toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli “Maktabgacha va maktab taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorlari ijrosini taʼminlash hamda maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshici Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda A. Avloniy nomidagi xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda hududiy markazlar xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishini nazarda tutuvchi mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Bunda bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan oʻtishi boʻyicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida oʻqishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan oliy, noyuridik maʼlumotga ega boʻlgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlashdan oʻtish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha professional oʻqitish markazida tashkil etiladigan kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yoʻnaltiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son)
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda hududiy markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan oʻtkazsin va xatlov natijalariga asosan hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha asoslangan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligiga taqdim qilsin.
Xatlov natijalariga koʻra, hududiy markazlarning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari buyurtmachi etib belgilansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda asoslangan takliflar va hisob-kitoblarga muvofiq 2018-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi va Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda hududiy markazlar binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-avgustdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 8-son, 88-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov, xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov va maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-dekabr,
1026-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni (texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar va professor-oʻqituvchilardan tashqari) — 30 nafar.
* Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining kafedralari soni hamda ularda faoliyat yuritadigan professor-oʻqituvchilarning shtat birliklari qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kontingentidan kelib chiqib belgilanadi.
** Texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlar soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlar asosida belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga
3-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish toʻgʻrisida
nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
1-bob.Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat hamda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha lavozimlar va mutaxassisliklar nomenklaturasi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan shakllantiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
3. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi (keyingi oʻrinlarda hududiy markaz deb ataladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan oʻtadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
4. Xorijiy mamlakatlarda taʼlim muassasalarini tamomlagan pedagog xodimlar qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida oʻqishga bazaviy maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjati nostrifikatsiyadan oʻtgandan keyin qoʻyiladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
buyurtma — davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslaridan oʻtishning 5 yilda kamida bir marta etib belgilangan davriyligiga muvofiq keyingi kalendar yil uchun oylar va oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha shakllantirilgan tinglovchilarning kontingenti;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, tizimida maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat taʼlim tashkilotlari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
buyurtmanoma — buyurtmachi tomonidan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursiga qabul qilish uchun Hududiy markazga taqdim etiladigan va ushbu Nizomda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan pedagog xodimlar roʻyxati;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kursi — yangi kasbiy bilimlar, mahorat, zamonaviy koʻnikmalar hamda pedagogik faoliyatni yuritish uchun malaka talablariga muvofiq oʻquv-taʼlim jarayoniga talab qilinadigan sifatni taʼminlaydigan darajada vakolatlarni nazarda tutadigan oʻqitish shakli;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
malaka talablari — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar;
pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
pedagogning elektron portfoliosi — pedagogning shaxsiy yutuqlari, malaka darajasi va ilmiy-metodik ishlari qayd etilgan elektron toʻplam. Pedagog xodimning bilimi, kasbiy mahorati hamda oʻz ustida mustaqil ishlashi — uzluksiz malaka oshirish natijalarini baholashga koʻmaklashadi va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi;
tinglovchi — hududiy markaz direktori buyrugʻi bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga qabul qilingan pedagog xodim;
tyutor (pedagog oʻqituvchi-konsultant) — masofaviy malaka oshirish taʼlim jarayonida tegishli oʻquv moduli boʻyicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi, metodik yordam koʻrsatuvchi, oʻqish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi subyekt;
