toggle_night_mode
Hujjat 23.10.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2937]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-sentabr,
12-2017-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 12-2017-son buyrugʻiga
ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bitiruv (loyiha) ishi Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslari (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari deb yuritiladi) oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish jarayonida tinglovchi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan oʻquv-uslubiy ishlarning natijasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bitiruv (loyiha) ishini tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bitiruv (loyiha) ishi tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishidan kelib chiqib bitiruv ishi yoki loyiha ishi shaklida tayyorlanadi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish attestatsiya komissiyasida amalga oshiriladi.
4. Tinglovchilar bitiruv (loyiha) ishi mavzularini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazining (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) oʻquv-metodik ishlar boʻyicha oʻrinbosari yoki Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazining (bundan buyon matnda mintaqaviy (tarmoq) markaz deb yuritiladi) direktori tomonidan tasdiqlanadigan bitiruv (loyiha) ishi mavzulari roʻyxatida koʻrsatilgan mavzulardan birini oʻzining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishidan kelib chiqqan holda tanlaydi.
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilar Bitiruv (loyiha) ishi mavzulari roʻyxatini Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimidan yuklab oladi va mazkur veb-saytdagi tegishli tugmani bosish orqali tanlagan mavzusini belgilaydi.
Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishi mavzusini oʻzining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalish va fan sohasining dolzarb masalalaridan kelib chiqib ixtiyoriy tanlash huquqiga ega. Bunda tinglovchi tomonidan tanlangan bitiruv (loyiha) ishi mavzusi Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
5. Tinglovchining bitiruv (loyiha) ishi mavzusidan kelib chiqib unga tegishliligi boʻyicha Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz pedagoglari orasidan ilmiy rahbar biriktiriladi.
Tinglovchining bitiruv (loyiha) ishi mavzusi va unga biriktirilgan ilmiy rahbar tegishliligi boʻyicha Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ilmiy rahbar:
tinglovchiga bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash boʻyicha maslahatlar berib boradi;
bitiruv (loyiha) ishi rejasini tuzishda tinglovchiga koʻmaklashadi;
bitiruv (loyiha) ishining oʻz vaqtida tayyorlanishi va toʻgʻri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
bitiruv (loyiha) ishiga xulosa beradi.
7. Bitiruv (loyiha) ishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi kerak:
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda titul varaq;
bitiruv (loyiha) ishining annotatsiyasi;
mundarija;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati;
ilovalar (mavjud boʻlsa).
8. Bitiruv (loyiha) ishining kirish qismi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
bitiruv (loyiha) ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi;
bitiruv (loyiha) ishining obyekti va predmeti;
bitiruv (loyiha) ishining maqsadi va vazifalari;
bitiruv (loyiha) ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha oʻzaro tahlili;
bitiruv (loyiha) ishining nazariy va amaliy ahamiyati;
bitiruv (loyiha) ishi tuzilmasining tavsifi.
9. Bitiruv (loyiha) ishining asosiy qismi kamida ikki bobdan iborat boʻlib, boblar hajm jihatidan oʻzaro mutanosib boʻlishi kerak.
10. Bitiruv (loyiha) ishining asosiy qismida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
bitiruv (loyiha) ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilgʻor xorijiy tajribalarning qiyosiy tahlili;
bitiruv (loyiha) ishining amaliy qismi bayoni.
11. Bitiruv (loyiha) ishining xulosa qismida mavzu boʻyicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq koʻrsatiladi.
12. Bitiruv (loyiha) ishiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur boʻlgan, mavzuga doir qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin.
13. Bitiruv (loyiha) ishi tayyorlashda mualliflikni oʻzlashtirishga (plagiatga) yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Bitiruv (loyiha) ishini rasmiylashtirish va himoyaga taqdim etish
14. Bitiruv (loyiha) ishining matni 40 sahifadan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi.
15. Bitiruv (loyiha) ishining matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida joylashtirilishi lozim.
16. Bitiruv (loyiha) ishining betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim, bunda ilovalar alohida raqamlanadi.
Betning tartib raqami varaqning pastki oʻng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.
17. Bitiruv (loyiha) ishi:
standart varaq 1,5 qator oraligʻida (“polutorniy”) yozilishi;
har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi;
xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda boʻlishi;
matnning har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
18. Bitiruv (loyiha) ishi tinglovchining tanlovi boʻyicha oʻzbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki tegishliligi Bosh ilmiy-metodik markaz yoxud mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishgan holda boshqa tilda tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishini yakuniy attestatsiya oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin ilmiy rahbar xulosasi bilan birga Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markazga topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz tinglovchilarning bitiruv (loyiha) ishlarini attestatsiya komissiyasiga himoya uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakuniy qoida
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

_________________________________________________________________________________________________(tayanch oliy taʼlim muassasasining nomi)

‎‎HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH
‎VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH

‎‎‎‎_________________________ (mintaqaviy yoki tarmoq)

MARKAZI‎

‎‎“Himoyaga tavsiya etaman”

‎‎_____________________________________________

‎‎‎‎_____________________________________________(qayta tayyorlash va malaka markazi nomi)

__________‎‎(imzo)

‎‎________________________________(qayta tayyorlash va malaka markazi direktorining familiyasi, ismi,otasining ismi)

‎‎201__ yil “___”__________________

‎‎______________________________________________________________________________ yoʻnalishi tinglovchisi

‎‎(qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi nomi)

‎‎__________________________________________________________________ ning (tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎______________________________________________________________________________________ mavzusidagi (mavzu nomi)

‎‎_________________________ (bitiruv yoki loyiha)

ISHI‎

‎‎Ilmiy rahbar: ______________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎Toshkent shahri

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2937/0163-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)