toggle_night_mode
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yoqilgʻi-energetika resurslariga jahon narxlarining oʻsishini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avtobenzin va dizel yoqilgʻisi isteʼmoliga soliqni hisobga olgan holda quyidagi chakana narxlar belgilansin:
b) ulgurji-sotish narxlari (QQSni hisobga olgan holda):
aviakerosin — bir tonna uchun 4450 ming soʻm;
yoʻl bitumi — bir tonna uchun 2300 ming soʻm;
yoqilgʻi mazuti — bir tonna uchun 2400 ming soʻm;
motor moylari — bir tonna uchun 4800 ming soʻm;
sanoat moylari — bir tonna uchun 3400 ming soʻm;
d) 2018-yil 1-apreldan boshlab tabiiy gaz uchun 1,1 baravarga va elektr energiyasi uchun 1,12 baravarga oshirilgan holda belgilansin.
Bunda import boʻyicha olib kelinadigan va import (buyurtmachi tomonidan yetkazib beriladigan) xomashyosini qayta ishlashdan olingan Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 rusumli avtobenzini, dizel yoqilgʻisi (sifat va Yevropa standartlariga muvofiq), shuningdek aviayoqilgʻisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali erkin tijorat narxlarida sotiladi.
2. 2017-yil 15-noyabrdan boshlab:
“Oʻzneftmahsulot” AJ neft bazalari tomonidan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalariga sotiladigan avtobenzin va dizel yoqilgʻisi (transport vositalari uchun benzin va dizel yoqilgʻisi isteʼmoliga soliq chegirilgan holda) chakana narxining 10 foizi miqdorida chegirma belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yil 15-noyabrga qadar yangi chakana narxlar preyskurantlarini tasdiqlasin va barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yetkazsin.
4. “Oʻzneftmahsulot” AJ va uning mintaqaviy tashkilotlari, shuningdek avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtobenzin sotishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2017-yil 15-noyabr holatiga avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida avtobenzin qoldiqlari qayta baholansin. Qoʻshimcha baholash summasi toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga oʻtkazilsin.
5. “Oʻzneftmahsulot” AJga avtobenzinni sotishdan tushadigan tushumning 40 foizidan import xomashyo yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob qilish va tijorat banklari kreditlarini qaytarish uchun maqsadli foydalanishga ruxsat berilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Avtobenzinning chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-oktabrdagi 360-son va “Dizel yoqilgʻisining chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2014-yil 30-iyundagi 174-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. “Oʻzbekneftgaz” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-noyabr,
913-son