toggle_night_mode
Hujjat 02.11.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Foydali qazilma ruda konlarini sanoat koʻlamida oʻzlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv ishlarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-iyuldagi PP-3145-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islomov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-noyabr,
PQ-3369-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PQ-3369-sonli qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli qarorida:
1-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tizimi boʻlinmalarining oʻzaro hamkorlik sxemasida “Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari” blokidagi “2. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2-ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tizimi Tashkiliy tuzilmasining “Yetakchi loyiha-qidiruv tashkilotlari” blokidagi “2. “OʻzGEORANGMETLITI” DUK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan Davlat mulki obyektlari roʻyxatidagi:
128-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
quyidagicha mazmundagi 1851 pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:

“‎

1851

“OʻzGEORANGMETLITI” DUK

Toshkent sh.

”.‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 07/17/3369/0204-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)