toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qishloq xo‘jaligining texnik jihozlanish darajasini yanada oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Respublika qishloq xo‘jaligining asosiy texnika turlari bilan, birinchi galda, yer haydash, ekin ekish va hosilni yig‘ib-terib olish kabi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini belgilab beruvchi asosiy agrotexnika ishlari bo‘yicha ta’minlanish darajasining hozirgi holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib berishni moliyalashtirishni tashkillashtirish masalalarini tanqidiy tahlil qilish bir qator hal etilmagan muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi:
birinchidan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi texnikasining umumiy parkida jami 146,3 mingta texnikadan 56,2 mingtasi 15 yildan ko‘proq vaqtdan buyon ishlatib kelinmoqda va bosqichma-bosqich yangilanishni taqozo etmoqda;
ikkinchidan, mashina-traktor parklarining moliyaviy-iqtisodiy holati amaldagi stavkalar bo‘yicha tijorat kreditlarini jalb etgan holda yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish imkonini bermaydi;
uchinchidan, mashina-traktor parklari tomonidan ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini to‘lash tariflari darajasi paxta va g‘alla xarid narxlarining umumiy hajmida hosildorligi past xo‘jaliklarning chiqimlarini qoplamaydi;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligiga jalb etilgan korxonalar va tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash jarayonlarini rag‘batlantirishning amaldagi mexanizmlari bugungi kun talablariga mos kelmaydi;
beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari mintaqaning qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlanishi, shuningdek, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning holati uchun yetarli darajada javobgar bo‘lmasdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3281-sonli qaroriga muvofiq hamda bahorgi agrotexnika ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda 2018-yilda bahorgi agrotexnika ishlarini o‘tkazish uchun zamonaviy haydov va chopiq traktorlari, g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari, pluglar, seyalkalar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasini jami 5 778 ta, shu jumladan, 758 ta haydov traktori, 1 500 ta chopiq traktori, 330 ta bog‘dorchilikka mo‘ljallangan traktor, 2 790 ta osma va tirkama qishloq xo‘jaligi texnikasi, shuningdek, boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olish boshlanishigacha — 400 ta g‘alla o‘rib-yig‘ib olish kombaynlari yetkazib berishga bo‘lgan birinchi navbatdagi talab-ehtiyoj belgilandi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi maqsadli parametrlar:
birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi texnikasini hududlar bo‘yicha 2018-yilning I yarmida yetkazib berish 1-ilovaga muvofiq;
qishloq xo‘jaligi texnikasini 2018-yilning 15-apreliga qadar (yirik blokli yig‘ish) yetkazib berish 2-ilovaga muvofiq;
mamlakatimiz tashkilotlari tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini sanoat ko‘lamida ishlab chiqarish 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, yuqorida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish “Agrobank” ATB kreditlari, fermer xo‘jaliklari va mashina-traktor parklarining o‘z mablag‘lari, shuningdek, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va “O‘zagroservis” AJ tomonidan mashina-traktor parklariga taqdim etiladigan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
5. “Agrobank” ATBga fermer xo‘jaliklari va “O‘zagroservis” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklariga “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ta’minlanishi (ishonch xati, mol-mulkni garovga qo‘yish) hisobiga yillik 5 foizli stavka bo‘yicha 10 yil muddatga kreditlar berish tavsiya qilinsin.
7. “Agrobank” ATB va “O‘zagroservis” AJ olingan mablag‘lar hisobiga 2018-yilning 20-yanvaridan kechiktirmay “O‘zagrotexmash” AJ tashkilotlariga mazkur qaror bilan ishlab chiqarish va yetkazib berish belgilangan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining kamida 70 foizi miqdorida, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni tezkor tashkillashtirish, shu jumladan, zarur qismlar va materiallarni import bo‘yicha sotib olish uchun avans (bo‘nak) bera boshlasin.
8. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tarkibiga kiruvchi mashina-traktor parklarining budjetga va maqsadli davlat jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2018-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan holati bo‘yicha qarzlarni to‘lash muddatini 2 yilga kechiktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining davlat xaridini maqsadli moliyalashtirish va qishloq xo‘jaligini texnika bilan jihozlash jamg‘armasi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
“Agrobank” ATB va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda mashina-traktor parklariga ular tomonidan ko‘rsatilayotgan mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar uchun kelib tushayotgan pul mablag‘larini qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olishga ajratilgan kreditlar va qarzlar uchun hisob-kitob qilishga maqsadli yo‘naltirish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
g‘alla, paxta va sholining xarid narxlarini shakllantirishda mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar haqini to‘lash tariflari miqdorini qayta ko‘rib chiqsin.
10. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ:
a) “O‘zagrotexmash” AJ bilan birgalikda:
ushbu qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi o‘z vaqtida ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishini;
mazkur qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligiga yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zagroservis” AJ bilan birgalikda — qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish uchun taqdim etilgan kreditlar va qarzlar o‘z vaqtida qaytarilishini;
v) “O‘zagroservis” AJ bilan birgalikda — sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini, shuningdek, kreditlar va qarzlar hududiy tashkilotlarning bank hisobvaraqlari orqali qaytarilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “Agrobank” ATB boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni tahlil qilish asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash orqali qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalashni rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
mamlakatimizda ishlab chiqariladigan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olayotgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va mashina-traktor parklarini, shuningdek, paxtachilikka ixtisoslashtirilgan to‘qimachilik klasterlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;
qishloq xo‘jaligida mexanizatsiyalashtirilgan va servis xizmatlari ko‘rsatish sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi moliyaviy o‘zaro munosabatlarning yangi zamonaviy tizimini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PQ-3751-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2018-y., 07/18/3751/1284-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazsin hamda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ, “O‘zagroservis” AJ va “Agrobank” ATBning ilgari chiqarilgan emissiyasiga o‘zgartirishlar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 4-yanvar,
PQ-3459-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
1-ILOVA
Birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi texnikasini hududlar bo‘yicha 2018-yilning I yarmida yetkazib berishning
MAQSADLI PARAMETRLARI
dona

