1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio shahri (Yaponiya)da boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-sonli qaroriga muvofiq hamda YUNESKOning Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini qoʻllash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligini (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Agentlik faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
sportda doping qoʻllanishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, Butunjahon antidoping kodeksi, xalqaro antidoping standartlariga asoslangan milliy antidoping qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, ularga rioya etilishini taʼminlash;
antidoping nazoratining samarali tizimini, sportda farmakologik taʼsir koʻrsatuvchi dori vositalari va boshqa moddalar qoʻllanishini nazorat qilish dasturlari va uslublari, shuningdek, sportchilar va sport tashkilotlari uchun intizomiy reglamentni ishlab chiqish va joriy etish;
tadqiqotlar (doping-testlar) va doping nazoratining boshqa elementlarini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasida Butunjahon dopingga qarshi agentligining respublika sportchilari haqida maʼlumotlarni toʻplash va saqlash uchun moʻljallangan antidoping maʼmuriyatchiligi va menejment (ADAMS tizimi) boʻyicha onlayn tizimini qoʻllash;
antidoping nazorati sohasida ilgʻor uslublar va texnologiyalar bilan almashish hamda ularni mamlakatimizda joriy qilish uchun yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash;
sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga koʻmaklashish, ularga sportda doping qoʻllanishining oldini olish va antidoping nazoratini amalga oshirish borasida uslubiy yordam koʻrsatish, taʼlim dasturlarini amalga oshirish, sogʻlom va halol sportni targʻib qilish;
davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning antidoping nazorati sohasida oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish.
oʻz faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beruvchi davlat organi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik bosh direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Agentlikni begʻaraz foydalanish huquqi asosida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Olmazor koʻchasi, 6-uyda joylashtirish boʻyicha taklifi maʼqullansin.
6. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi nizomini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining “Milliy antidoping xizmati”ni tugatish hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tizimida “Sport psixologiyasi boʻlimi” tashkil etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin;
Agentlikka 1 ta avtotransport vositasini xarid qilish va uni saqlash uchun limit ajratsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Agentlik buyurtmanomalari boʻyicha Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatishi uchun jalb etiladigan chet ellik mutaxassislarga koʻp martalik vizalar belgilangan tartibda berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularni davlat bojlari undirilmasdan vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiska muddatining uzaytirilishini taʼminlasin.
11. Agentlikka biologik namunalarni toʻplash uchun maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni xarid qilish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri import shartnomalari, shuningdek, tadqiqotlar (doping-testlar) oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini tender savdolari oʻtkazmasdan tuzish huquqi berilsin.
12. Agentlik tomonidan sportchilarning biologik namunalarini toʻplash uchun respublikaga olib kelinadigan maxsus moslamalar va boshqa tovarlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2-ilovaga muvofiq kiritilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari K.V. Akmalov va Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi R.J. Qurbonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-sonli qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli qarori:
“Belgilansinki, Sport tibbiyoti markazi sportchilarning — mamlakat terma jamoalari aʼzolarini musobaqalarga tibbiy-biologik va tibbiy-psixologik tayyorgarligini taʼminlovchi bosh tibbiyot muassasasi hisoblanadi.”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-sonli qarorining 9-ilovasidagi “Mutasaddi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” boʻlimi qoʻshimcha 91 bandi bilan quyidagi mazmunda toʻldirilsin:
“91. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi”.