Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2008-yil 25-dekabrdagi 100-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1889, 2009-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 45-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining Apellatsiya kengashiga apellatsiyalar va arizalarni topshirish hamda koʻrib chiqish
qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. 7-bandning “g” kichik bandi
ikkinchi xatboshisi “muhri bilan” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2.
21-banddan “, shuningdek ularsiz apellatsiya toʻliq va obyektiv koʻrilishi mumkin boʻlmagan boshqa masalalar hal qilinmagunga qadar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“38. Apellatsiya kengashining qarori qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida apellatsiya yoki ariza bergan shaxsga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi hamda Agentlikning oʻz rasmiy veb-saytida ham joylashtiriladigan rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.”.