toggle_night_mode
Hujjat 01.11.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining 1-son pansionati hududidagi obodonlashtirish obyektlarining zarur tarzda saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini, noyob manzarali, ignabargli daraxtlar va butalarning saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda) 4z-ilova matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-oktabr,
885-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-oktabrdagi 885-son qaroriga
ILOVA
“Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Hukumat obyektlariga xizmat koʻrsatish ixtisoslashtirilgan boshqarmasining
TAShKILIY TUZILMASI
Izohlar.
Ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
* “Doʻrmon” milliy bogʻi direksiyasining tuzilmasi va xodimlari soni Vazirlar Mahkamasining “Doʻrmon” milliy bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-iyundagi 144-son qaroriga muvofiq belgilangan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2017-y., 09/17/885/0197-son)