yakuniy nazorat — yakuniy test sinovlari va bitiruv malakaviy (kursni tugatish) ishining himoyasi natijalari hamda pedagogning elektron portfoliosiga qoʻyilgan baholar yigʻindisi.
2-bob. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning maqsad va vazifalari
6. Oʻquv-tarbiya jarayonini malakaviy talablarga muvofiq yuqori ilmiy-metodik darajada taʼminlash, ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, oʻqitishning interaktiv usullari boʻyicha kasbiy va pedagogik mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilim va koʻnikmalarni muntazam ravishda yangilab borish, oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishning yangi tamoyillari va zamonaviy usullari, malaka talablari, normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirib borish — pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining (keyingi oʻrinlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb ataladi) maqsadi hisoblanadi.
7. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari:
pedagog xodimlarning kasbiy bilimi, koʻnikmasi va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq taʼlim sifatini taʼminlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish;
mustaqil fikrlash koʻnikmalarini singdirish, pedagogik nufuz va kompetentlikni rivojlantirish;
oʻz pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish koʻnikmalarini shakllantirish;
ilmiy-pedagogik ijodkorlik metodologiyasi hamda pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarni singdirish;
oʻquv-tarbiyaviy va maʼnaviy-axloqiy ishlarni amalga oshirishda ilgʻor taʼlim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish koʻnikmalarini mustahkamlash;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarni olib borish koʻnikmalarini shakllantirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining toʻgʻridan-toʻgʻri shakllarini amaliyotga joriy etish;
pedagog xodimlar tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillarni oʻzlashtirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish;
oliy taʼlim muassasalari kafedralarining maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
(7-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
3-bob. Pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasi
8. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash);
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Buyurtmachi;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda vazirlik deb ataladi):
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga umumiy rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
buyurtma asosida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarini Davlat budjetidan moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taklif kiritadi;
keyingi kalendar yili uchun Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan malaka oshirish kurslarini, oylar, malaka oshirish shakllari va oʻqish yoʻnalishlari boʻyicha buyurtmani shakllantiradi va tasdiqlaydi;
hududiy markazlar tomonidan buyurtma bajarilishi yuzasidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv jarayonini takomillashtirish mexanizmlari va uslublarini belgilaydi, tegishli oʻquv-meʼyoriy va normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaydi;
hududiy markazlarning axborot-resurs markazi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini koʻradi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari bitiruvchilarining tayyorgarligi va kompetensiyasiga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlaydi.
10. Muvofiqlashtiruvchi kengash:
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv-metodik bazasini shakllantirishni muvofiqlashtiradi va tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni hisobga olgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv reja va dasturlarini tizimli ravishda takomillashtirishni taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarining ilmiy muammolariga yoʻnaltirilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
hududiy markazlarda dars beradigan professor-oʻqituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini uzluksiz rivojlantirib borish, oʻquv jarayoniga xorijiy mutaxassislar, olimlar va oʻqituvchilarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
hududiy markazlar faoliyati natijadorligini muntazam oʻrganib boradi va oʻrganish natijalari yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha hududiy markazlar rahbarlarining hisobotlari muhokamasini tashkil etadi, muhokama natijalari yuzasidan hududiy markazlar rahbarlari faoliyatiga baho beradi.
11. Buyurtmachi:
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari faoliyatining tizimli tahlilini amalga oshiradi va elektron maʼlumotlar bazasiga kiritib boradi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
malaka oshirish davriyligiga amal qilgan holda pedagog xodimning egallab turgan lavozimiga qarab keyingi kalendar yili uchun tinglovchilar kontingentini vazirlikka taqdim etadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv reja, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlashda, oʻquv kurslarning davomiyligi hamda tashkil etish shakllari boʻyicha vazirlikka takliflar kiritadi;
mehnat bozorning talablaridan kelib chiqqan xolda yangi mutaxassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yuzasidan vazirlikka takliflar kiritadi.
12. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
pedagog xodimlarning kasbiy bilimi va malakasini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qiladi;
taʼlim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻqitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha namunaviy oʻquv reja, dastur, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqadi;
