1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1945-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-son “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 19-martdagi 37-son “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1945, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 217-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-noyabr,
158-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 20-noyabrdagi 158-son buyrugʻiga ILOVA
“Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilova ilovasining 8-ustuni nomidagi “xoʻjalik sudi” va “xozyaystvennogo suda” degan soʻzlar tegishlicha “iqtisodiy sud” va “ekonomicheskogo suda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 7-ilova 1406-bandining “d” kichik bandidagi “xoʻjalik sudining” degan soʻzlar “iqtisodiy sudning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2017-y., 10/17/1945-4/0331-son)