Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2015-yil 27-apreldagi 34-son qarori (roʻyxat raqami 2791, 2016-yil 24-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 245-modda) bilan tasdiqlangan Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
3-banddagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davyergeodezkadastr” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“a” kichik bandning
birinchi xatboshisidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davyergeodezkadastr” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning
birinchi xatboshisidagi “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga” va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga” degan soʻzlar tegishlicha “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga” va “Davyergeodezkadastrga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Davyergeodezkadastr” degan soʻz bilan almashtirilsin.