taʼlimning ilgʻor shakl va usullari, zamonaviy taʼlim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida pedagog va boshqa mutaxassis xodimlarning kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini oshirish choralarini koʻradi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy tajribalarni, shuningdek, eng yaxshi taʼlim muassasalarining yutuqlarini ommalashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
14. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari:
maktabgacha taʼlim xodimlarining metodik ehtiyojlarini toʻlaqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilgʻor shakl va usullarini joriy etadi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
maktabgacha taʼlim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarni olib borish koʻnikmalarini rivojlantiradi;
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
masofadan oʻqitish usullari asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli oʻquv-metodik resurslarini ishlab chiqadi, kurslardagi oʻquv mashgʻulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtiradi;
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
tegishli yoʻnalishlar boʻyicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etadi hamda ular boʻyicha zamonaviy metodik, axborot-maʼlumotnoma bazasini yaratadi;
buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda maktabgacha taʼlim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib boradi;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
oʻquv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan oʻzaro samarali hamkorligini taʼminlaydi, maktabgacha taʼlim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashgʻulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan taʼlim muassasalarida tashkil etadi;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni, masofadan oʻqitishni, mustaqil taʼlim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni taʼlim tizimiga joriy etadi.
4-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning turlari va shakllari
15. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish toʻgʻridan-toʻgʻri (taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish) va bilvosita (taʼlim dasturlarisiz oʻqitish) shakllari boʻyicha tashkil etiladi.
16. Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning quyidagi toʻgʻridan-toʻgʻri malaka oshirish shakllari qoʻllaniladi:
malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqitish;
“ustoz-shogird” usuli boʻyicha oʻqitish;
mustaqil oʻqib bilim orttirish;
masofaviy taʼlim;
stajirovka shaklida tajriba orttirish.
17. Malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqitish — hududiy markazda yakka tartibdagi topshiriqlar yoki aniq yoʻnaltirilgan dasturlar asosida, taʼlimning tegishli turi oʻquv-tarbiya jarayonining monitoringi natijalarini va kadrlar tayyorlash sifatini hisobga olib, malaka talablariga, shuningdek, taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan fanlar boʻyicha maqsadli kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish.
Malaka oshirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasida oʻqitish 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75% — yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25% — bevosita taʼlim muassasasida) masofadan malaka oshirish shaklida tashkil etilishi mumkin. Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va pedagog xodimlarning malakasini oshirish boʻyicha maxsus virtual kurslar mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
18. “Ustoz-shogird” usuli boʻyicha oʻqitish — tanlov asosida saralab olingan, mamlakatda (mintaqada), ilmiy va pedagogik jamoatchilik oʻrtasida oʻzining yuqori natijalari, kasbiy faoliyatining yuqori koʻrsatkichlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻz maktabi bilan mashhur boʻlgan yuqori malakali pedagog-ustozlar rahbarligida tegishli taʼlim muassasalarida fanlar boʻyicha pedagog xodimlarning malakasini maqsadli oshirish.
19. Mustaqil oʻqib bilim orttirish — pedagog xodimlar tomonidan kasb mahoratini oshirishga, kasbiy layoqat va ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning oʻz lavozimi va mutaxassisligi boʻyicha yangi bilim, koʻnikma va malakalarni uzluksiz ravishda mustaqil oʻzlashtirishini nazarda tutadi.
Mustaqil ravishda bilim olish taʼlim muassasalari pedagog xodimlari uzluksiz taʼlimining (malaka oshirishining) ajralmas tarkibiy qismidir, u axborot texnologiyalarining egallab olinishini ragʻbatlantiradi. Mustaqil taʼlim, belgilangan tartibda, malaka oshirishning tegishli taʼlim dasturlari boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, bilimlarning yakuniy nazorati natijalari asosida pedagog xodimga hududiy markaz tomonidan malaka oshirganlik haqida belgilangan namunadagi hujjat (sertifikat) beriladi.
Malaka oshirishning ushbu shakli taʼlim dasturini taʼlim oluvchi tomonidan tuzilgan va hududiy markaz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi reja asosida mustaqil oʻqish vositasida oʻzlashtirishni nazarda tutadi.
Mustaqil oʻqib bilim orttirish shaklida malaka oshirish barqaror yuqori professional reytingga ega boʻlgan, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondasha oladigan tinglovchilar uchun tavsiya etiladi.
20. Masofaviy taʼlim — onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklida amalga oshiriladi.
21. Stajirovka shaklida tajriba orttirish — taʼlim muassasalarida, taʼlimni boshqaruv organlarida pedagog xodimlarni taʼlim va uni boshqarish sohasidagi fan va texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan tanishtirishni, rahbarlik salohiyatini oshirishni nazarda tutadi.
