Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PQ-3231-son “Taʼlim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini hamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/436, 5083, 107-son qarori (roʻyxat raqami 1537, 2006-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
11-band quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh: tibbiyot muassasalari rahbarlarining oylik ustamalari yuqori turuvchi tashkilotning qaroriga binoan tarif stavkasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.”.
2.
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.