T/r

Qishloq xo‘jaligi texnikasi nomi

Jami, dona

shu jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Andijon
viloyati

Buxoro
viloyati

Jizzax
viloyati

Qashqadaryo viloyati

Navoiy
viloyati

Namangan viloyati

Samarqand viloyat

Surxondaryo viloyati

Sirdaryo
viloyati

Toshkent
viloyati

Farg‘ona
viloyati

Xorazm
viloyati

1.

213 ot kuchi quvvatiga ega T-7060 traktorlari

70

2

5

9

5

6

7

5

3

9

5

10

3

1

2.

155-175 ot kuchi quvvatiga ega “Djon Diir” traktorlari

100

4

7

13

10

10

3

10

7

8

10

10

7

1

3.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Arion-630S” traktorlari

88

6

5

8

7

9

4

7

7

9

7

8

8

3

4.

140 ot kuchi quvvatiga ega T-6070 traktorlari

350

18

32

18

34

42

14

42

18

28

34

32

24

14

5.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Belarus 1523” traktorlari

150

6

9

15

12

15

7

12

12

15

12

15

15

5

6.

110 ot kuchi quvvatiga ega TD-5.110 traktorlari

400

30

32

30

32

34

22

32

30

32

34

32

32

28

7.

100 ot kuchigacha quvvatga ega paxtachilik traktorlari

1 100

50

45

45

200

45

40

140

40

75

150

80

140

50

8.

50 ot kuchigacha quvvatga ega “Djon Diir” bog‘dorchilik traktorlari

200

14

14

16

14

16

10

20

20

12

10

20

20

14

9.

62 ot kuchigacha quvvatga ega bog‘dorchilik traktorlari

130

10

10

12

10

8

6

12

12

8

8

12

12

10

Jami traktorlar:

2 588

140

159

166

324

185

113

280

149

196

270

219

261

126

10.

CASE g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

200

5

17

22

22

22

6

20

22

22

8

15

15

4

11.

“Vektor” g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

100

5

2

20

2

10

12

15

15

15

4

12.

“Dominator 130” g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

100

10

6

2

15

8

4

10

14

5

6

6

10

4

Jami kombaynlar:

400

20

25

24

57

32

10

40

48

42

29

36

25

12

13.

Ag‘darma pluglar

750

35

50

50

60

100

45

65

45

55

60

85

70

30

14.

Aniq ekish seyalkalari

200

5

15

15

15

10

10

10

15

15

40

30

13

7

15.

Chigit seyalkalari

600

30

55

65

65

30

50

25

60

60

60

60

40

16.

Paxta purkagichlari

600

40

40

40

80

45

40

40

45

40

60

40

50

40

17.

G‘uza kultivatorlari

600

40

40

40

80

45

40

40

45

40

60

40

50

40

18.

Lazerli yer tekislagichlar

40

3

3

3

3

3

3

3

3

3

4

3

3

3

Jami osma

va tirkama texnika:

2 790

153

203

148

303

268

168

208

178

213

284

258

246

160

Jami:

5 778

313

387

338

684

485

291

528

375

451

583

513

532

298

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
2-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi texnikasini 2018-yilning 15-apreliga qadar (yirik blokli yig‘ish) yetkazib berishning
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Qishloq xo‘jaligi texnikasi nomi

Miqdori

1.

155-175 ot kuchi quvvatiga ega “Djon Diirtraktorlari

100

2.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Arion-630Straktorlari

88

3.

150 ot kuchi quvvatiga ega “Belarus 1523 traktorlari

150

4.

50 ot kuchigacha quvvatga ega “Djon Diir” bog‘dorchilik traktorlari

200

5.

Ag‘darma pluglar

400

Jami:

938

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-yanvardagi PQ-3459-son qaroriga
3-ILOVA
Mamlakatimiz korxonalari tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini sanoat ko‘lamida ishlab chiqarishning
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Qishloq xo‘jaligi texnikasi nomi

Miqdori

1.

213 ot kuchi quvvatiga ega T-7060 traktorlari

70

2.

140 ot kuchi quvvatiga ega T-6070 traktorlari

350

3.

110 ot kuchi quvvatiga ega TD-5.110 traktorlari

400

4.

100 ot kuchigacha quvvatga ega paxtachilik traktorlari

1 100

5.

62 ot kuchigacha quvvatga ega bog‘dorchilik traktorlari

130

Jami traktorlar:

2 050

6.

CASE g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

200

7.

Vektor” g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

100

8.

Dominator 130 g‘alla o‘rib-yig‘ish kombaynlari

100

Jami kombaynlar:

400

9.

Ag‘darma pluglar

350

10.

Aniq ekish seyalkalari

200

11.

Chigit seyalkalari

600

12.

Paxta purkagichlari

600

13.

G‘o‘za kultivatorlari

600

14.

Lazerli yer tekislagichlar

40

Jami osma va tirkama texnika:

2 390

Jami:

4 840

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2018-y., 07/18/3459/0505-son, 30.05.2018-y., 07/18/3751/1284-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)