1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar);
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarorini bajarish hamda birjadan tashqari valyuta bozorining samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, banklararo valyuta savdolari qatnashchilari sonini koʻpaytirish va koʻlamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, vakolatli banklar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar birjadan tashqari valyuta bozorida qatnashish va operatsiyalarni oʻtkazishning belgilangan tartibiga qatʼiy amal qilsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda)ga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 10-iyul,
294-son
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 1-ILOVA
Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga bosh litsenziyaga ega boʻlgan tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda “vakolatli bank” deb ataladi) bilan birgalikda banklararo valyuta savdolariga xizmat koʻrsatish uchun, ushbu savdolarni oʻtkazishning yangi normalari va reglamentini joriy etishni hisobga olgan holda va, birinchi navbatda, banklararo valyuta savdolari negiziga xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflarga asoslangan bozor tamoyillari qoʻyilganligidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
3. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) erkin almashtiriladigan valyutada shakllantiriladi.
Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus valyuta hisob raqamida joylashtiriladi.
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish
4. Quyidagilar Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
vakolatli banklarda qoladigan valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan olingan mablagʻlarning talab qilib olinmagan qismi;
mijozlar boʻsh valyuta mablagʻlarining vakolatli banklar tomonidan jalb etiladigan bir qismi;
yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdosida xorijiy kompaniyalar va firmalarga kafolatli yetkazib berish boʻyicha sotishdan olingan valyuta tushumi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni markazlashtirilgan tartibda eksport qilishdan olingan valyuta tushumining 100 foizini majburiy sotishdan tushgan, ularning hukumat tomonidan jalb etilgan yoki uning kafolati ostida olingan xorijiy valyutadagi kreditlarga xizmat koʻrsatishda hamda Markaziy bankning oltin valyuta zaxiralarini saqlashda foydalanishdan keyin qolgan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta aktivlarini boshqarishdan olingan xorijiy valyutadagi daromadlar;
amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalar.
5. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini shakllantirish uchun Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasining hisob-kitob kassalari markazida belgilangan tartibda Jamgʻarmaning maxsus valyuta hisob raqami ochiladi.
6. Jamgʻarma hisob raqami boʻyicha mablagʻlar harakatini hisobga olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
7. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilangan tartibda, talab va takliflarga qarab vujudga keladigan erkin kurs boʻyicha:
a) maxsus banklararo savdo sessiyalarida:
valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan olingan valyuta mablagʻlarining talab qilib olinmagan qismini vakolatli banklar tomonidan banklararo savdo sessiyalariga qoʻyilishiga koʻra;
mijozlarning vakolatli banklar tomonidan jalb etilgan va sotishga qoʻyilgan boʻsh valyuta mablagʻlarining bir qismini har oyda;
b) “Oʻzauksionsavdo” ixtisoslashtirilgan tashkilotidan yuqori likvidli mahsulotlarni kimoshdi savdolarida xorijiy kompaniyalar va firmalarga kafolatli yetkazib berish boʻyicha sotishdan olingan valyuta tushumini toʻliq miqdorda tushishiga qarab sotib oladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mahsulotlarni markazlashtirilgan tartibda eksport qilishdan olingan valyuta tushumining ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlarni amalga oshirishdan keyin qolgan qismi har oyning yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-kunidan kechiktirilmay Jamgʻarmaning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan valyuta aktivlarini boshqarishdan olinadigan xorijiy valyutadagi daromadlar har chorakda keyingi chorak birinchi oyining 10-kunidan kechiktirilmay Jamgʻarma hisob raqamiga oʻtkaziladi.
10. Pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga koʻra Jamgʻarma amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa manbalardan mablagʻlar bilan toʻldirilishi mumkin.
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
11. Jamgʻarma mablagʻlaridan:
banklararo valyuta savdolariga, ularni oʻtkazishning bozor tamoyillariga asoslangan, xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflar negizidagi normalari va reglamentini joriy etishni hisobga olgan holda xizmat koʻrsatishda;
birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar koʻlamlarini kengaytirish va koʻpaytirishda;
valyuta bozorini erkinlashtirish davrida toʻlov balansini va milliy valyutaning almashtirish kursi barqarorligini saqlashda foydalaniladi.
