Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi va tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotlar, tushumlar boʻyicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-avgustdagi PF-5174-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 9-fevraldagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2660, 2015-yil 11-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 10-son, 121-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi va tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotlar, tushumlar boʻyicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning hisoblanishi va tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotlar, tushumlar boʻyicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish hamda taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandning
uchinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Respublika yoʻl jamgʻarmasi deb yuritiladi) va Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Respublika yoʻl jamgʻarmasi deb yuritiladi) va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
7-banddagi, 8-bandning
beshinchi xatboshisidagi, 13-bandning
beshinchi xatboshisidagi va 19-bandning
beshinchi xatboshisidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” va “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar tegishlicha “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga” va “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
3,
7 va 16-ilovalarning
nomidagi hamda 24-ilovaning
nomi va
matnidagi “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4.
4, 8-ilovalarning
nomidagi, 13-ilovaning
matnidagi, 17-ilovaning
nomidagi,
18,
19,
20 va 21-ilovalarning
matnidagi hamda 25-ilovaning
nomi va
matnidagi “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga” va “Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar tegishlicha “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga” va “Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3 422 110 298 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji”;
3 422 102 293 qatorning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji”;
3 430 101 332 qator nomidagi “xoʻjalik” degan soʻz “iqtisodiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3 422 219 322 qator nomidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.