1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.03.00 Maʼmuriy-hududiy boʻlinish;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Maʼmuriy-hududiy tuzilish;
2.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyuldagi PQ-3142-son qarori va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 4-avgustdagi PF-5134-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqib, yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi U.S. Ismailov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 3-noyabr,
PQ-3374-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3374-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyat hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi*
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 50 — 55 nafar.
* Toshkent viloyatidan tashqari.
** Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlariga tegishli
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni hududlarning toifasidan kelib chiqqan holda belgilanadi”.
2. 2-ilovada “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul xodimi” bloki “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya kotibi” bloki bilan almashtirilsin.
3. 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarini cheklangan soni — 18 — 23 nafar.
* Bekobod, Xonobod, Shirin va Quvasoy shaharlari hokimliklariga tegishli.
** Xiva va Shahrisabz shaharlarida hokimning iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoatni va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi.
*** Quvasoy shahar hokimligiga tegishli.
**** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni viloyatga boʻysunuvchi shaharlarning toifasidan kelib chiqqan xolda belgilanadi”.
4. 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq tumanlari hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi
Boshqaruv xodimlarini cheklangan soni — 19 — 25 nafar.
*** Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni qishloq tumanlarining toifasidan kelib chikkan xolda belgilanadi”.
6. 2g-ilovada “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning masʼul kotibi” bloki “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya kotibi” bloki bilan almashtirilsin.
7. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan soni
T/r
Hududlar nomi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni
I toifali hududlar boʻyicha
1.
Andijon viloyati
53
2.
Qashqadaryo viloyati
53
3.
Samarqand viloyati
55
4.
Toshkent viloyati*
64
5.
Fargʻona viloyati
53
II toifali hududlar boʻyicha
6.
Buxoro viloyati
55
7.
Navoiy viloyati
53
8.
Namangan viloyati
53
9.
Surxondaryo viloyati
53
10.
Xorazm viloyati
55
III toifali hududlar boʻyicha
11.
Jizzax viloyati
50
12.
Sirdaryo viloyati
50
Toifadan tashqari
13.
Toshkent shahri **
59
Jami
706
* Turizmni rivojlantirish departamenti (35 nafar) hisobga olinmagan xolda.
** Kapital qurilish boshqarmasi (8 nafar), Investitsiyalar va xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boshqarmasi (6 nafar) hamda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (40 nafar) hisobga olinmagan holda”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3374-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorazm viloyatining Xiva shahri va Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahri hokimliklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3124-son qarorining 9-bandi va qarorga 2-ilova.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyuldagi PQ-3129-son qarorining 5-bandi va qarorga ilova.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 07/17/3374/0208-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)