toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.01.2016
Hujjat 17.02.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli “Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi ishlarni tashkil etishni takomillashtirish, shaharlar, tuman markazlari, shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalari oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va qurilishi sifat darajasi oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-avgust,
320-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-avgustdagi 320-son qaroriga
ILOVA
Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1.1. Shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarni tashkil etish va nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 27-apreldagi 165-son qarori talablari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
(1.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
1.2. Nizom shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarning (keyingi oʻrinlarda aholi yashaydigan joylar deb yuritiladi) bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni qurishning yagona tartibini belgilab beradi hamda, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shahar qurilishi faoliyatining barcha subyektlari uchun majburiy hisoblanadi.
1.3. Aholi yashash joyining bosh rejasi uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, respublikani va uning mintaqalarini rivojlantirish prognozlari, tumanni rejalashtirish sxemalari yoki loyihalari asosida ishlab chiqiladi, aholi yashash joylarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini va chegaralarini, ular hududining funksional vazifasini va qurilishni zonalashtirishni, muhandislik, transport ijtimoiy infratuzilmasini kompleks rivojlantirishni, hududlarni oʻzlashtirishning navbatma-navbatligini, tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlashga, ekologik va sanitariya holatiga qoʻyiladigan talablarni belgilab beradi.
Aholi yashash joyining bosh rejasi aholi yashash joylari arxitektura-rejalashtirish tuzilmasining tutashib ketgan qishloq hududlari bilan birgalikda uygʻun rivojlantirilishini, aholi yashash joylaridan oqilona foydalanishni, tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni, aholi yashaydigan zamonaviy markazlarni, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirishni, eskidan shakllangan shahar tumanlarini rekonstruksiya qilishni, sanoat obyektlari, transport magistrallari, muhandislik-texnik tizimlarini joylashtirish sxemasini yashash muhitining qulayligini oshirgan holda maqbullashtirishni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4. Shaharlarning bosh rejalari 15—20 yil muddatga va shahar tipidagi posyolkalarning bosh rejalari — 10—15 yilga ishlab chiqiladi. Bosh reja batafsil rejalashtirish loyihalarini, imorat qurish loyihalarini va rivojlantirishning tarmoq sxemasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzlashtirilmagan (qurilmagan) zaxira hududlar mavjud boʻlgan taqdirda hisob-kitob muddati tamom boʻlgandan keyin bosh rejaning amal qilishi yangi (tuzatish kiritilgan) bosh reja belgilangan tartibda tasdiqlangunga qadar tatbiq etiladi.
(1.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
1.5. Batafsil rejalashtirish loyihasi imoratlar qurishning hajm-makon va arxitektura-badiiy yechimini, binolarning necha qavat boʻlishi va turlarini, tarix va madaniyat yodgorliklarining qoʻriqlash zonalaridan foydalanish rejimini, imorat qurish va yerdan foydalanishni tartibga solishning qizil chiziqlari, chegaralarini, hududlarni funksional va qurish bilan bogʻliq zonalashtirishni, yerdan foydalanuvchilar hududlarining chegaralarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tarkibi va ularni joylashtirishni, magistral muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini, koʻchalarning koʻndalang koʻrinishini belgilab beradi, shuningdek, hududlarni muhandislik yuzasidan tayyorlash tadbirlarini, atrof muhitini muhofaza qilishni va transport xizmati koʻrsatishni tashkil etishni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.6. Batafsil rejalashtirish loyihalari 10—15 yilga 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalariga” muvofiq aholi yashash joylarining ayrim qismlariga va ularning funksional zonalariga, shuningdek, ayrim hollarda aholi yashash joylarining butun hududiga ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.7. Qurish loyihasi batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida odamlar yashaydigan yangi yoki rekonstruksiya qilinadigan mikrotumanlar va kvartallarning hududiga, turar joy binolari va jamoat binolari, ishlab chiqarish obyektlari, ilmiy-tadqiqot, oʻquv, tibbiyot, rekreatsion, sport va boshqa shaharsozlik, arxitektura, landshaftli majmualar, ansambllar guruhlari uchastkasiga hamda aholi yashash joylari boshqa rejalashtirish elementlariga ishlab chiqiladi.
Batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasisiz qurilish loyihasini bajarishga 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalari”da belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINING BUYuRTMAChILARI
2.1. Quyidagilar bosh reja, batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari deb yuritiladi)ning:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklari — shaharlarning bosh rejalari ishlab chiqilishiga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar hokimliklari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar — tuman markazlari, shahar tipidagi posyolkalar bosh rejalarini va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishiga;
Shaharlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar — qurilish loyihalari ishlab chiqilishiga buyurtmachilar hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2.2. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga aholi yashash joylarining bosh rejalarini loyihalashtirishga va batafsil rejalashtirish loyihalariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan, qurilish loyihalarini ishlab chiqishga esa shahar (tuman) hokimi tomonidan tasdiqlangan topshiriq beradi. Loyihalashtirishga topshiriq majburiy tartibda arxitektura va qurilish hududiy organlari bilan kelishilishi kerak.
2.3. Buyurtmachi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchiga belgilangan masshtabdagi ishonchli topografiya asosini loyihalashtiriladigan hududning muhandislik-geologiya qidiruvlari natijalarini, mikroseysmorayonlashtirish xaritasini hamda 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq boshqa birlamchi maʼlumotlarni taqdim etadi.
2.4. Buyurtmachi:
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni mablagʻ bilan taʼminlashga;
loyihalashtirishning borishi ustidan nazorat qilishga va shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlashga;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish davrida yer ajratish, obyektlarni joylashtirish, shahar posyolkasi hududidagi joriy qurilish bilan bogʻlik barcha masalalarini ishlab chiquvchi bilan kelishishga;
bosh rejalar va joriy qurish amalga oshirilishi monitoringini taʼminlashga majburdir.
III. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILAR
Oldingi tahrirga qarang.
3.1. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi aholi yashash joylarining bosh rejalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3.2. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya)ga boʻlgan yuridik shaxslar batafsil rejalashtirish loyihalari va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadilar.
(3.2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Batafsil rejalashtirish loyihalarini va aholi yashash joylari alohida funksional zonalari loyihalarini hamda qurilish loyihalarini bajarishga tanlov asosida yoʻl qoʻyiladi.
3.3. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:
shaharsozlik hujjatlari shartnomada belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini, hujjatlarning amaldagi normativ hujjatlar talabiga javob beruvchi va tarixiy rivojlanishning uzviyligini, aholi yashash joylarining mintaqaviy shart-sharoitlarini hisobga oluvchi sifatini taʼminlashga;
shaharsozlik hujjatlarini loyihalashtirishning dastlabki va uzil-kesil bosqichlarida belgilangan tartibda kelishishga va himoya qilishga;
belgilangan tartibda joriy qurilish ustidan mualliflik nazoratini va shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi monitoringini olib borishga;
zaruriyat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat ekspertizasi organlari, kelishuvchi tashkilotlarning mulohazalari boʻyicha ishlab chiqilgan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga majburdir.
3.4. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar, qoidaga koʻra, alohida boʻlimlarni ishlab chiqishga bosh loyihalashtirish institutlarini jalb etadilar.
3.5. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar arxitektura va shaharsozlik hududiy organlariga, alohida obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiquvchi loyihalash tashkilotlariga maslahat yordami va uslubiy yordam koʻrsatadilar.
3.6. Batafsil rejalashtirish loyihalarini va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar loyihalarni bosh shaharsozlik loyihalash instituti bilan kelishishi shart.
IV. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI IShLAB ChIQUVChILARNI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh
4.1. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish mahalliy budjetlar, korxonalar, tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar (jismoniy shaxslar guruhi)ning, maqsadli va budjetdan tashqari fondlarning mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4.2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet hisobiga qurilishlarning har yilgi aniq roʻyxatini tuzishda aholi yashash joylari shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishi mablagʻ bilan taʼminlanishini, topogeodeziya va muhandislik-geologiya qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi yashash joylarining mikroseysmorayonlashtirish xaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks sxemalari tuzilishini, loyihalash tashkilotlari tomonidan joriy qurilish ustidan mualliflik nazorati va aholi yashash joylari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishilishini va ekspertizadan oʻtkazilishini nazarda tutishi shart.
V. AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh UChUN ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI KELIShISh VA TASDIQLASh
5.1. Shaharsozlik hujjatlarini kelishish va tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, arxitektura va qurilish sohasidagi qonun hujjatlari, normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
5.2. Aholi yashash joylarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurilish loyihalari, qurilish loyihalari buyurtmachilar koʻmagida belgilangan tartibda 1.03.02—96-son respublika “Qurilish meʼyorlari va qoidalari”ga muvofiq ularni ishlab chiquvchi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarix, arxeologiya, shaharsozlik, arxitektura va monumental sanʼat yodgorliklariga ega boʻlgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan ham kelishilishi kerak.
(5.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5.3. Aholi yashash joylarining shaharsozlik hujjatlari majburiy tartibda Davlat ekspertizasi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak.
5.4. Shaharlarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari tasdiqlangunga qadar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi kerak.
5.5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoni bilan belgilangan Toshkent, Nukus shaharlarining, viloyatlar va yirik sanoat markazlarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qolgan aholi yashash joylarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
5.6. Toshkent, Nukus shaharlari, viloyat markazlari hamda tarix, arxeologiya, shaharsozlik va arxitektura yodgorliklariga ega boʻlgan shaharlarning markaziy qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
5.7. Qolgan aholi yashash joylarini batafsil rejalashtirish loyihalari shaharlar (tumanlar) hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
5.8. Qurilish loyihalari buyurtmachilarning taqdimnomasiga koʻra hamda arxitektura va qurilish loyihalari hududiy organlari bilan kelishilgan holda shaharlar (tumanlar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
VI. ShAHARSOZLIK HUJJATLARINI AMALGA OShIRISh VA AHOLI YaShASh JOYLARINI QURISh
6.1. Aholi yashash joylari qurilish bosh reja talablariga qatʼiy muvofiq ravishda olib borilishi kerak.
6.2. Qurilish olib boruvchilar oʻzlariga ajratilgan hududda qurilishni amalga oshirishda birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlari talablariga muvofiq qurilish sifati va hajmini taʼminlashlari shart.
6.3. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga faqat ularni tasdiqlangan organlarning qaroriga koʻra belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6.4. Quyidagilar:
tegishli birlamchi-ruxsat beruvchi va shaharsozlik hujjatlarisiz, shuningdek ularni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan aholi yashash joylari hududida obyektlarni loyihalashtirish va qurish;
shaharlar, posyolkalar va tuman markazlarida qurilishi tugallangan massivlar, koʻp qavatli turar joy kichik dahalari (mavzelar) hududida tasdiqlangan bosh rejalarda nazarda tutilmagan ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, servis xizmat koʻrsatish va bozor infratuzilmasining alohida turgan obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish va qurish taqiqlanadi.
(6.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6.6. Bosh shaharsozlik loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi oʻz vakolatlari doirasida aholi yashash joylari hududida shaharsozlik faoliyati va qurilishlarning tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga muvofiqligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi.
(6.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6.7. Tasdiqlangan bosh rejalar va batafsil loyihalashtirish loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, bosh loyihalashtirish institutlari — “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasi amalga oshiradilar.
(6.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
Keyingi tahrirga qarang.