1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Surunkali buyrak va jigar kasalliklarining terminal bosqichidagi bemorlarni yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan taʼminlash, shuningdek respublikada yaqin qarindoshlik transplantatsiyasini tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vaqtinchalik nizomning amal qilish vaqti — “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining kuchga kirish kunigacha deb belgilansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-yil 31-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga “Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini belgilangan tartibda kiritsin, unda jumladan transplantatsiya xizmatini rivojlantirishning yuridik mexanizmlari taʼminlanishi yuzasidan qatʼiy nazorat belgilanishini hamda transplantatsiyadan keyingi davrda bemorlarning doimiy dispanser kuzatuvi amalga oshirilishini nazarda tutsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
859-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-oktabrdagi 859-son qaroriga ILOVA
Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi haqida
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom tirik yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibini, yaqin qarindoshlar orasidagi transplantatsiyani bajarishga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni, donor va retsipiyentning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish (keyingi oʻrinlarda transplantatsiya deb ataladi) retsipiyentga oʻzining jabrlangan va hayot uchun muhim faoliyatini bajarolmasdan, uning sogʻligʻiga qaytarib boʻlmaydigan asoratlarga olib kelayotgan buyrak va (yoki) jigar boʻlagi oʻrniga tirik yaqin qarindoshlar orasidan sogʻlom buyrak va (yoki) jigar boʻlagini koʻchirib oʻtkazish maqsadida bajariladigan operativ amaliyotdir.
3. Tirik yaqin qarindosh donorlar — qonunchilik asosida, oʻzaro qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-onalar, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlar (shu jumladan asrab olinganlar), buva va buvilar, nabiralar, shuningdek er-xotinning ota-onalari, tugʻishgan yoki tutingan aka-uka va opa-singillar boʻlishi mumkin.
4. Donor va retsipiyent orasidagi yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma, shuningdek qarindoshlik rishtalarini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar kiradi.
Yaqin qarindoshlik aloqalarini isbotlovchi hujjatlar, shuningdek ularning haqiqiyligini tasdiqlovchi isbotlar haqidagi majburiyatlar donor va retsipiyent zimmasiga yuklanadi.
5. Un sakkiz yoshga toʻlmagan, belgilangan holatda oʻzini oʻzi boshqarolmaydigan deb topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar, narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksikomaniyadan azob chekayotgan shaxslardan transplantatsiya maqsadida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Transplantatsiya faqat quyidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida amalga oshiriladi:
Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi;
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
9. Quyidagilar buyrak transplantatsiyasiga nisbatan qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
turli xil lokalizatsiyalardagi klinik ahamiyatga ega surunkali va oʻtkir yuqumli xastaliklar, shu jumladan tuberkulyoz, VICH va boshqalar;
oshqozon-ichak traktining yarali jarohatlanishi;
retsipiyentlar qon zardobida ilgaridan mavjud boʻlgan limfotoksikantli tanalarning 30 foizdan ortiq boʻlishi;
surunkali yurak yetishmovchiligi, Pb, III bosqichlari;
jigar sirrozi, faol davridagi gepatit;
yurak, bosh miya va oyoqlar qon tomirlarining xastalanishi bilan kechuvchi tarqoq ateroskleroz;
ogʻir nevrologik xastaliklar (insult va boshqalar);
psixik xastaliklar;
xatarli yangi oʻsmalar;
davolanishga taʼsirchanligi boʻlmagan buyrak va peshob chiqarish yoʻllarining surunkali infeksiyasi.
10. Quyidagilar jigar boʻlagi transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatmalar hisoblanadi:
hayot uchun muhim organlar faoliyati, shu jumladan markaziy nerv sistemasi faoliyatining korreksiya qilinmaydigan buzilishlari;
jigardan tashqaridagi infeksion jarayon, shu jumladan tuberkulyoz, OITS yoki boshqa xil davolab boʻlmaydigan sistemali yoki manbali infeksion holatlar;
jigardan tashqari onkologik kasalliklar;
jigarning korreksiya qilinmaydigan va hayot bilan nomutanosib boʻlgan tugʻma qoʻshimcha kasalliklarning mavjudligi.
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini olish donorning sogʻligʻiga taʼsir qilib, rivojlanishi mumkin boʻlgan asoratlarning yuzaga kelishi haqida uni ogohlantirish;
donordan operativ usul bilan uning bir buyragi va (yoki) jigar boʻlagini olishga undan ongli ravishda va erkin holatda yozma shakldagi roziligini olish;
donorning transplantatsiyani bajarish mumkin ekanligini tasdiqlovchi toʻlaqonli tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi va transplantatsiya boʻyicha mutaxassislarning xulosasini olishini taʼminlash.
13. Donor va retsipiyentning tibbiy koʻrikdan, klinik, bioximiyaviy, shuningdek instrumental tekshiruvlardan oʻtkazilishi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
14. Transplantatsiyani amalga oshirishning zarurligi haqidagi soʻnggi qaror donor va retsipiyentning barcha hujjatlari va tibbiy tekshirish natijalari asosida maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiyaning tarkibi va ish reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
15. Transplantatsiya bajarilgandan soʻng davlat tibbiyot tashkiloti donor va retsipiyentni quyidagilar bilan taʼminlashi kerak:
profilaktik dispanser koʻrigi — kamida uch yil davomida;
ambulatoriya nazoratida boʻlgan bemorlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli dori vositalari bilan taʼminlash.
4-bob. Yakunlovchi qoida
16. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob berishadi.