12. Jamgʻarmaning foydalanishga moʻljallangan mablagʻlari banklararo valyuta bozorining savdo sessiyalarida sotiladi.
IV. Jamgʻarmani boshqarish
13. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda “Kengash” deb ataladi) Jamgʻarmaning boshqaruv organi hisoblanadi.
Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va vakolatli banklarning vakolatli vakillari kiradi.
Kengashning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslar boshqa lavozimga oʻtganda ularning oʻrniga yangi tayinlangan shaxslar Kengash tarkibiga kiradi.
14. Kengash quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
banklararo valyuta bozorida xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflar oʻzgarishi va tendensiyalarini tahlil qiladi hamda tahlil asosida tegishli chora-tadbirlar qabul qiladi;
banklararo valyuta bozorida savdolar oʻtkazilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflarni mutanosiblashtirish uchun banklararo savdo sessiyalarida Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Jamgʻarma mablagʻlarining tushishi va sarflanishi prognoz balanslarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamgʻarmani toʻldirish manbalarini qidirib topish va amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Jamgʻarma tushumlari va xarajatlari balanslarining amaldagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Jamgʻarma mablagʻlarining eng kam zaxira qoldigʻi miqdorini belgilaydi;
ishchi organ faoliyatiga rahbarlik qiladi.
15. Jamgʻarmani boshqarish kengashiga rais boshchilik qiladi, raisning bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Jamgʻarmani boshqarish kengashi raisi:
Kengash va uning ishchi organi ishlarini tashkil qiladi;
Kengash majlislariga rahbarlik qiladi;
Kengash majlisida qabul qilingan qarorlarni imzolaydi;
qabul qilingan qarorlarning ijrosini tashkil qiladi.
16. Kengash majlislari zaruratga qarab, lekin har haftada kamida ikki marta oʻtkaziladi. Majlisda Kengash aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda u oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Kengash qarorlari majlislarda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, qarorni qabul qilish yoki rad etish uchun berilgan ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
17. Banklararo valyuta savdolarida Kengash raisi tayinlaydigan diler Kengash nomidan vakillik qiladi. U ayni bir vaqtda Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashining 5 kishidan iborat tarkibdagi ishchi organining rahbari hisoblanadi.
Ishchi organning tuzilmasi va shtat jadvali Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Ishchi organ xodimlari ishga Jamgʻarmani boshqarish kengashining raisi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
18. Quyidagilar Kengash ishchi organining asosiy vazifalari hisoblanadi:
banklararo savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga boʻlgan talab va takliflar tendensiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish va tahlil qilish natijalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;
Jamgʻarmaga valyuta mablagʻlari tushishining har choraklik va yillik prognozlarini ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritish;
Jamgʻarma mablagʻlari hisobini, shu jumladan tushum manbalari boʻyicha yuritish;
Jamgʻarma hisob raqamiga mablagʻlar tushishining belgilangan tartibiga va miqdorlariga rioya qilinishini, shuningdek ularning Kengashning tasdiqlangan qarorlariga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish;
Kengash qaroriga binoan banklararo savdo sessiyalarida qatnashish va Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish;
Kengashga Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish;
Kengash majlislariga materiallar tayyorlash;
Jamgʻarmani boshqarish kengashi qarorlaridan kelib chiqadigan boshqa vazifalar.