Stajirovka xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi.
Stajirovka tamom boʻlgandan keyin kadrlarga stajirovka muddati koʻrsatilgan holda ularning stajirovkadan oʻtganligi toʻgʻrisida tajriba orttirilgan muassasa rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan maʼlumotnoma beriladi.
22. Qisqa muddatli kurslar malaka oshirish taʼlim dasturlari asosida tashkil etilgan innovatsion menejment, pedagogik yoki axborot texnologiyalarini oʻzlashtirish kurslarida oʻqish boʻlib pedagog xodimlarning malakasini oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari tarzida amalga oshiriladi. Ushbu kurslar majburiy boʻlmagan holda pedagog xodimlarning kasbiy oʻsishiga koʻmaklashadi.
Mazkur kurslarning taʼlim dasturlari malaka oshirish taʼlim dasturlarining muayyan qismini (fan bloklari yoki modullarini) qamrab olgan va hududiy markaz tomonidan (yoki u bilan hamkorlikda) ushbu kurslar oʻtkazilgan boʻlsa, kurslarni tamomlagandan keyin berilgan sertifikatlarda koʻrsatilgan oʻqish soatlari hajmi navbatdagi malaka oshirish boʻyicha zarur soatlarning jami hajmiga kiradi (hisobga olinadi).
23. Pedagog xodimlarning malakasini oshirishning bilvosita shakllari quyidagilardan iborat:
ochiq oʻquv mashgʻulotlari;
ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlarda, konferensiyalarda, avgust oʻqishlarida maʼruzalar bilan qatnashish.
24. Ochiq oʻquv mashgʻulotlari — zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oʻqitishning interaktiv usullari qoʻllanilgan holda akademik guruhlarda jadval boʻyicha oʻtkaziladigan oldindan eʼlon qilingan muammo yoki innovatsiya mavzusi boʻyicha mashgʻulotdir.
Ochiq oʻquv mashgʻulotlariga tegishli sohadagi tajribali pedagoglar, olimlar va mutaxassislar taklif etiladi.
Ushbu mashgʻulotlarning sifati hududiy markaz kafedralarining qoʻshma yigʻilishida muhokama qilinadi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
25. Ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar, avgust oʻqishlarida maʼruzalar bilan qatnashish — taʼlim-tarbiyaning dolzarb muammolari, shuningdek oʻquv jarayonining yuqori sifatini taʼminlashga yoʻnaltirilgan pedagogika fani va amaliyoti, oʻqitish metodologiyasi va texnologiyasining muhim masalalari boʻyicha ilmiy va ilmiy-metodik maʼruza (axborot)lar bilan chiqishlari orqali taʼminlanadi.
26. Malaka oshirishning bilvosita shakllari pedagog kadrlarning navbatdagi malaka oshirish kursigacha boʻlgan davrda oʻz ustida mustaqil ishlashi natijalarini baholash va uning kasbiy malaka darajasini aniqlashga xizmat qiladi, shuningdek, pedagog kadrlarni malaka toifalariga attestatsiya qilish jarayonida hisobga olinadi.
27. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish quyidagi koʻrinishlarda amalga oshiriladi:
asosiy ishdan boʻshagan holda;
asosiy ishdan qisman boʻshagan holda (uygʻunlashtirilgan usul);
asosiy ishdan boʻshamagan holda (masofaviy taʼlim).
28. Asosiy ishdan boʻshagan holda va asosiy ishdan qisman boʻshagan holda (uygʻunlashtirilgan usulda) malakani oshirish hududiy markaz bazasida oʻtkaziladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
29. Asosiy ishdan qisman boʻshagan holda (uygʻunlashtirilgan usulda) malaka oshirish kursi umumiy davomiyligining 50 yoki 25 foizi — hududiy markazda auditoriya mashgʻulotlariga ajratiladi. Kursning qolgan qismi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajargan holda amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini nazarda tutadi. Amaliy mashgʻulotlarni asosiy ish joyida oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Amaliy mashgʻulotlarning har bir oʻzlashtirilgan moduli boʻyicha test sinovlari, referat topshirish, amaliyot boʻyicha hisobot va shu kabilar shaklidagi nazorat nazarda tutiladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
30. Asosiy ishdan boʻshamagan holda oʻqitishning masofaviy taʼlim shakli qoʻllaniladi.
31. Quyidagilar qayta tayyorlashning asosiy turlari hisoblanadi:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv).
32. Pedagogik qayta tayyorlash — oliy maʼlumotli nopedagog mutaxassislarning bazaviy kasbiy maʼlumotini taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻquv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli boʻlgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash.
33. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik maʼlumotli mutaxassislar tomonidan taʼlimning tegishli turi malaka talablari bilan belgilanadigan oʻqitishning talab etiladigan sifatini taʼminlaydigan darajada oʻquv fani yoki kurs boʻyicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirish.
Pedagog xodimlarni kasbiy qayta tayyorlash, qoida tariqasida, kadrlar tayyorlash oʻquv rejalariga yangi oʻquv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, kadrlarning buyurtmachilari yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega boʻlishi munosabati bilan hududiy markaz tashabbusiga koʻra shartnoma asosida tashkil etiladi.
34. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash asosiy ishidan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi.
35. Taʼlim dasturlarining mazmuni va oʻqitishning davomiyligi malaka talablarida koʻrsatilgan tartibda belgilanadi. Qayta tayyorlashdan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog xodimlarga belgilangan namunadagi diplom beriladi.
36. Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy taʼlimni olish sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat koʻrsatish yoki muayyan fanlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari olib borish huquqini beradi.
