O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi
Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi hamda Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari N. Jo‘rayev zimmasiga yuklansin.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1.
62-banddagi “fermerlar kengashlari” degan so‘zlar “fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2.
4,
41 va
42 -ilovalardagi “ikki kundan kechikmay” degan so‘zlar “bir kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.