toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
Hujjat 06.07.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-sonli “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Prokuratura, ichki ishlar, Davlat soliq qoʻmitasi organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, soliqlar va toʻlovlarning davlat budjetiga toʻliq tushishini taʼminlash, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va soliqqa oid qonunlar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan koʻrilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortish, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish hamda boshqa iqtisodiy jinoyatlar bilan bogʻliq holatlar muntazam ravishda aniqlanmoqda.
Shu bilan birga, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi tezkor bosh boshqarma faoliyati ushbu xizmat oldiga qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bermaydi:
ishda batartiblik va izchillik yoʻq, saʼy-harakatlarning mayda buzilishlar va jinoyatlarga qarshi kurashga tarqoq holda yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmoqda, korrupsiya, iqtisodiy va soliqqa oid jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni topish va cheklash mahorati yetishmayapti;
bevosita soliq xizmatlari, tergov organlari, tezkor-qidiruv boʻlinmalari xatti-harakatlarida lozim darajali va zarur aloqa, uygʻunlik yoʻq, natijada qonun normalarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlari uchun jazo muqarrarligi prinsipining bajarilishiga erishilmayapti;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va almashtirib turishning amaldagi tizimi jiddiy yaxshilashni talab qiladi.
Iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida va uning mavjud shtatdagi xodimlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb ataladi) va uning joylardagi boʻlinmalari tashkil etilsin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tuzilmasidagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tugatilsin, boʻshaydigan 1172 nafar shtat yangi tashkil etilayotgan Departament tarkibiga berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
7. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Departament xodimlarining darajali maxsus unvonlari, shuningdek egallab turilgan lavozimlar boʻyicha darajali maxsus unvonlari 4 va 4a-ilovalarga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
8. Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarning oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasi bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi;
(8-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatdagi korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boʻlimlari bazasida hududiy va ularga tenglashtirilgan prokuratura organlarining iqtisodiy jinoyat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi hamda prokuratura hududiy organlarining tegishli boʻlimlariga ham Departament, ham boshqa idoralar, huquqni muhofaza qilish organlari va Prokuraturaning oʻzi tomonidan qoʻzgʻatilgan iqtisodiy hamda soliqqa oid jinoyatlar boʻyicha jinoiy ishlarni koʻrib chiqish vazifasi yuklanadi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 11 kishi, hududiy hamda ularga tenglashtirilgan prokuratura organlari iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari boʻyicha 4—6 kishi (Toshkent shahar prokuraturasida 7 kishigacha) etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish bosh boshqarmasini, shuningdek Tashqi iqtisodiy faoliyatda korrupsiya, oʻgʻirliklar va boshqa suiisteʼmollarga qarshi kurashish boshqarmasini qayta tashkil etish natijasida boʻshab qoladigan 18 kishidan iborat shtatdagi xodimlar soni prokuratura hududiy organlarining tergov boʻlinmalarini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
(8-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlinmalari taʼminoti xarajatlari smetasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov), Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda Departamentni va uning hududiy boʻlinmalarini transport, maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlasin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Departamentni hamda uning joylardagi boʻlinmalarini zarur binolar va xonalar bilan taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (R. Azimov) va Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining asoslangan hisob-kitoblariga binoan ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratsinlar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
13. Davlat soliq qoʻmitasi soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga tegishli boʻlgan bino, avtotransport, tashkiliy texnika, mebel va boshqa moddiy-texnika vositalarini Departament balansiga bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (R. Qodirov) ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari boʻlinmalarining tashkiliy-shtat tuzilmasini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Departament rahbariyati bilan birgalikda uning apparatini va joylardagi boʻlinmalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Adliya vazirligi (A. Polvon-zoda) bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S. Gʻulomov) va Davlat soliq qoʻmitasi (B. Xoʻjayev) bilan birgalikda 2002/2003 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi soliq va bojxona organlari akademiyasining “Soliqlar va soliqqa tortish” fakultetiga Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti uchun tinglovchilar qabul qilish boʻyicha takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi (Z. Almatov) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bazasida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlashni taʼminlasin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
15. Hukumatning 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudoybergenov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-iyul,
291-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining darajali maxsus unvonlari
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
I. Oliy darajali maxsus unvonlar
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi
II. Yuqori darajali maxsus unvonlar
Adliya katta maslahatchisi
Adliya maslahatchisi
Adliya kichik maslahatchisi
III. Quyi darajali maxsus unvonlar
1-darajali yurist
2-darajali yurist
3-darajali yurist
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
4a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining darajali maxsus unvonlari