19. Jamgʻarma mablagʻlari bilan operatsiyalarni oʻtkazish va rasmiylashtirish ishchi organ, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli boʻlinmalari tomonidan, belgilangan tartibda, Jamgʻarmani boshqarish kengashi qabul qilgan qarorlarga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
20. Kengashning ishchi organi oʻzining joriy faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek vakolatli banklar bilan uzviy hamkorlik qiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.06.00 Chet el valyutasini sotib olish va sotish. Konvertatsiya. Valyuta almashtirish shohobchalari]
Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Valyuta bilan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda birjadan tashqari valyuta bozorida vakolatli banklar va yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha savdolarni amalga oshirish va hisob-kitob qilish tartibini belgilab beradi.
d) lizing shartnomalari boʻyicha lizing toʻlovlarini amalga oshirish (lizing beruvchilar mablagʻlarini qaytarish) uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
e) xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonalariga sarflanadigan xarajatlarni qoplash, xalqaro tashkilotlarga badallar toʻlash va davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan boshqa joriy xarajatlar uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
j) xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boshqa daromadlarini repatriatsiya qilish uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
z) xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun xorijiy valyutani xarid qilish;
i) vakolatli banklar tomonidan banklararo savdo sessiyasida mablagʻlarni xarid qilish va sotish;
3. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalarni amalga oshirish uchun quyidagilar vakolatli banklar valyuta mablagʻlarining asosiy manbalari hisoblanadi:
a) vakolatli banklarning oʻz resurslari, shu jumladan taqsimlanmagan foyda;
b) xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan markazlashtirilmagan eksportdan olingan xorijiy valyutadagi tushumning bir qismini majburiy sotishdan tushgan mablagʻlar;
v) vakolatli banklar tomonidan shartnoma asosida oʻz mijozlaridan sotib olinadigan boʻsh valyuta mablagʻlari;
g) soʻmlarda budjetga toʻlovlar va banklar ssudalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning vakolatli banklarga majburiy sotiladigan valyuta mablagʻlari;
d) vakolatli banklar tomonidan almashtirish shoxobchalari orqali va banklararo bitishuvlar boʻyicha sotib olingan mablagʻlar;
e) vakolatli banklarga joylashtirilgan boshqa jalb qilingan mablagʻlar.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish, Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan almashtirish shoxobchalari orqali xorijiy valyutani xarid qilish va sotish hukumatning tegishli qarorlari va normativ hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
naqd xorijiy valyuta bilan almashtirish shoxobchalari orqali valyuta-almashtirish operatsiyalari.
6. Tijorat banklariga mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq oʻz mijozlarining banklararo valyuta savdolariga valyuta konvertatsiyasiga qoʻyilishi uchun huquq va javobgarlik yuklanadi.
7. Birjadan tashqari valyuta bozorida barcha mijozlar – xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan vakolatli tijorat banklari orqali xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar amalga oshiriladi, savdo-vositachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi subyektlar bundan mustasno.
9. Vakolatli banklarning mijozlari banklararo valyuta bozori bitishuvlarida faqat oʻzlari mijozi hisoblangan vakolatli banklar orqali qatnashishi mumkin. Ushbu holda vakolatli bank bozorda mijozning topshirigʻiga koʻra oʻz nomidan ish koʻradi.
11. Vakolatli banklar markazlashtirilmagan eksportdan tushgan valyuta tushumining bir qismini majburiy sotishdan tushgan mablagʻlarni 3 ish kunidan kech boʻlmagan muddatda banklararo savdo sessiyasiga qoʻyishlari shart.
12. Banklararo valyuta bitishuvlari bir haftada kamida ikki marta oʻtkaziladigan maxsus savdo sessiyalarida, shuningdek elektron diling tizimlar orqali amalga oshiriladi.
13. Savdo qatnashchilari banklararo savdo sessiyasi boshlanishidan bir kun oldin xorijiy valyutani xarid qilish yoki sotishga oldindan buyurtmanomalar berishlari shart.
Bunda qatnashchilarning buyurtmanomalariga bank Boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan xorijiy valyutaning manbalari va ulardan foydalanish maqsadlari toʻgʻrisidagi axborot ilova qilinadi.
14. Banklararo savdo sessiyasi oʻtkazilishi kunidan oldingi kunda soat 14.00 dan kechikmay savdo qatnashchilari oldindan berilgan buyurtmanomalarga muvofiq xorijiy valyutani xarid qilish va sotish uchun yetarli boʻlgan miqdordagi soʻmda va xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus hisob raqamlariga depozitga qoʻyishlari shart.
