toggle_night_mode
Hujjat 31.07.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydali qazilma ruda konlarini sanoat koʻlamida oʻzlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PP-3145-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-noyabr,
PQ-3369-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PQ-3369-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan Davlat mulki obyektlari roʻyxatidagi:
128-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
quyidagicha mazmundagi 1851 pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“‎

1851

“OʻzGEORANGMETLITI” DUK

Toshkent sh.

”.‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 07/17/3369/0204-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)