Asosiy lavozimlar nomi‎

Darajali maxsus unvonlar‎

Departament boshligʻi‎

3-darajali Davlat adliya
‎maslahatchisi —
‎2-darajali Davlat adliya
‎maslahatchisi ‎

Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Departament boshligʻi oʻrinbosari ‎

Adliya katta maslahatchisi —
‎3-darajali Davlat adliya
‎maslahatchisi ‎

Departament markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, boshqarmalar boshliqlarining oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, inspeksiyalar boshliqlari, Departamentning hududiy boshqarmalari boshliqlari‎

Adliya katta maslahatchisi‎

Departament markaziy apparati boʻlimlari boshliqlari, Departament boshligʻi yordamchisi, hududiy boshqarmalar boshliqlarining, hududiy boshqarmalar boʻlim boshliqlari va boʻlimlar (boʻlinmalar) boshliqlarining oʻrinbosarlari‎

Adliya maslahatchisi‎

Departament markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarning bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh surishtiruvchilari, katta surishtiruvchilari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, katta kriminalistlari, kriminalistlari, tuman (shahar) boʻlinmalari boʻlim boshliqlari va ularning‎ oʻrinbosarlari

Adliya kichik maslahatchisi‎

Tuman (shahar) boʻlimlaridagi katta surishtiruvchilar, surishtiruvchilar, katta inspektorlar va inspektorlar, katta taftishchilar, taftishchilar, kichik inspektorlar (darajali maxsus unvonni egallab turish muddatiga qarab)

