Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-oktabrdagi 57-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2530, 2013-yil 26-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 628-modda) bilan tasdiqlangan Havo kemalarida pochtani tashish qoidalarining
93-bandidagi “Xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar “iqtisodiy sudga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.