Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 27-iyuldagi 103-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2608, 2014-yil 8-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 424-modda) bilan tasdiqlangan Mahkumlarni jazoni ijro etish muassasasiga joʻnatish hamda ularni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining maʼmuriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi toʻgʻrisida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab oʻn kunlik muddat ichida jazoni oʻtash uchun joʻnatiladi.”.
3.
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada oʻtaydi.”.
4.
12-banddan “qamoq uyidan,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.