3-darajali yurist
‎2-darajali yurist

‎1-darajali
yurist ‎

(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-noyabrdagi 415-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2002-y., 22-son, 182-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida
NIZOM
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi oʻrinlarda “Departament” deb yuritiladi) xizmatga qabul qilish va Departamentda xizmatni oʻtash tartibini belgilab beradi.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Departamentda xizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya etish, oshkoralik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq quriladi.
2. Departament xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan formali kiyim-bosh kiyadilar. Ularga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilangan shakldagi xizmat guvohnomalari beriladi.
Xizmat guvohnomasi Departament xodimining shaxsini, uning lavozimi va darajali maxsus unvonini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
II. Departamentga xizmatga qabul qilish va uni oʻtash
Oldingi tahrirga qarang.
3. Departamentda xizmat qilish uchun oliy yurisprudensiya, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasida maʼlumotga ega boʻlgan hamda sogʻligʻiga koʻra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Departamentda xizmatni oʻtashning ichki tartibi Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi. Ishdan tashqari, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq haq toʻlanadi.
4. Departamentga birinchi marta xizmatga kiruvchi shaxslar uchun 3 oygacha boʻlgan sinov muddati belgilanadi.
Sinov muddati vaqti koʻp yillik xizmati uchun foiz ustamasi toʻlash va pensiya tayinlash huquqini beruvchi Departamentdagi ish stajiga qoʻshiladi.
Sinov muddatini oʻtayotgan shaxslar:
agar ularning qoʻyilayotgan talablarga nomuvofiqligi aniqlansa Departament boʻlinmalari rahbariyatining tashabbusi bilan;
xizmatga kirgan shaxsning tashabbusi bilan (oʻz xohishiga koʻra, oilaviy sharoitlar boʻyicha va boshqa uzrli sabablarga koʻra) Departamentdan xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
5. Departament xodimini xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻining vakolatlari doirasida ularning buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi. Departamentning hududiy boshqarmalarida yordamchi shaxslar va texnik xodimlarni xizmatga qabul qilishni ushbu boshqarmalar boshliqlari amalga oshiradilar.
Xizmatga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
6. Agar shaxs:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
sudning qarori bilan huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa;
sudlangan boʻlsa;
siyosiy partiyalar va harakatlar aʼzosi boʻlsa Departamentga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
7. Departamentning attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlariga darajali maxsus unvonlar beriladi. Darajali maxsus unvonlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilanadi.
8. Departament xodimiga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda oʻrindoshlik boʻyicha ishlash taqiqlanadi, ijodiy, ilmiy va oʻqituvchilik faoliyati bundan mustasno.
9. Departament xodimlari lavozimlari roʻyxati Departament boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
10. Departament xodimi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq qasamyod qabul qiladi. Qasamyod Departamentning rahbarlari va mansabdor shaxslari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi.
Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va unga imzo chekadi.
Qasamyod matni yozilgan imzolangan varaq xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildida saqlanadi.
11. Departament xodimlarini xizmatda lavozimga koʻtarish ularning ishchanlik va shaxsiy fazilatlariga, ishning topshirilgan uchastkalarida erishilgan natijalarga va yuqori lavozim vazifalarini bajarish uchun namoyon qilingan qobiliyatlarga muvofiq, shuningdek attestatsiya xulosalarini amalga oshirish tartibida amalga oshiriladi.
12. Xodimning qoʻyiladigan talablarga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Attestatsiya oʻtkazishda attestatsiyadan oʻtkazilayotgan mansabdor shaxsning kasb-kor boʻyicha yaroqliligi va egallab turgan lavozimiga muvofiqligi, shuningdek uning bundan buyon xizmat qilishiga va darajali maxsus unvon berishga doir takliflar koʻrib chiqiladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori huzuridagi maxsus inspeksiya tomonidan, Departament boshligʻining buyruqlari bilan lavozimga tayinlanadigan xodimlar — Departamentning attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
III. Darajali maxsus unvonlar
13. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur Nizom Departament xodimlariga darajali maxsus unvonlar belgilash va berish tartibini belgilab beradi.
14. Darajali maxsus unvon berish xodimning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda va egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
15. Darajali maxsus unvonlar roʻyxati va ularning lavozimlarga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
16. Har bir darajali maxsus unvonda boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
3 — darajali yurist — 2 yil
2 — darajali yurist — 2,5 yil
1 — darajali yurist — 3 yil
adliya kichik maslahatchisi — 3 yil
adliya maslahatchisi — 3,5 yil
Departament xodimlarining 2 va 3 - darajalardagi Davlat adliya maslahatchisi va adliya katta maslahatchisi unvonlarini egallab turish muddati belgilanmaydi.
17. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali maxsus unvonlar Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Boshqa darajadagi maxsus unvonlar Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan beriladi.
18. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlarida va oʻzga tashkilotlardan Departamentga ishga oʻtgan xodimlarga darajali maxsus unvonlar ularning Departamentda tayinlangan lavozimi, oldingi unvoni va ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori quyidagi huquqlarga ega:
ayrim hollarda Departament xodimlariga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra navbatdagi darajali maxsus unvonlarni mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan muddat tugamasdan avval berish;
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda Departament boshligʻining taqdimnomasiga koʻra unvonni navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan unvondan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori unvon berish;
2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi maxsus unvonini berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat etish.
20. Departamentning darajali maxsus unvonlar berilgan xodimlari mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun Departamentdan boʻshatilganda darajali maxsus unvondan mahrum etilishi mumkin. Departament xodimi oʻz xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.
21. Departament xodimlarini oliy darajali maxsus unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali maxsus unvonlarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali maxsus unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
Departament xodimlarini darajali maxsus unvonlardan mahrum etish sudning hukmi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
22. Departamentning darajali maxsus unvonlarga ega boʻlgan xodimlariga lavozim maoshlariga tegishli pul ustamalari toʻlanadi.
23. Departamentning darajali maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlari xizmat vazifalarini bajarish davrida alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libos kiyadilar. Oliy darajali maxsus unvonga va adliya katta maslahatchisi darajali maxsus unvonga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan Departament xodimlari alohida koʻrinishdagi belgilar taqilgan maxsus libosni kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
IV. Ragʻbatlantirish
24. Departament xodimlari xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari, tashabbuskorligi va ishdagi tezkorligi uchun ragʻbatlantiriladilar.
25. Ragʻbatlantirishlarning quyidagi turlari mavjud:
tashakkurnoma;
pul mukofoti;
ilgari berilgan jazoni olib tashlash;
faxriy yorliq;
sovgʻa;
qimmatbaho sovgʻa;
belgilangan muddat toʻlishidan avval navbatdagi darajali maxsus unvon berish.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hamda Davlat organlari xodimlari kasaba uyushmalari uyushmasi Markaziy Qoʻmitasi va jamoat tashkilotlarining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash mumkin.
Departamentning xodimlari alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, boshqa mukofotlar, mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan qoʻshimcha haq va ustamalar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
Departament boshligʻiga oʻzining shaxsiy farmoyishi bilan oddiy xodimdan boshlab Departament boshligʻi oʻrinbosarigacha xodimlarning lavozim maoshlariga bir yillik lavozim maoshi miqdorida ragʻbatlantirish shaklida mukofotlash ustamalari belgilash huquqi beriladi. Ushbu masala boʻyicha alohida Nizom Moliya vazirligi bilan kelishiladi.
Departament va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini ragʻbatlantirish Departament faoliyati natijasi va u tufayli davlat budjeti olgan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Agar Departament tomonidan undirilgan va davlat budjetiga tushgan mablagʻlar Departamentning ish haqi fondi miqdoridan ortiq boʻlmasa va uning xodimlarining ish haqini qoplamasa xodimlariga mukofotlash ustamalari toʻlanmaydi.
26. Berilgan intizomiy jazo oʻz kuchini yoʻqotmagan xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish qoʻllanilmaydi.
27. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti, sovgʻa berish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi;
qimmatbaho sovgʻa bilan mukofotlash, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Faxriy yorligʻini berish, belgilangan muddat toʻlishidan avval navbatdagi darajali maxsus unvon berish, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va kasaba uyushmalari uyushmasi Markaziy Qoʻmitasining Faxriy yorligʻini berish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan amalga oshiriladi.
28. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi va u Departamentning ragʻbatlantirilayotgan xodimiga eʼlon qilinadi. Zarur hollarda esa Departamentning barcha xodimlari eʼtiboriga yetkaziladi. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
V. Intizomiy jazolar
29. Departament xodimlariga nisbatan intizomiy jazo oʻz xizmat vazifasini bajarmaganligi, yoxud lozim darajada bajarmaganligi yoki Departament xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
30. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;
lavozimini pasaytirish;
darajali maxsus unvonini bir pogʻona pasaytirish;
xizmat majburiyatlari bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun xizmatdan boʻshatish.
Quyidagilar xizmat vazifasini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:
uzrli sabablarsiz progul (shu jumladan ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda boʻlmaslik);
xizmatga mast holda kelish, teng ravishda ish joyida spirtli ichimliklar ichish;
jinoiy jazolanadigan qilmish yoki xatti-harakat sodir etish;
Departament xodimining Qasamyodini buzish.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Departamentning xizmatga qabul qilish huquqi uning vakolatiga kiruvchi xodimlariga nisbatan intizomiy jazoning barcha turlarini qoʻllashga haqlidir. Departament boshligʻi va hududiy boshqarmalar boshliqlari Departament yoki hududiy boʻlinmalar xodimlariga nisbatan intizomiy jazolarni mazkur Nizomning 30-bandida nazarda tutilgan hayfsan va jarima shaklida qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular xizmatga qabul qilish huquqi oʻz vakolatlariga kiruvchi xodimlarning mansabini pasaytirishi yoxud ishdan boʻshatishi mumkin.
32. Intizomiy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani hal etayotgan mansabdor shaxs sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan oʻzi aniqlashi shart. Zarur hollarda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin.
Intizomiy jazo qoʻllangungacha Departament xodimidan tushuntirish xati talab qilinishi kerak. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi u ilgari sodir etgan qilmishi uchun jazo chorasi qoʻllashga toʻsqinlik qila olmaydi.
Har bir qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanadi.
Intizomiy jazo bevosita aniqlangan qilmish uchun, biroq qilmish aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qoʻllaniladi, bu muddatga xodimning kasal boʻlgan yoki mehnat taʼtilida boʻlgan vaqti kirmaydi.
Intizomiy jazo qilmish sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtgach, xizmat tekshiruvi natijalari boʻyicha esa u sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan keyin qoʻllanishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan muddatlarga jinoiy ishni koʻrib chiqish vaqti kirmaydi.
Jazo chorasi buyruq bilan beriladi, u xodimga imzo qoʻydirgan holda eʼlon qilinadi va uning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Departament boshligʻi, buyruqda oʻz qarorini asoslagan holda, jazoni bekor qilish, uni kuchaytirish yoki yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo chorasi sifatida ishdan boʻshatish qoʻllangan boʻlsa, u holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Departament boshligʻi ishdan boʻshatishni asossiz deb hisoblab, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash va unga majburiy ishlanmagan vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yil uchun oʻrtacha ish haqini toʻlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
34. Agar xodim jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi intizomiy jazo olmagan boʻlsa u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
35. Intizomiy jazo amal qilishi muddati mobaynida xodimga nisbatan ragʻbatlantirishlar qoʻllanilmaydi. Intizomiy jazo mavjudligi xodim lavozimini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi holat deb ham hisoblanadi.
36. Intizomiy jazolar qoʻllanilishi boʻyicha oʻzlariga berilgan vakolatlarni oshirib yuborgan yoki ularni Departament yoki hududiy boshqarmalar xodimlariga nisbatan zarur darajada qoʻllashmagan Departament boshligʻi, hududiy boshqarmalar boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prokurori oldida javob beradilar.
37. Xodimga nisbatan qoʻllangan intizomiy jazo yuzasidan intizomiy jazo qoʻllanganligi toʻgʻrisidagi buyruq xodimga eʼlon qilingandan keyin ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yoki Departament boshligʻiga shikoyat qilinishi mumkin.
Shikoyat u tushgan kundan boshlab oʻn kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa u tushgan kundan boshlab bir oydan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Shikoyat bilan murojaat qilish intizomiy jazoni ijro etishni toʻxtatmaydi.
VI. Departament xodimlarini moddiy va ijtimoiy taʼminlash
38. Departament xodimlarining pul taʼminoti lavozim maoshidan, darajali maxsus unvon va koʻp yillik xizmati uchun ustamalardan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlarning lavozim maoshlari, daraja unvonlari va koʻp yillik xizmatlari uchun ustamalar prokuratura xodimlari uchun belgilangan tartibda va miqdorda oʻrnatiladi.
(38-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-noyabrdagi 243-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 43-44-son, 332-modda)
Koʻp yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 1995-yil 19-maydagi 247-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining darajali maxsus unvonga ega boʻlgan xodimlarga koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
39. Darajali maxsus unvonlar berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha bepul formali kiyim bilan taʼminlanadi.
40. Departament xodimlariga 30 kunlik har yilgi mehnat taʼtili beriladi. Attestatsiyadan oʻtgan, 15 kalendar yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga ish staji:
15 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 5 kun;
25 kalendar yildan ortiq boʻlganda — 10 kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.
Xodimlarni har yilgi navbatdagi taʼtildan chaqirib olishga xizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda, xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmagan qismi kech muddatlarga oʻtkaziladi.
