Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 3-maydagi PF-5032-son
Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-bet) bilan tasdiqlangan Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
toʻrtinchi xatboshidagi “har yili Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
““Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Boʻstonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kirmaydigan (yalangʻoch qizilmiyadan tashqari) hamda yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklar roʻyxatiga kiritilgan yoki koʻrsatilgan erkin iqtisodiy zona qatnashchilari bilan yovvoyi oʻsimliklardan tayyor farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tashkilotlari bilan shartnomalar mavjud boʻlganda — belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida kamaytirish”;