Banklararo savdo sessiyasi oʻtkaziladigan kundan oldingi kunda soat 15.00 gacha Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashi ishchi organiga savdo qatnashchilaridan oldindan tushgan buyurtmanomalar va soʻm bilan qoplash uchun mablagʻ mavjudligi boʻyicha axborot beriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan shartlarni bajarmagan savdo qatnashchilari banklararo savdo sessiyasida qatnashishga qoʻyilmaydi.
15. Soʻmga nisbatan xorijiy valyutaning boshlangʻich kursi sifatida oldingi banklararo savdo sessiyasida qayd qilingan kursdan foydalaniladi. Savdolar boshlangungacha savdo tizimi barcha dilyerlarga koʻrsatib oʻtilgan kursga muvofiq boʻlgan xorijiy valyutani xarid qilish va sotishga tushgan buyurtmanomalar summasi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Agar savdoning boshlanishida xorijiy valyutani taklif etishning umumiy miqdori unga boʻlgan talabning umumiy miqdoridan ortiq boʻlsa, birja makleri xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini pasaytiradi. Agar xorijiy valyutani taklif etishning umumiy miqdori unga boʻlgan talabning umumiy miqdoridan kam boʻlsa, birja makleri xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini oshiradi.
16. Xorijiy valyutaning soʻmga nisbatan kursini oʻzgartirishning eng kam birligi — 0,01 soʻm. Kursning navbatdagi oʻzgarishi dilyerlar savdo tizimiga birja makleri tomonidan oxirgi marta eʼlon qilingan kurs boʻyicha xorijiy valyutani xarid qilish yoki sotishga tushgan qoʻshimcha buyurtmanomalarni kiritganlaridan keyin amalga oshiriladi. Talab va taklif oʻrtasidagi tafovutdan kelib chiqqan holda birja makleri, savdo qatnashchilarining roziligi bilan kurs oʻzgarishi birligini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
Sotish yoki xarid qilishga navbatdagi qoʻshimcha buyurtmanoma tushgan taqdirda talab va taklif oʻrtasidagi tafovut belgisi oʻzgargan taqdirda eng oxirida berilgan buyurtmanoma fiksingni belgilash uchun zarur boʻlgan hajmda qoldiriladi.
17. Joriy savdolar uchun xorijiy valyutaning milliy valyuta – “soʻm”ga nisbatan qayd etilgan kursi xorijiy valyutaga talab va taklif mutanosibligiga erishilganidan keyin belgilanadi.
Bunda birja makleri fiksing sodir etilganligini va savdo sessiyasi yakunlanganligini eʼlon qiladi.
18. Savdo davomida tuzilgan barcha bitishuvlar uchun fiksing boʻyicha belgilangan xorijiy valyutaning milliy valyuta – “soʻm”ga nisbatan yagona kursi qoʻllaniladi.
19. Eng oxirgi banklararo savdo sessiyasida qayd etilgan erkin almashtirish kursidan, talab va taklifdan kelib chiqqan holda keyinchalik vakolatli banklar va ularning mijozlari oʻrtasida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishda foydalaniladi.
20. Savdo davomida soʻmning xorijiy valyutaga nisbatan kursining cheklangan oʻzgarishi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Savdolar davomida soʻmning xorijiy valyutaga nisbatan kursining cheklangan oʻzgarishining belgilangan miqdoriga erishilgan taqdirda birja makleri bu haqda savdo qatnashchilariga maʼlum qiladi, texnik tanaffus eʼlon qiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vujudga kelgan vaziyat toʻgʻrisida axborot beradi.
Oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursning cheklangan oʻzgarishining yangi miqdorini belgilagan holda savdoni tiklash, yoxud savdoni boʻlmagan deb hisoblab uning natijalarini bekor qilish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi.
21. Savdo boʻlmagan deb eʼlon qilingan taqdirda kurs va savdo natijalari qayd etilmaydi. Banklararo savdo sessiyalari qatnashchilari va tashkilotchilari mazkur savdolar boʻyicha oʻzaro talablar va majburiyatlardan erkin hisoblanadilar.
III. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari bilan banklararo savdo sessiyasida operatsiyalar oʻtkazish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining banklararo savdo sessiyalaridagi barcha operatsiyalari faqat Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasining mablagʻlarini xarid qilish va sotish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
24. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki banklararo savdo sessiyalarida talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadigan erkin kurs boʻyicha belgilangan tartibda:
mijozlarning vakolatli banklar tomonidan jalb qilingan sotuvga qoʻyiladigan boʻsh valyuta mablagʻlarining bir qismini;
valyuta tushumining 50 foizini majburiy sotishdan tushgan valyuta mablagʻlarining talab qilinmagan qismini sotib oladi.
25. Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
banklararo valyuta savdolarini oʻtkazishning xorijiy valyutaga talab va taklif negizidagi bozor prinsiplariga asoslangan yangi normalari va ularni oʻtkazish tartibini joriy etishni hisobga olgan holda banklararo valyuta savdolariga xizmat koʻrsatish;
birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar koʻlamini kengaytirish va koʻpaytirish;
valyuta bozori erkinlashtirilishi davrida toʻlov balansini va xorijiy valyutani almashtirish kursi barqarorligini saqlash.
26. Banklararo savdolarda Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari bilan operatsiyalar oʻtkazish va ularni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Birlashgan barqarorlashtirish jamgʻarmasini boshqarish kengashining qabul qilingan qarorlariga qatʼiy muvofiq holda amalga oshiriladi.
IV. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birjadan tashqari valyuta bozorida qatnashishi
27. Birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar oʻtkazish uchun kafolatli banklar oʻz mijozlariga maxsus valyuta hisob raqamlari ochadilar, ushbu hisob raqamlariga valyuta bozorida sotib olingan xorijiy valyuta oʻtkaziladi. Maxsus valyuta hisob raqami ochmasdan bank mijozi tomonidan xorijiy valyuta xarid qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maxsus valyuta hisob raqamiga, shuningdek mazkur hisob raqamidan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan yoki qaytarilgan valyuta ham oʻtkaziladi.
Maxsus valyuta hisob raqamidagi mablagʻlardan qatʼiy ravishda mijozning buyurtmanomasida nazarda tutilgan xorijiy valyutani xarid qilish maqsadlarida foydalaniladi.
Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
maxsus hisob raqamidan naqd valyutani olish, xizmat safari xarajatlari toʻlash uchun olish bundan mustasno;
maxsus valyuta hisob raqamidan xorijiy valyutani xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boshqa valyuta hisob raqamlariga oʻtkazish, shuningdek mablagʻlarni depozitga joylashtirish va hisob raqamlari qoldigʻiga foizlar hisoblash.
28. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan valyuta xarid qilish faqat ularning milliy valyutadagi oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Xorijiy valyutani qarz olingan resurslar hisobiga sotib olish qatʼiyan taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab kamida 6 oy mobaynida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish huquqiga ega boʻladilar.
29. Quyidagilar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutani xarid qilish boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishning majburiy shartlari hisoblanadi:
vakolatli banklarda xorijiy valyutani xarid qilish uchun yetarli miqdorda milliy valyutada oʻz pul mablagʻlari zaxirasi mavjudligi;
bank mijozlarining hisob raqamlarida majburiyatdan erkin boʻlgan xorijiy valyutadagi mablagʻlar yoʻqligi;
bank mijozlarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar boʻyicha qarzlari, mahsulot yetkazib beruvchilarga va bank ssudalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari yoʻqligi, shuningdek amalga oshirilgan eksport va import boʻyicha avans toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan valyutadagi debitorlik qarzlari yoʻqligi.
30. Budjet tashkilotlari xorijiy valyutani xarid qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki mahalliy moliya organlari tomonidan tasdiqlangan mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishi koʻrsatilgan holda tegishli yilga davlat budjetining tasdiqlangan parametrlarida foydalanish nazarda tutilgan pul mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻyiladilar.
g) mablagʻlarning chet elga oʻtkazilishi huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yukka oid bojxona hujjatlari, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomalari va boshqalar).