41. Departament xodimlariga oilaviy sharoitiga koʻra, shuningdek boshqa uzrli sabablar boʻyicha haq toʻlanmaydigan, navbatdagi taʼtil hisobiga oʻtkazilmaydigan qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Departament xodimlarining va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-noyabrdagi 243-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 43-44-son, 332-modda)
43. Xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega.
Departamentning pensiya oluvchi xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmatlar koʻrsatish ular roʻyxatda turgan davolash muassasalarida amalga oshiriladi.
44. Departament xodimlari xizmat safarlariga yuborilganda barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari va mehmonxonalarda joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
45. Departament xodimlarini ijtimoiy sugʻurtalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Departamentda xizmat qilishni toʻxtatish
46. Departamentda xizmat qilish xodim ishdan boʻshatilganda toʻxtatiladi.
Quyidagilar xizmat qilishni toʻxtatish uchun asos hisoblanadi:
xodimning oʻz tashabbusi;
tomonlarning kelishuvi;
ishda xodimlar soni (shtatlar)ning qisqarishi yoki xizmat xususiyatining oʻzgarishini keltirib chiqaruvchi tashkiliy oʻzgarishlar natijasida xodimlar sonining qisqartirilishi;
xodimning malakasi yetarli darajada emasligi yoki salomatligiga koʻra bajarayotgan vazifasiga nomuvofiqligi;
salomatligiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq muddat mobaynida oʻz vazifasini bajarishga noqobilligi;
ogohlantirilganidan keyin ham mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan faoliyatni davom ettirayotgan boʻlsa;
unga nisbatan sud ayblov qarorining qonuniy kuchga kirishi;
xodim tomonidan oʻz xizmat burchining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi, bunday qoidabuzarlik holatlarining roʻyxati mazkur Nizomning 29-bandida keltirilgan;
xodim tomonidan oʻz xizmat burchining muntazam ravishda buzilishi. Xizmat burchini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat burchining buzilishi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi, agar jazo muddatidan oldin olib tashlangan boʻlmasa;
Departament xodimining Qasamyodini buzish, shuningdek Departament xodimining shaʼni va obroʻsini toʻkuvchi qilmish sodir etishi;
xodimning Departamentda xizmat qiluvchilar uchun cheklangan yoshga toʻlishi;
xodimning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum boʻlishi;
sud qarori bilan uning vafot etgan deb eʼlon qilinishi.
47. Departament xodimlarining xizmatda boʻlishlari uchun cheklangan yosh chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh. Xizmat manfaatlari nazarda tutilgan holda xodim mazkur yoshga toʻlganidan keyin muddatli shartnoma asosida mehnatga haq toʻlash shartlari saqlangan holda Departamentda xizmat qilishni davom ettirishi mumkin.
Cheklangan xizmat muddatining tegishli rahbarning qaroriga muvofiq 5 yilgacha uzaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Cheklangan xizmat muddatining bundan keyin ham uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Egallab turgan lavozimidan ozod qilingan xodim kadrlar boʻlimi ixtiyoriga, oxirgi xizmat joyidagi oʻrtacha oylik maoshi saqlangan holda oʻtkaziladi. Uni kelgusidagi xizmat vazifasiga tayinlash masalasi bir oydan kech boʻlmagan muddat ichida hal etilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi
huzuridagi Soliqqa oid jinoyatlarga
qarshi kurashish departamentida xizmatni
oʻtash toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimining
QASAMYoDI
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Men (qasamyod qabul qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga xizmatga kirar ekanman, Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, inson va fuqaro huquqlariga rioya etishga, boshliqlarning buyruqlarini vijdonan bajarishga, vijdonli, jasur xodim boʻlishga, Vatanning iqtisodiy manfaatlarini sergaklik bilan qoʻriqlashga, davlat va xizmat sirlarini qattiq saqlashga qasamyod qilaman.
Agar men qabul qilgan Qasamyodni buzsam Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan javobgarlikka tortilishga tayyorman.
(Imzo)
(Sana)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 13-martdagi 87-son qarorida:
qarorning 3-bandi va qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-bandning ikkinchi xatboshidan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
7-banddan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1, 2, va 2a-ilovalardan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 5-maydagi 180-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 20-modda):
1-bandning uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
8.4-bandning ikkinchi xatboshidan “tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
9.1-bandning “o” kichik bandidan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
9.1-banddan “p” kichik band chiqarib tashlansin;
9.2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“i” — “o” kichik bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga beriladi”;
9.2-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
16-banddan “Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
qarorga 4-ilova 3.1-bandining yigirmanchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda; 2002-y., 22-son, 182-modda; 2010-y., 21-son, 162-modda; 2013-y., 50-son, 647-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 24-son, 497-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son; 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)