uchun barcha kerakli jihozlar, dori-darmonlar zaxirasi, bog‘lash materiallari va boshqa tibbiy vositalar bo‘lishi, shtatdagi tibbiyot xodimi (eng kamida feldsher), shuningdek yo‘nalishda jarohat olgan shaxsni darhol tibbiy punktga yetkazish va zarur hollarda uni tibbiyot muassasasiga evakuatsiya qilish uchun transport vositasi bo‘lishi kerak.
46. Tashrif buyuruvchilar guruhi METHda bo‘lgan vaqtda jarohat olgan shaxslarga birinchi vrach ko‘rigigacha yordam ko‘rsatish uchun METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning vakolatli vakilidan barcha kerakli vositalar bilan to‘ldirilgan tibbiy aptechkani majburiy tarzda olishi shart. METHga tashrif tugagandan keyin tashrif buyuruvchilar tibbiy aptechkani olingan holatidagidek qaytarib berishga majbur.
Tibbiy aptechka, dori-darmonlar va boshqa vositalar yo‘qotib qo‘yilganda, tashrif buyuruvchilar ularning narxlarini qoplashga majbur.
Tashrif buyuruvchilar guruhi o‘zlarining tibbiy aptechkasiga ham ega bo‘lishi mumkin.
47. METHda bo‘lish ekskursiyani olib boruvchi (gid yoki yo‘lboshchi-instruktor) hamrohligida amalga oshiriladi. Ekskursiyani olib boruvchi tashrifchi jarohat olganda, zaharli hashoratlar, ilonlar chaqqanda va inson hayoti hamda sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi boshqa favqulodda vaziyatlarda birinchi tez tibbiy yordam berish usullariga ega bo‘lishi kerak.
48. Ekskursiyani olib boruvchi (gid yoki yo‘lboshchi-instruktor) vazifasini METH vakili yoki tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan shartnoma asosida jalb qilingan shaxs, shuningdek, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan jismoniy shaxslar bajarishi mumkin. Xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ekskursiyani olib boruvchilar yoki tarjimonlar jalb etilishi mumkin.
Gidlar (ekskursiyani olib boruvchilar), yo‘lboshchi-instruktorlar xizmatlari jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning xizmatchilari tomonidan faqat O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi beradigan malaka sertifikati olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
49. Favqulodda holatlar uchun METHda ogohlantirish tizimi va favqulodda vaziyatlar xizmati bilan bog‘lanish uchun aloqa vositalari o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Tashrifchilarga hududda bo‘lganida beriladigan eslatmada ularning ushbu holatlarda harakatlanish tartibi, METH bo‘yicha navbatchining telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi.
METHda uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalari ishlamayotgan holatlarda, tashrifchi tegishli choralar ko‘rish uchun baxtsizlik/favqulodda vaziyat haqidagi xabarni yetkazishi mumkin bo‘lgan joy tanlanadi va unga borish yo‘lni ko‘rsatuvchi belgilar bilan ta’minlanadi.
Agar METHda belgilar bilan ogohlantirish tizimi mavjud bo‘lsa (rangli va ovozli signallar, pirotexnik mash’alalar (fakellar), oddiy tutun) bunday holatda METH vakili shunday belgilar berilishi to‘g‘risida tashrif buyuruvchilarga tushuntirish beradi.
50. METHda bo‘lish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Ushbu Namunaviy qoidalarni hamda METH rejimini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
METHning muhofaza etiladigan tabiiy obyektlari, komplekslari va mulkiga zarar yetkazilsa, yetkazilgan zarar qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi.
Yo‘nalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:
o‘zlari bilan qurol, it, yovvoyi hayvonlarni ovlashga mo‘ljallangan aslahalar olib kirish, qarmoq bundan mustasno — agar yo‘nalish METH rejimiga muvofiq tarzda baliq ovlash joylaridan o‘tsa;
yovvoyi hayvonlarga ovqat berish hamda hayvonlarni tutish (ovlash), uyalar, inlar, makonlar (yovvoyi hayvonlarning yer ostidagi yashash joylari)ni buzish;
daraxt va butalarni kesish hamda ularga zarar yetkazish, gullar, qo‘ziqorinlar, mevalar, shifobaxsh, texnik o‘simliklarni terish;
ruxsat etilmagan joylarda chaylalar qurish va palatkalar o‘rnatish, olov yoqish;
tog‘ jinslariga, toshlarga, yumaloq katta toshlarga, daraxtlarga yozuvlar yozish;
tabiiy obyektlarning tashqi ko‘rinishini buzish;
suv obyektlarini, yo‘nalishlarni va maydonlarni ifloslantirish va bulg‘ash;
belgilanmagan joylarda chekish;
yo‘nalishdan chiqish, shu bilan birga, o‘zboshimchalik bilan yo‘nalishni yoki dam olish joyini (maydonini) o‘zgartirish.
muhofaza etiladigan tabiiy obyekt va komplekslarga zarar yetkazmaslik;
tashrif buyurish vaqtiga rioya qilish;
ko‘rsatilgan yo‘nalish yoki dam olish joy (maydon)ida bo‘lish;
yo‘nalish va/yoki dam olish joyi (maydoni)ning tavsifida ko‘rsatilgan METHning rejimi va taqiqlarga rioya qilish;
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
yo‘nalish bo‘ylab o‘tayotganda va dam olish joyida (maydonda) bo‘lganida gidnin?, yo‘lboshchi-instruktorning ko‘rsatmalariga amal qilish;
olingan jihozlardan, aslaha-anjomlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish, yo‘qotib qo‘ygan yoki ishdan chiqargan taqdirda yetkazilgan zarar qiymatini qoplash;
METHda bo‘lgan vaqtda hosil bo‘lgan axlatni yig‘ish va axlat yig‘ish uchun mo‘ljallangan joyga joylash;
ushbu Namunaviy qoidalarga va METHdagi tabiiy obyektlar va komplekslarni muhofaza qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga so‘zsiz amal qilish.