Valyutani xarid qilish maqsadiga bogʻliq ravishda mijozlar, shuningdek vakolatli banklarga buyurtmanomalarning asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
32. Asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar va xizmatlar import qilinganda vakolatli bankka qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
mahsulotning kelib chiqishi, sifati yoki muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli organlar tomonidan berilgan sertifikat nusxalari yoki ular berilishi toʻgʻrisida mahsulot yetkazib beruvchilarning kafolat xatlari;
buyurtmanomada koʻrsatilgan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallarga ehtiyojni tasdiqlovchi maʼlumotlar.
33. Xorijiy valyutadagi kreditlarga, shu jumladan lizing bitimlari boʻyicha kreditlarga xizmat koʻrsatishda vakolatli banka qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
asosiy summani va foiz toʻlovlarini qaytarish jadvali (bank oʻtkazmalarini sodir etishning nazarda tutilgan va amaldagi sanalari koʻrsatilgan holda);
olingan yoki hukumat tomonidan kafolatlangan shartnomalar boʻyicha – hukumatlararo bitim nusxasi, Vazirlar Mahkamasining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan kafolatnoma;
kafolatlanmagan shartnomalar boʻyicha – kredit bitimining Markaziy bankda roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma.
34. Xorijiy investorlarning foydasi, dividendlari va boshqa daromadlari repatriatsiya qilinganda vakolatli bankka qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:
foyda taqsimlanganligi (aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori) va dividendlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
auditorlik firmasi yoki soliq organining xulosasi nusxasi;
konvertatsiyaga mablagʻlar hisob-kitobi;
dividendlar boʻyicha daromadga soliq boʻyicha soliq organlari tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob va ushbu soliq toʻlanganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma.
35. Markaziy bank litsenziyalari egalari boʻlgan korxonalarga soʻmdagi mablagʻlarni konvertatsiya qilishga buyurtmanomalar berish va ularni koʻrib chiqish tartibi Pul-kredit siyosati boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Markaziy bankning litsenziyalari egalari boʻlgan korxonalarga birjadan tashqari valyuta bozorida soʻmlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Tijorat banki bank mijozlari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birjadan tashqari valyuta bozoriga soʻmlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga qoʻyilishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
Mijozlarning soʻmlarni konvertatsiya qilish boʻyicha buyurtmanomalarini koʻrib chiqish uchun vakolatli banklarda ekspert guruhlar tashkil etiladi.
Ekspert guruh aʼzolari tarkibi va uning rahbari bank Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
37. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotish buyurtmanomalarini qabul qilishda vakolatli banklar:
ularni maxsus daftarlarda qayd etadi;
mijozlar taqdim etgan hujjatlarni va ularning hisob raqamlarida zarur boʻlgan oʻz pul mablagʻlarining mavjudligini tekshiradi;
isteʼmol tovarlarini import qiluvchi korxonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasining mavjudligini tekshiradi.
Taqdim etilgan hujjatlar vakolatli banklar ekspertlari tomonidan bir hafta muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Berilgan buyurtmanomaning belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanganda ekspert guruh rahbarining qaroriga koʻra buyurtmanoma mijozga qayta ishlashga joʻnatiladi yoki rad etiladi hamda bu toʻgʻrida buyurtmanomalarni roʻyxatga olish daftariga tegishli qayd kiritiladi.
38. Taqdim etilgan hujjatlar belgilangan talablarga javob bergan hollarda ekspert guruh aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlaydigan shakl boʻyicha vakolatli bankning ekspert xulosasi tayyorlanadi.
Bank mijozi tomonidan taqdim etilgan xorijiy valyutani xarid qilish toʻgʻrisidagi buyurtmanoma vakolatli bankning ekspert xulosasi olingan vaqtdan eʼtiboran bir oy mobaynida amal qiladi.
39. Vakolatli banklarning ekspert xulosalarini berish toʻgʻrisidagi qarorlar vakolatli bank ekspert guruhining bank Boshqaruvi tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin kamida haftasiga ikki marta oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qabul qilinadi.
