Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasining 1-son pansionati hududidagi obodonlashtirish obyektlarining zarur tarzda saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini, noyob manzarali, ignabargli daraxtlar va butalarning saqlanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda) 4z-ilova
matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.