Tashrif buyurish qoidalari, METH rejimi buzilsa tashrif buyuruvchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar, METHning muhofaza etiladigan tabiiy obyektlari va komplekslari hamda mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda yoki ular yo‘qotib qo‘yilganda qonunchilikda belgilangan tartibda keltirilgan zarar undiriladi.
Guruh rahbari METHga tashrif buyuruvchilarning xulq-atvorini kuzatib borishga ham majbur.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 13-son qaroriga 2-ILOVA
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun to‘lovlar undirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Ushbu Nizom ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun to‘lovlar undirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning talablari davlat qo‘riqxonalari qo‘riqlanma zonalarining ekologik turizmni tashkil etishga berilgan qismida bo‘lish uchun to‘lovlar undirishga ham joriy qilinadi.
2.Tasarrufida METH bo‘lgan davlat organining, yuridik yoki jismoniy shaxslarning qarorlari asosida METHda bo‘lish uchun to‘lov har bir tashrif buyuruvchi uchun sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida, chipta rasmiylashtirilmasdan oldin to‘lanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
3. METHda bo‘lish uchun haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul va naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
4. Yuridik maqomga ega bo‘lgan METHda bo‘lish uchun to‘lovlar ushbu yuridik shaxslarning hisob raqamiga tushadi. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufidagi yuridik maqomga ega bo‘lmagan METHda, shuningdek, tabiat yodgorliklari, rekreatsiya zonalarida bo‘lish uchun to‘lovlar ushbu davlat organlari yoki yuridik va jismoniy shaxslar hisob raqamiga tushadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining quyidagi toifalaridan METHda bo‘lish uchun haq olinmaydi:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylari;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari qaramog‘idagi shaxslar;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son)
“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari va “G‘amxo‘rlik” markazlarida joylashtirilgan shaxslar;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
oddiy askar va serjant tarkibiga kiruvchi lavozimlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar.
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining quyidagi toifalaridan METHda bo‘lish uchun to‘lov belgilangan to‘lovning 50 foizi miqdorida undiriladi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilari;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari talabalari.
7. METH ma’muriyati, tasarrufida METH bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tashrif buyuruvchilarga ushbu hududlarda bo‘lishi bilan bog‘liq quyidagi pulli xizmatlarni taklif qilish huquqiga ega:
gid va yo‘lboshchi xizmatlarini taklif qilish;
vaqtinchalik foydalanish uchun palatka, maxsus uxlash qoplari, idishlar hamda oshxona jihozlari va boshqa buyumlar berish;
yo‘nalishni bosib o‘tish va yuklarni tashish uchun ot, eshak, tuyalar berish;
isinish va ovqat tayyorlash uchun o‘tin va boshqa turdagi yonilg‘i mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suv berish;
METH ma’muriyati, tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda, ayrim turdagi tabiatdan foydalanishlar, ekologik turizm, rekreatsiya va ilmiy izlanishlar olib borish uchun boshqa turdagi xizmatlar taklif qilinishi mumkin.
8. Chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xizmat ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar bir xil bo‘lishi lozim. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov shakli qonunchilikka muvofiq tomonlar kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
9. Ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va ularga to‘lanadigan to‘lovlarning miqdori:
tasarrufida METH bo‘lgan davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan holda;
tasarrufida yuridik maqomga ega bo‘lmagan METH bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar qarorlari bilan belgilanadi.
10. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, ularga tenglashtirilgan shaxslar, Ikkinchi jahon urushi front orti mehnat faxriylari, internat-uylar qaramog‘idagi, “Mehribonlik” uylari, “G‘amxo‘rlik” markazlari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari qaromog‘idagi shaxslar ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlardan ozod qilinadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehnat faxriylari, nafaqadagi shaxslar, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, oddiy askar va serjant lavozimlarida muddatli xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida to‘laydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
11. Ushbu Nizomning 5, 6 va 10-bandlarida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga imtiyozlar berilishi uchun quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi:
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, veteranlar va nafaqadagi shaxslar uchun — belgilangan shakldagi guvohnoma yoki ushbu maqomni tasdiqlovchi boshqa hujjat;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari qaramog‘idagi shaxslar — pasport va tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasa ma’lumotnomasi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son)
“Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari va “G‘amxo‘rlik” markazlarida joylashtirilgan shaxslar uchun — tegishli ta’lim yoki tibbiy-ijtimoiy muassasa ma’lumotnomasi yoxud muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan tashrif buyuruvchilar ro‘yxati;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
7 yoshga to‘lmagan bolalar uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — pensiya guvohnomasi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
oddiy askar va serjant lavozimlarida muddatli xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tayotganligi yozilgan harbiy bilet;
maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy o‘quv muassasasi talabalari uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi yoki talabalik guvohnomasi yoxud tegishli o‘quv muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlangan o‘quvchilar (talabalar) ro‘yxati.
12. Agar tashrif buyuruvchi METHda joylashgan pul to‘lanadigan boshqa hududga kirmoqchi bo‘lsa, u holda ulardan faqat birinchisi uchun haq olinadi.
13. METHda bo‘lish uchun ko‘rsatilgan pulli xizmatdan tushgan tushum va xarajatlar bo‘yicha hisobotlar qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
14. METHda bo‘lish bilan bog‘liq holdagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 82-moddasi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2018-y., 09/18/13/0535-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 31.05.2024-y., 09/24/316/0385-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)