37. Hududiy markazda qayta tayyorlash kurslari buyurtmachining buyurtmanomasi asosida, malaka talablariga, shuningdek, taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi: maʼruza, amaliy mashgʻulot, interaktiv seminarlar, trening, koʻchma mashgʻulot, tajriba almashish, mustaqil oʻqish, bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishini) himoya qilish.
Ayrim oʻquv mashgʻulotlari maktabgacha taʼlim tashkiloti bazasida tashkil etiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
5-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning davomiyligi va oʻquv yuklamasining hajmi
39. Pedagog xodimlarning malakasini oshirish davomiyligi uni tashkil etish shakllariga hamda pedagog xodimning kasbiy malaka darajasini va individual kasbiy ehtiyojini hisobga olgan holda buyurtmachi tomonidan belgilanadigan talablarga bogʻliq holda aniqlanadi.
Pedagog xodimlar 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.
40. Malaka oshirishning toʻgʻridan-toʻgʻri shakllari uchun auditoriya mashgʻulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
41. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash dasturlarini oʻzlashtirish muddati oʻquv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u 16 haftadan (576 soatdan) kam boʻlmasligi shart. Auditoriya mashgʻulotlari va mustaqil ishlarning haftalik yuklamasi eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
42. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
6-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish
43. Malaka oshirish kurslari vazirlik tomonidan tasdiqlangan buyurtma asosida hamda buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida hududiy markazlarda tashkil etiladi.
44. Hududiy markazlarga taqdim etiladigan buyurtmanomada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, pedagogik staji, ish joyi, lavozimi, oxirgi marta malaka oshirgan vaqti va sertifikat raqami, malaka oshirish yoʻnalishi va malaka oshirishga keladigan vaqti (oyi) koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.
45. Malaka oshirish kurslaridan oʻtish jadvali har yili 15-dekabrga qadar vazirlik tomonidan tasdiqlanadi hamda buyurtmachilarga yetkaziladi.
46. Buyurtmachilar yuqoridagi jadvalga asosan tegishli pedagog xodimlarning hududiy markazlarga oʻz vaqtida oʻqishga yetib borishlarini taʼminlaydilar.
47. Joriy yilda buyurtmaga kiritilmagan pedagog xodimlar hududiy markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari mumkin.
48. Shartnoma asosidagi pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari buyurtmachi talabi va mehnat bozorining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududiy markazda tashkil etiladi.
Hududiy markaz buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun vazirlikka buyurtmanoma bilan murojaat qiladi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
49. Shartnoma asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun ushbu Nizomning 44-bandida belgilagan hujjatlar talab etiladi.
50. Shartnoma asosida qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
qayta tayyorlash kurslarida oʻqishi rejalashtirilayotgan tinglovchilar (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi taʼlim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaxassisligi, pedagogik staji) haqida maʼlumot;
qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish jadvali;
qayta tayyorlash kurslari uchun metodik taʼminotning (oʻquv-mavzu reja, dasturlar, majmualar, ishlanmalar va hokazolar) mavjudligi haqida maʼlumot;
qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan ilmiy-pedagogik salohiyatning (maʼruzachi va amaliy darslarni olib boruvchi professor-oʻqituvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, asosiy ish joyi) mavjudligi haqida maʼlumot;
qayta tayyorlash kurslarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasining (auditoriya fondi, kompyuter xonalari, fan xonalari, kutubxona va hokazolar) mavjudligi haqida maʼlumot.
51. Hududiy markazda qayta tayyorlash kurslari buyurtmachi tomonidan taklif etiladigan yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
52. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish hududiy markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan boshlab 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
53. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlanishi sanasidan boshlab uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, kelmaslikning sabablaridan qatʼi nazar, kurslarga qoʻyilmaydi.
54. Pedagog xodimlar malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan boʻlsa, ularga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
55. Hududiy markaz qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarning oʻz vaqtida kelmaganligi haqida tegishli buyurtmachiga xabar beradi.
56. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni tegishli yoʻnalishlar boʻyicha tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejasi va dasturlar asosida amalga oshiriladi hamda mashgʻulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Namunaviy oʻquv rejasi va dasturlar fan, texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari asosida har yili takomillashtiriladi.
57. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv jarayoniga jalb etilgan tinglovchilari akademik guruhlarga boʻlinadi. Bunda, akademik guruhlar kamida 25 kishini tashkil etadi. Akademik guruhlarni shakllantirishda qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining yoʻnalishi, oʻquv reja va dasturlari, pedagog xodimlarning bazaviy maʼlumoti va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, buyurtmachining talablari hisobga olinadi.
