1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;
2.Iqtisodiyot / Konchilik]
Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Foydali qazilma ruda konlarini sanoat koʻlamida oʻzlashtirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Innovatsion texnologiya yechimlarini tatbiq etish asosida foydali qazilma ruda konlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish, shuningdek, yer qaʼrini geologik oʻrganish, oqilona foydalanish va muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “OʻzGEORANGMETLITI” DUKni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat geologiya qoʻmitasi) tizimiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi “OʻzGEORANGMETLITI” DUKning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
foydali qazilma ruda konlarini, birinchi galda qimmatbaho va rangli metallar, shuningdek, uranni qazib olish va ishlash boʻyicha konchilik va metallurgiya sanoati obyektlari uchun loyiha oldi va loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.13.00 Qazilma xomashyolarni qazib olish sanoati]
konchilik va metallurgiya sanoatiga yuqori texnologik uskunalar va zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish monitoringini olib borish, ularning ishlab chiqarish-texnik va moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini baholash;
jahon fani va amaliyoti yutuqlarini tahlil qilish asosida qiyin togʻ-geologik sharoitlarida konlarni kompleks oʻzlashtirish sohasida samarali loyiha yechimlarini ishlab chiqish;
mineral xomashyoni qazib olish texnologiyasi sohasida amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish hamda asosiy va qoʻshilib chiqadigan qimmatbaho komponentlarning yuqori darajada chiqarib olinishini hisobga olgan holda ularni kompleks ravishda qayta ishlash;
respublika kon-metallurgiya kombinatlarining investitsiya loyihalarida nazarda tutilgan loyiha yechimlarini toʻliq va sifatli amalga oshirish boʻyicha mualliflik nazoratini olib borish;
institutni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash tadbirlarini amalga oshirish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
loyiha-qidiruv ishlari sohasida kadrlarni, jumladan, yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarida va oʻquv markazlarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ular mehnatini ragʻbatlantirishning samarali choralarini joriy etish;
3. Quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi “OʻzGEORANGMETLITI” DUKning taʼsischisi hisoblanadi:
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4077-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
“OʻzGEORANGMETLITI” DUK doimiy asosli va investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan butun davr mobaynida tasdiqlangan loyiha yechimlariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshiradi va loyiha tashabbuskori bilan birgalikda mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlash texnologiyasini yanada takomillashtirish ishlarini olib boradi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-maydagi “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2946-son qarorida yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari uchun nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar “OʻzGEORANGMETLITI” DUKga nisbatan saqlab qolinadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son)
4. Belgilansinki, “OʻzGEORANGMETLITI” DUKning faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat geologiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi bir oy muddatda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.02 Operativ boshqarish huquqi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.02.00 Noturar joy fondi obyektlariga mulk huquqi va boshqa huquqlar. Balansdan balansga berish]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda “OʻzGEORANGMETLITI” DUKning tegishli binolari, inshootlari va boshqa mulkini operativ boshqarish huquqi bilan qabul qilish-topshirishni;
“OʻzGEORANGMETLITI” DUKning yangilangan ustavini tasdiqlash va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni;
Institutni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tasdiqlashni;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
“OʻzGEORANGMETLITI” DUKni Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 15-uyga joylashtirishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
6. “OʻzGEORANGMETLITI" DUKga, texnik zarurat boʻlganda, loyiha oldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga yetakchi xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini hamda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishga ruxsat berilsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
7. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK direktori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxirasi boʻyicha davlat komissiyasi aʼzosi hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/0843-son)
8. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3004-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek, qarorning 3-ilovasi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik uyushmalari bilan birgalikda ikki oy muddatda belgilangan tartibda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi I.B. Toʻramurotov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-iyul,
PQ-3145-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 725-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 07/18/3578/084-son, 27.12.2018-y., 07/18/4077/2380-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)