Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-19-son “Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning (roʻyxat raqami 2778, 2016-yil 12-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 155-modda)
13-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.