Malaka oshirish kurslarida tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, istisno tariqasida, hududiy markaz direktori buyrugʻi bilan malaka oshirish masofaviy taʼlim shaklida amalga oshirilishi mumkin.
58. Tinglovchilarning oʻzlashtirishini baholash tizimi vazirlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
60. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun hududiy markaz professor-oʻqituvchilari, oliy taʼlim muassasasining yetakchi pedagog kadrlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ilmiy kengash aʼzolari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar jalb etiladilar.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini oʻtkazish uchun jalb etiladigan professor-oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
61. Hududiy markaz xodimlariga oliy taʼlim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
62. Hududiy markaz professor-oʻqituvchilari tarkibiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyiladigan malaka talablari asosida tinglovchilar bilan oʻquv-tarbiya ishlarini olib borish;
yuksak shaxsiy sifatlarning (talabchanlik, xolisonalik, haqqoniylik, xushmuomalalik) mavjudligi;
taʼlim berishda (oʻqitishda) kasbiy mahoratning mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini, pedagogika fanining asosiy yoʻnalishlarini, fanlararo aloqalarni, notiqlik mahorati asoslarini, uzluksiz taʼlim atamalari va tushunchalarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirishga qoʻyiladigan malaka talablarini bilish;
taʼlim jarayonining yuqori samaradorligini taʼminlash, tinglovchilarning tashabbuskorligini, ijodiy mahoratini, ularning ilmiy tadqiqotlarga intilishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish koʻnikmalarining mavjudligi;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoni mazmunini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda oʻquv-metodik ishlarni olib borishi.
63. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida oʻtkazish, taʼlim jarayoni samaradorligini taʼminlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun sharoit yaratish (hududiy markazda tinglovchilar turar joyi mavjud boʻlsa) tegishli hududiy markaz direktori zimmasiga yuklatiladi.
7-bob. Malaka oshirishning masofaviy shaklini tashkil etish va oʻtkazish
64. Malaka oshirishning masofaviy shakli (keyingi oʻrinlarda masofaviy taʼlim shakli deb ataladi) vazirlik bilan kelishgan holda, maxsus virtual kurslar faoliyat koʻrsatadigan, axborot-kommunikatsiya vositalari yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish uchun zarur baza bilan jihozlangan hamda tegishli moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazaga va xodimlar salohiyatiga ega boʻlgan hududiy markazlar tomonidan tashkil etiladi.
65. Masofaviy taʼlim shakli ishchi oʻquv dasturlar asosida amalga oshiriladi.
66. Masofaviy taʼlim shaklidagi malaka oshirish kursining davomiyligi hududiy markazda oʻqishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlar akademik muddatlardan ortiq boʻlishi mumkin.
67. Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha kurslarga yuqori malakali, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zarur darajada qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlgan pedagog xodimlar qabul qilinadi.
68. Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha oʻqitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, taʼlim jarayonini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish, hududiy markaz professor-oʻqituvchilari tarkibidan hududiy markaz direktorining buyrugʻi bilan biriktiriladigan tyutor (oʻqituvchi-konsultant) tomonidan amalga oshiriladi.
Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bogʻlash, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashgʻulotni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash tyutorning vazifalariga kiradi. Tyutor yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.
Tyutor bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, tyutor bilan aloqa kontakt-sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin (kursning oʻquv rejasida belgilangan muddatlarda).
8-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari
69. Buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun oʻqishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha egallagan lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanadi, ularning oʻquv yuklamasi esa boshqa aʼzolar oʻrtasida taqsimlanadi.
Ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.
(69-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
70. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tinglovchilari hududiy markazdagi oʻquv laboratoriya, axborot-resurs markazlari, sogʻlomlashtirish va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
71. Tinglovchi quyidagi hollarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
oʻquv intizomini va hududiy markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
taʼlim dasturlarini oʻzlashtirmaganligi uchun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
72. Tinglovchi malaka oshirish kursidan chetlatilganda, unga hududiy markaz tomonidan sabablari koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqda uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi.
Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan oʻta olmagan buyurtma asosida kelgan tinglovchi, keyingi oʻquv yili uchun buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda, taʼtil berilishi asosida buyurtmanomaga kiritiladi.
