toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlgan jazolarni ijro etish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi PQ-3200-son qaroriga muvofiq, shuningdek jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan Jazoni ijro etish departamenti tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
jazoni ijro etish muassasalarining. soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʻlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi oʻrinlarda — JIED) jazoni ijro etish muassasalarining ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarini maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
861-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 861-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markazlashtirilgan jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Markazlashtirilgan jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Markazlashtirilgan jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentida (keyingi oʻrinlarda — JIED) yuridik shaxs tashkil etmagan holda tuziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari JIEDning maxsus gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
2-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Quyidagilar Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi faoliyatidan, shuningdek, xizmatlar koʻrsatishdan oladigan daromadlaridan JIED tomonidan belgilanadigan miqdorlardagi ajratmalar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ijro hujjatlari boʻyicha Davlat budjetiga jazoni ijro etish muassasalari tomonidan undirilgan mablagʻlarning 50 foizi miqdoridagi ajratmalar natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari;
boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
jazoni ijro etish muassasalarining soliqlar va yigʻimlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar taqdim etilishi natijasida jamgʻariladigan mablagʻlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlashtirilgan jamgʻarmaga ajratmalar miqdori jazoni ijro etish muassasalarining oladigan daromadlariga bogʻliq ravishda har bir muassasa uchun alohida belgilanadi va moliya yili yakunlari boʻyicha JIED boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
3-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
JIED binolari va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, shuningdek qurilish materiallari xarid qilish, JIED va uning muassasalari binolari va inshootlarini jihozlash;
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda texnik qayta jihozlash;
jazoni ijro etish muassasalariga moliyaviy yordam koʻrsatish;
avtotransport, aloqa vositalari, kompyuter va tashkiliy texnika, jihozlar va xoʻjalik buyumlari xarid qilish, shuningdek, ularni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish;
mahkumlar va qamoqqa olinganlarni qoʻriqlash va nazorat qilishning zamonaviy texnik vositalarini, shuningdek, JIED, uning muassasalari uchun boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari xarid qilish;
jazoni ijro etish muassasalari joylashgan joylarda JIED va uning muassasalari xodimlarining (ishchilarining) egallagan lavozimda boʻlish muddati davomida yashashi uchun moʻljallangan xizmat turar joylari (kvartiralar) qurish (xarid qilish), shu jumladan, ikkilamchi bozorda xarid qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
konsalting, sud va boshqa xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
JIED xodimlarini (ishchilarini) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlarini qoplash;
davriy bosma nashrlar, maxsus adabiyotlar, kitob mahsulotlari, kanselyariya buyumlari, tashqi targʻibot-tushuntirish vositalari (bannerlar va boshqalar) xarid qilish;
JIED va jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga, ishchi va xizmatchilariga moddiy yordam koʻrsatish, ustamalar belgilash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish;
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, profilaktik, madaniy va tantanali tadbirlar tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish va maishiy ehtiyojlar;
Oʻzbekiston Respublikasida qidiruvda boʻlgan mahkumlar xorijiy davlat sudlari tomonidan jarimaga tortilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga binoan keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqlaridan ushlab qolinishini nazarda tutgan holda toʻlanadigan jarima mablagʻlari.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida qidiruvda boʻlgan mahkumlarni (shaxslarni) ushlash jarayonida koʻmaklashgan fuqarolar, ichki ishlar organlari xodimlari va boshqa soha xodimlarini ragʻbatlantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari asosida homiylik xayriyalarini ajratish;
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish boʻlinmalariga yuqori malakali menejerlarni (mutaxassislarni), zarur mutaxassislikka ega boʻlmagan xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-apreldagi 232-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moddiy yordam JIED va jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga (ishchilariga) ularning yozma ariza orqali murojaatlari yoki tegishli muassasaning kasaba uyushmasi qoʻmitasining iltimosnomasi asosida istisno holatlarda (nikoh toʻyi, yaqin qarindoshlarning oʻlimi, ogʻir jarohat olish, kasallik, oiladagi ogʻir moddiy sharoit, tabiiy ofat oqibatlarida) koʻrsatiladi. Bunda koʻrsatiladigan moddiy yordam miqdori bir yilda lavozim maoshining ikki barobaridan oshishi mumkin emas.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish JIED boshligʻi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi JIED tomonidan, qonun hujjatlarida budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha belgilangan tartibda tuziladi va tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
9. Daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi moliyaviy mablagʻlar kelib tushishining prognozidan kelib chiqib va keyingi yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Daromadlar va xarajatlar prognozini tayyorlash, Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari tahlili hamda monitoringini amalga oshirish, Markazlashtirilgan jamgʻarma boʻyicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni qabul qilish va tahlil etish JIED Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi va Ishlab chiqarish-texnika boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
12. Markazlashtirilgan jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi moliyaviy yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
4-bob. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
13. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish JIED tomonidan amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlari JIED boshligʻi, JIED boshligʻining oʻrinbosari — Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻining qarori bilan sarflanadi, Markazlashtirilgan jamgʻarmadan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ortiq summadagi mablagʻlarni sarflash esa — JIEDning Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) qarori bilan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Komissiya tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan aʼzo, shuningdek kotibdan iborat boʻlib, JIED boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
JIED boshligʻi Komissiya raisi hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
16. Xolislik, ochiqlik va qarorlar qabul qilishda oshkoralik Komissiya ishining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
17. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ushbu Nizomda belgilangan tartibda Markazlashtirilgan jamgʻarma ishlarini tashkil etish va uning mablagʻlarini tasarruf etish;
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini doimiy monitoring qilish;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablagʻlar ajratish haqidagi buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va umumlashtirish, nisbatan dolzarb boʻlgan va asoslantirilgan buyurtmanomalarni tanlash;
ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda ajratilgan mablagʻlarni undirish va moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyish choralarini koʻrish;
Markazlashtirilgan jamgʻarma faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
18. Komissiya Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlar uchun foydalanish masalasini koʻrib chiqadi va qarorlar qabul qiladi.
19. Komissiya majlislari zaruratga koʻra oʻtkaziladi.
Komissiya majlislari uning ishida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari uning majlisida ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining ovozlari teng boʻlib qolgan taqdirda raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Komissiya qarori Komissiya majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi, Komissiyaning raisi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda JIEDning muhri bilan tasdiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
21. Komissiya raisi:
Komissiya ishida xolislik va ochiqlikni;
Komissiya tomonidan oʻzining zimmasiga yuklangan vazifalarning toʻliq bajarilishini;
Komissiya tomonidan Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha qarorlar qabul qilishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
22. Komissiya kotibi:
Oldingi tahrirga qarang.
JIEDning tegishli xizmatlari va jazoni ijro etish muassasalaridan Komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va materiallarni soʻrab oladi;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Komissiya majlisini oʻtkazish uchun zarur axborotlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida uchun kun oldin ularni Komissiya raisi va aʼzolariga taqdim etadi;
Komissiya majlisi bayonlarining rasmiylashtirilishi, Komissiya hujjatlarining yuritilishi va saqlanishini taʼminlaydi.
23. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan jazoni ijro etish muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, taʼmirlash hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga mablagʻ ajratish uchun Komissiyaga mavjud muammolar va ularning yechimi, mablagʻlarni sarflash maqsadlari va kutilayotgan natijalar koʻrsatilgan tushuntirish xati, zarur jihozlar va ehtiyot qismlar roʻyxati, soʻralayotgan summaning hisob-kitobi, shuningdek bajariladigan ishlar hajmi koʻrsatilgan taʼmirlash boʻyicha kamchiliklar dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar taqdim etiladi.
5-bob. Hisob va hisobot
24. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ularni sarflash hisobi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotni yuritish JIEDning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
25. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlarining tushumi va ularni sarflash haqida hisobot budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan JIEDning keyingi yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlashda Markazlashtirilgan jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari majburiy tartibda inobatga olinadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. JIED va jazoni ijro etish muassasalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi, buxgalteriya hisobining toʻgʻri yuritilishi, mablagʻlarning tushumi va sarflanishi toʻgʻrisidagi moliyaviy hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 445-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son)
Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilmagan holatlar aniqlanganda belgilangan maqsadda foydalanilmaganligi aniqlangan barcha summa aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralarini qoʻllagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
28. Markazlashtirilgan jamgʻarma mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Nazorat-taftish inspeksiyasi va boshqa sohaviy xizmatlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 09/17/861/0157; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 23.05.2020-y., 09/20/318/0644-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son, 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.04.2024-y., 09/24/232/0297-son)