toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ARXITEKTURA VA QURiLISh SOHASIDAGI IShLARNI TAShKIL ETISh VA NAZORATNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi va Arxitektorlar uyushmasi tomonidan arxitektura-shahar qurilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish, aholi punktlarini loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan ta’minlash va ularni amalga oshirish masalalariga zarur e’tibor berilmayapti.
Ko‘pchilik shaharlarda shahar markazlari, arxitektura komplekslarini shakllantirish, tarixiy-madaniy merosni rekonstruksiya qilish shahar qurilishi talablari buzilgan holda transport magistrallari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy va maishiy infratuzilma kompleks rivojlantirilmasdan rejasiz amalga oshirilmoqda.
Loyiha-qidiruv institutlari va tashkilotlarining faoliyati sust tashkil etilgan, shahar qurilishi istiqbollarini belgilashda hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda ularning roli yetarli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoniga muvofiq hamda shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirilishini ta’minlash, loyiha-qidiruv ishlari tashkil etilishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining e’tibori bir qancha shaharlar va boshqa aholi punktlari markazlarini barpo etishda yo‘l qo‘yilgan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari qo‘pol ravishda buzilishi hollariga qaratilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan rahbarlar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirishning bosh rejalari loyihalari va ularning markazlarini shakllantirishning batafsil rejalashtirilishi loyihalari bilan ta’minlash, ularni zamonaviy shart-sharoitlar va talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar ko‘rsinlar.
Shaharlar va tuman markazlarida tegishli loyiha hujjatlarisiz hamda ularni shaharlar va aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiqlashtirmasdan obyektlar qurish taqiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 79-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharlar va aholi punktlarini barpo etishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu hujjatlarni buzish hollarini o‘z vaqtida bartaraf etsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
3. “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi instituti shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh tashkilot etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash;
loyiha-rejalashtirish hujjatlari doimiy ravishda yangilanishi monitoringini yuritish, uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan normativ-uslubiy rahbarlik qilish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-avgustdagi PQ-165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi institutning tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqsin, viloyatlarda uning mintaqaviy filiallarini tashkil etsin, institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlasin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “O‘zshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasi instituti filiallarini tegishli joylar, inventar va texnikaviy vositalar bilan ta’minlasinlar.
(3-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh tashkilot funksiyasi Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutida saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandi, 5-bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi taklif kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 27-aprel,
165-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-iyundagi 120-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 24-25-son, 223-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)