Malaka oshirish kurslariga qayta yuborilgan pedagog xodim oʻqish yakunlari boʻyicha yakuniy nazoratdan takroran oʻtmagan yoki asosiy ish joyi boʻyicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan oʻtmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasining amal qilish muddatidan qatʼi nazar, mehnat shartnomasi belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Ular oʻz pedagogik faoliyatini taʼlim muassasalarida davom ettirishi uchun hududiy markaz bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida oʻz malakalarini oshirgan boʻlishlari talab qilinadi.
73. Qayta tayyorlash kursi taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish yuzasidan yakuniy nazoratdan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga kamida 1 oydan soʻng yakuniy kursni tugatish ishini qayta himoya qilish imkoniyati beriladi.
9-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishi (kursni tugatish ishi) himoyasi
74. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari oʻqishni tugatgandan keyin, Yakuniy attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladigan bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishi) (keyingi oʻrinlarda bitiruv malakaviy ishi deb ataladi) himoya qilishdan oʻtishlari kerak.
Yakuniy attestatsiya komissiyalari hududiy markaz direktorining buyrugʻi asosida tashkil etiladi.
(74-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
75. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga quyidagilar asosida bitiruv malakaviy ishini himoya qilishiga ruxsat beriladi:
yakuniy test sinovlarining ijobiy natijalari;
pedagogning elektron portfoliosi (kasbiy faoliyati monitoringi) baholari.
76. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha taʼlim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat — kamida 4 hafta (144 soat) hajmidagi taʼlim dasturlarini oʻtagan tinglovchilar uchun;
qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom — kamida 16 hafta (576 soat) hajmidagi taʼlim dasturlarini oʻtagan tinglovchilar uchun.
Yakuniy nazorat natijasida oʻqitish dasturini oʻzlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma beriladi.
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom va malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
77. Pedagog xodimlarning malaka toifalarini olishi (oʻzgartirishi) va egallab turgan lavozimlariga mosligi attestatsiyadan oʻtkazishda ular qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjatning (diplom, sertifikat) mavjudligi talab etiladi.
10-bob. Hududiy markazlarni moliyalashtirish
78. Hududiy markazlar faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
hududiy markazni joriy taʼminlashga hamda tasdiqlangan buyurtmaga muvofiq ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
shartnoma asosida taʼlim xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(78-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
79. Shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun xarajatlar smetasi hududiy markaz tomonidan tuziladi va belgilangan tartibda vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Xarajatlar smetasida kursning oʻquv rejasi va dasturida nazarda tutilgan barcha dars mashgʻulotlari uchun toʻlanadigan soatbay haq, hududiy markazning moddiy-texnika taʼminoti, kursni tashkil etish va oʻtkazishga jalb etilgan (rahbar, pedagog va texnik) xodimlarga toʻlanadigan ish haqi, ularni ragʻbatlantirish, shuningdek, toʻlanadigan soliqlar uchun mablagʻlar nazarda tutiladi.
Shartnoma asosida tashkil etiladigan kurslarda oʻqish uchun tinglovchi tomonidan toʻlanadigan mablagʻ ushbu kurslarni oʻtkazish uchun sarflanadigan xarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (xarajatlar smetasidagi jami xarajatlarni tinglovchilar soniga boʻlish orqali) hisoblab chiqiladi.
Qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun hududiy markaz bilan buyurtmachi oʻrtasida belgilangan tartibda toʻlov kontrakti (shartnoma) rasmiylashtiriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
(79-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida taʼlim jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan talablar
80. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida taʼlim jarayonining mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan malaka talablari “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi va ularda taʼlim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik taʼminlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qoʻyiladi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son)
81. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida taʼlim dasturi mazmuniga qoʻyiladigan talablar yoʻnalishlar boʻyicha zarur hamda yetarlicha bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirish hisobga olingan holda, pedagog xodimlarning malaka tavsiflariga qatʼiy muvofiqlik tamoyillari asosida belgilanadi.
82. Taʼlim dasturi fan, texnika va pedagogik texnologiyalarning soʻnggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilishi hamda taʼlim turlari oʻrtasida uzluksizlik va uzviylikni taʼminlash talablariga mos kelishi kerak.
Taʼlim dasturida taʼlim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni oʻzlashtirish nazarda tutilishi lozim.
Oʻquv rejasi va dasturlarni tuzish, ekspertizadan oʻtkazish, tasdiqlash, pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi taʼlim jarayoniga joriy etish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
12-bob. Yakunlovchi qoida
83. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga
4-ILOVA
Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI

Tadbirlar mazmuni

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi hamda oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining ustavlarini tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

2018-yil
5-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2.

Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha malaka talablarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2018-yil
5-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

3.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari uchun oʻquv reja va fan dasturlarini tasdiqlash hamda uning oʻquv-metodik taʼminoti yaratilishini taʼminlash.

2018-yil
5-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

4.

Oliy taʼlim muassasalarining kafedralarini tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishlariga biriktirish, shuningdek, kafedralarning yetakchi professor-oʻqituvchilarini oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlardagi tegishli yoʻnalish boʻyicha oʻquv jarayoniga jalb etish choralarini koʻrish.

2018-yil
10-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

5.

Oliy taʼlim muassasalarida mavjud axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, jumladan videokonferensiya qurilmalaridan foydalanish asosida onlayn shaklida oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish sharoitlarini yaratish choralarini koʻrish.

2018-yil 10-yanvardan boshlab doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

6.

Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tinglovchilariga oliy taʼlim muassasalarining axborot-resurs markazidagi oʻquv, ilmiy, badiiy adabiyotlar va elektron resurslardan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.

2018-yil 10-yanvardan boshlab doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

7.

Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari tinglovchilarining koʻchma mashgʻulotlarini oliy taʼlim muassasasining tegishli kafedralarida oʻtkazish sharoitlarini hamda kafedralardagi oʻquv, ilmiy laboratoriyalardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

2018-yil
15-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

8.

Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari pedagog kadrlarini kafedralar professor-oʻqituvchilarining ochiq darslarida, shuningdek, xorijiy mutaxassislar, olimlar va oʻqituvchilar ishtirokida oʻtkaziladigan maʼruza va mahorat darslarida qatnashishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.

oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

9.

Oliy taʼlim muassasalari kafedralari professor-oʻqituvchilarining ilmiy faoliyatini maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim jarayonlarining ilmiy muammolariga yoʻnaltirish va oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarining pedagog kadrlariga ilmiy-metodik rahbarlik qilish.

doimo

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

10.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishi (kursni tugatish ishi) himoyasi Yakuniy attestatsiya komissiyasi tarkibiga oliy taʼlim muassasasining tegishli kafedrasi aʼzolarini kiritish tartibini joriy etish choralarini koʻrish.

2018-yil
25-yanvar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

11.

Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

Mazkur elektron maʼlumotlar bazasining yangilab borilishini tizimli yoʻlga qoʻyish.

2018-yil
15-aprel

doimo

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

12.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog xodimlarning joylardagi kasbiy faoliyati samaradorligi monitoringini amalga oshirish elektron tizimini joriy etish.

2018-yil
15-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

13.

Maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlari boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligi tizimida shakllantirilgan elektron maʼlumotlar bazasini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan muvaffaqiyatli oʻtgan pedagog xodimlarning joylardagi kasbiy faoliyati samaradorligi monitoringini amalga oshirish elektron tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.

2018-yil
1-iyun

Xalq taʼlimi vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog xodimlarini masofadan oʻqitish usullarini takomillashtirish uchun yagona dasturiy platformani, uning elektron oʻquv resurslarini hamda nazorat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy etish.

2018-yil
5-iyul

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi

15.

Oliy taʼlim muassasalari huzuridagi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini maktabgacha, umumiy oʻrta hamda maktabdan tashqari taʼlim muassasalari amaliyotida foydalanilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar va oʻquv adabiyotlari bilan uzluksiz taʼminlab borish.

doimo

Xalq taʼlimi vazirligi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1026/0497-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 18.01.2022-y., 09/22/25/0033-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)