Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2897-son
qaroriga muvofiq Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi tomonidan oʻquv kurslarini tashkil qilish va oʻtkazish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlar uchun oʻquv kurslari tashkil qilish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi 602-son
qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmurodov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish Markazning asoslangan hisob-kitoblariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi”;
“Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga tushadigan mablagʻlaridan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish belgilangan tartibda xarajatlar smetalariga hamda daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi”.
3.
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Belgilansinki, Markaz va uning hududiy filiallari xodimlariga, toʻlov manbalaridan qatʼi nazar, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va kompensatsiya toʻlovlari shartlari tatbiq etiladi”.
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining budjetdan tashqari fondidan Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish uchun mablagʻlar ajratish”;