Ekspert xulosalarini qabul qilish, qayta ishlash uchun qaytarish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ekspert guruh yigʻilishining ekspert guruh barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan bayonnomasida qayd etiladi.
Ekspert guruh ijobiy qaror qabul qilgan buyurtmanomalar boʻyicha ekspert xulosalar vakolatli bank boshqaruvining raisi tomonidan tasdiqlanadi.
40. Xorijiy valyutani xarid qilish va sotishga doir operatsiyalar vakolatli bank va mazkur bankning mijozi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻrtasida tuziladigan, bankning vakolatli shaxslari, xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari tomonidan ikki nusxada imzolanadigan va tomonlarning muhri bilan tasdiqlanadigan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
41. Shartnomada tomonlar valyuta nomini, bitishuv xususiyatini, xorijiy valyutadagi summani, hisob-kitob qilish tartibi, tomonlarning majburiyatlari, shuningdek amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalarni aks ettiradilar. Tuzilayotgan shartnomalar vakolatli banklar tomonidan maxsus jurnallarda roʻyxatga olib boriladi.
42. Amalga oshirilgan bitishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar ikki ish kuni mobaynida oʻtkaziladi.
Agar belgilangan muddat ichida hisob-kitoblar tugallanmagan boʻlsa, bitishuv bekor qilinadi.
43. Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar oxirgi banklararo savdo sessiyasida xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin kurs boʻyicha amalga oshiriladi.
44. Maxsus valyuta hisob raqamlariga qoʻshib qoʻyilgan mablagʻlar korxonalar va tashkilotlar tomonidan qatʼiyan maqsadli ravishda tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarflanadi.
45. Bank mijozi tomonidan xarid qilinib, mijozning maxsus valyuta raqamiga qoʻshib qoʻyilgan vaqtdan eʼtiboran 7 ish kuni mobaynida foydalanilmagan xorijiy valyuta, muqarrar ravishda vakolatli bankka qayta sotiladi hamda navbatdagi banklararo savdo sessiyasida sotuvga qoʻyiladi.
Ilgari maxsus valyuta hisob raqamidan koʻchirilgan va foydalanilmaganligi yoki qaytarilmaganligi sababli mazkur hisob raqamiga qaytib tushgan valyuta ham qayta sotilishi shart.
46. Oʻtkazilgan operatsiyalar uchun vakolatli banklar xarid qilingan yoki sotilgan xorijiy valyuta summasining koʻpi bilan 2 foizidan oshmagan miqdorda vositachilik mukofoti olish huquqiga ega.
48. Vakolatli banklar korxonalarning konvertatsiyaga buyurtmanomalar berishining toʻgʻriligi, xarid qilingan xorijiy valyutadan oʻz vaqtida va maqsadli foydalanilishi, valyutani tartibga solish va valyuta nazoratiga doir boshqa qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
49. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi boʻlinmalari tomonidan mazkur Nizomga muvofiq konvertatsiya qilinadigan summalarni belgilashning toʻgʻriligi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazib turiladi.
Ortiqcha konvertatsiya qilingan summalar aniqlanganda soliq organlarining koʻrsatmasi bilan ortiqcha konvertatsiya qilingan xorijiy valyuta vakolatli banklar tomonidan korxonalarning hisob raqamlaridan koʻchiriladi hamda mazkur summalar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob raqamlariga qoʻshib qoʻyiladi.
50. Mijozlarning operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati agenti funksiyalarini bajarmaslik va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibga rioya etmaslik vakolatli banklar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni vaqtinchalik, 6 oy muddatgacha, ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta xarid qilish huquqidan mahrum etish, yoki vakolatli bankning xorijiy valyutadagi operatsiyalarni oʻtkazish huquqini beruvchi litsenziyasining olib qoʻyilishi uchun asos boʻlishi mumkin.
51. Vakolatli banklar birjadan tashqari valyuta bozorida oʻtkazilayotgan operatsiyalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan shakl va muddatlarda axborot taqdim etadi.