1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.18.00.00 Umumiy ovqatlanish / 09.18.02.00 Umumiy ovqatlanish sohasini boshqarish va nazorat qilish.Isteʼmolchi huquqini himoya qilish.]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun jamoatchilikni keng jalb etish, ichki isteʼmol bozorida sifati past, odamlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi tovarlar sotilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy va isteʼmol madaniyatini oshirishga doir ishlarni faollashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.03.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish. Maishiy xizmatlar]
1. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmalari tomonidan Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.01.00 Fuqarolik]
aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi amaldagi qonunchilikni keng targʻib qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
isteʼmolchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ichki bozorda sotilayotgan isteʼmol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa talablarini taʼminlash monitoringlarini oʻtkazish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholining isteʼmol madaniyatini oshirishga doir maʼrifiy ishlarni olib borish;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang)]
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va oʻzaro hamkorlik qilish.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.19.00.00 Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish / 09.19.02.00 Maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarish va nazorat. Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish]
Ichki bozorda sotiladigan isteʼmol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va xavfsizligini hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning boshqa talablarini taʼminlash yuzasidan monitoring olib borish isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organlari bilan birgalikda tasdiqlangan Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi rejalari asosida amalga oshiriladi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining:
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparatining 1 va 2-ilovalarga muvofiq tuzilmasi toʻgʻrisidagi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
bir oy muddatda tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini hamda ikki oy muddatda – hududiy va respublika konferensiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari konferensiyalarini oʻtkazishga doir tashkiliy masalalarni hal etishda zarur yordam koʻrsatsinlar.
Belgilansinki, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijro etuvchi apparati, tuman, shahar jamiyatlari, shuningdek ularning hududiy birlashmalari ijro etuvchi apparatlarining taʼminoti:
aʼzolik badallari;
maqsadli loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar va ijtimoiy buyurtmalar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
xalqaro moliya va boshqa institutlar, chet el tashkilotlari grantlari;
homiylik xayriyalari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan beshinchi — oʻninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
Belgilansinki, xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablagʻlari, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa tushumlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzurida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
51. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi natijasida tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) tomonidan olingan mablagʻlar isteʼmolchilarga qaytariladi yoxud isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadiga olib qoʻyiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifatini sertifikatlash va ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida axborot olishda zarur yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.01 Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, sanitariya sohasidagi qonun hujjatlari, davlat standartlari va sertifikatlash qoidalari talablariga rioya etilishini tekshirish ishlariga isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilsinlar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.12.00 Savdo qoidalari]
isteʼmolchilarning jamoat tashkilotlari taqdimnomalariga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning xavfsizlik talablariga muvofiqligini oʻzlariga qarashli laboratoriyalarda ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinovdan oʻtkazsinlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.04 Oliy taʼlim]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha Idoralararo kengash bilan birgalikda 2003/2004 oʻquv yilidan boshlab belgilangan tartibda respublikaning barcha taʼlim muassasalari dasturlariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarni kiritsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.13.00.00 Sud hokimiyati (shuningdek, 17.00.00.00ga qarang)]
advokatlik idoralarining Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorligini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy investitsiyalar departamenti isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlarini jalb etishda koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ularning ustavdagi vazifalarini hal etishda koʻmaklashsinlar hamda Federatsiya markaziy apparatini, hududiy birlashmalarni, tuman va shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarini bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
ijara shartlarida, ijara haqi undirmasdan va kommunal xizmatlarga imtiyozli tariflar boʻyicha haq toʻlagan holda xonalar bilan;
oʻz mablagʻlari hisobiga mebel va zarur texnika vositalari bilan taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.04.00 Radio va elektr aloqa]
11. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan birgalikda:
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tuman, viloyat va respublika konferensiyalari keng yoritilishini taʼminlasinlar;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
televideniye va radiokanallarda, davriy matbuot nashrlarida “Isteʼmolchi” rukni tashkil etilishini taʼminlasinlar, unda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatini, bu sohadagi muammolar va kamchiliklar hamda ularni hal etish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni, isteʼmol madaniyatini va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha anʼanalarni keng va muntazam yoritib borishni nazarda tutsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 28-noyabr,
414-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga 1-ILOVA
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining tashkiliy tuzilmasi
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida
** mintaqalar
jamiyatlar:
tuman
shahar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar: Andijon Buxoro Jizzax Qashqadaryo Namangan Navoiy Samarqand Sirdaryo Surxondaryo Toshkent Fargʻona Xorazm Toshkent shahri
*) Doimiy asosda ishlaydigan xodimlarning umumiy soni — 10 kishi. Jamiyatlar aʼzolari va ish hajmi, shuningdek kirish va har oylik aʼzolik badallari koʻpayishiga qarab Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi markaziy apparat xodimlari sonini qayta koʻrib chiqishi mumkin.
**) Ekspert kengashlarda maxsus bilimlarga ega boʻlgan, turli vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan taklif etilgan mutaxassislar qatnashadilar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qaroriga 5-ILOVA
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
2. Nizom Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ( keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi)ning maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibini nazarda tutadi.
3. Jamgʻarma Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi huzurida tashkil etiladi.
II. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining maqsadi va vazifalari
4. Jamgʻarma jamoat birlashmalarining isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, kafolatlarini hamda ragʻbatlantirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etiladi.
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatining jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish;
harakatning samarali faoliyat koʻrsatishini, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tadbirlarning rivojlantirilishini va amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash.
III. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
6. Jamgʻarma xalqaro tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining maxsus hisob raqamida jamlanadi.
IV. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish
8. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyati (tadbirlari) xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlashga quyidagi maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha foydalaniladi:
jamoatchilikni hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi muammolarni oʻrganish boʻyicha mutaxassislarni jalb etgan holda monitoringlar, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazish;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilikka doir materiallarni eʼlon qilish, sharhlar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, plakatlar, bukletlar, davriy nashrlarni ishlab chiqish, ommaviy-axborot vositalarida chiqishlarni, axborotlarni, seminarlarni, davra suhbatlarini hamda isteʼmolchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni tashkil etish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
9. Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 22-son, 181-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 32-33-son, 251-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda, 31-son, 261-modda, 32-son, 271-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)