1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va turlarini koʻpaytirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Qish-bahor davrida ichki isteʼmol bozorini barqaror toʻldirish uchun yangi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga gʻamlash maqsadida ularni xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash infratuzilmasining, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu yoʻnalishdagi ishlarni samarali muvofiqlashtirishning yetarli emasligi mavsumlar oraligʻidagi davrda narxlarni barqarorlashtirish va aholi ehtiyojini qondirish uchun ularni zarur hajmlarda oʻz vaqtida va toʻliq gʻamlash imkonini bermayapti.
Respublika aholisini va ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari hamda mavsumiy meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil boʻyi va uzluksiz taʼminlash, meva-sabzavot mahsulotlarini qish-bahor davri uchun tayyorlash va gʻamlash boʻyicha davlat buyurtmasini toʻliq hajmda bajarish, ichki isteʼmol bozorida mazkur mahsulotlar narxlarining keskin oʻzgarishlarini toʻxtatib turish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tashkiliy tuzilmasida:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini;
xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan norma va standartlarga muvofiq isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining keng koʻlamli zamonaviy laboratoriya tadqiqotlari oʻtkazilishini taʼminlaydigan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, yuqori texnologiyali sinash kompleksini;
masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ixtisoslashtirilgan koʻp tarmoqli qurilish-transport tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga, uyushmaning yangilangan tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda quyidagi qoʻshimcha vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari yuklansin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin:
davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq hajmlarda meva-sabzavot mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishini tashkil etish hamda aholini va boshqa isteʼmolchilarni arzon narxlardagi yangi meva-sabzavot mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz taʼminlash maqsadida ularni rejali tarzda sotish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
ixtisoslashtirilgan yangi omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, shuningdek, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy, yuqori texnologiyali, energiyadan samarali foydalanadigan uskunalarni faol joriy etish yoʻli bilan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini muntazam oʻrganish, obyektiv sabablarga koʻra mahalliy sharoitlarda yetishtirilmaydigan yoki respublikada yetishmaydigan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlarini import boʻyicha oʻz vaqtida chetdan keltirishni tashkil etish yuzasidan takliflarni kelishish uchun tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.06 Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xomashyolari va oziq-ovqatlari garovi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
dehqon oziq-ovqat bozorlarida chakana savdo tarmoqlarini kengaytirish, barcha tuman markazlarida, aholidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha punktlar tashkil etish hisobiga ularga meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita yetishtiruvchilardan toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilishni yoʻlga qoʻyish;
aholini, shu jumladan uzoqdagi va borish kiyin boʻlgan joylardagi aholini, shuningdek, ijtimoiy soha muassasalarini oziq-ovqat tovarlari va meva-sabzavot mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz taʼminlash;
respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan qabullarni oʻtkazishda umumiy ovqatlanish korxonalariga koʻmaklashish va tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
meva-sabzavot mahsulotlari uchun muvofiqlik sertifikatlari olishda, umumiy eʼtirof etilgan xalqaro normalar va standartlar talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda eksport qiluvchi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.13.00 Savdo va ombor binolari. Idish. Tovarlarni saqlash. Mavjud miqdorning tabiiy kamayishi]
yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni loyihalashtirishni va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etish, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar uchun qurilish-transport xizmatlari koʻrsatish.
3. Quyidagilar:
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining tashkiliy tuzilmasi hamda “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha hududiy filiallari va tashkilotlari roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining yangilangan ijro etuvchi apparati boshqaruvi xodimlarining cheklangan soni 53 nafardan iborat tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
4. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-iyungacha:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
ichki isteʼmol bozori konyunkturasini oʻrganish asosida ichki isteʼmol bozorida narxlarning barqarorligini saqlash uchun meva-sabzavot mahsulotlarini gʻamlash prognoz hajmlarini va ularning assortiment tarkibi aniqlanishini;
meva-sabzavot mahsulotlarining aniq yetishtiruvchilari bilan bogʻlagan holda tayyorlov tashkilotlarining joylashuvi tasdiqlanishini taʼminlasin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari kesimida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga doir qarorlar qabul qilishda davlat buyurtmasiga binoan meva-sabzavot mahsulotlari gʻamlash parametrlarini hisobga olsinlar.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
5. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi bir oy muddatda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha muassislarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining ijro etuvchi apparatini va “Oziqovqattaʼminot”ning hududiy filiallarini puxta tanlov asosida yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislari bilan toʻldirishni;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda — yangidan tashkil etilayotgan “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarini joylashtirishni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan korxonalarga ular tomonidan dehqon bozorlari hududlarida “Xizmat-beminnat” chakana savdo pavilyonlari tashkil etishda tashkiliy yordam koʻrsatishni;
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan aholidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
6. Quyidagilar “Xizmat-beminnat” shuʼba korxonalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita ularning yetishtiruvchilaridan xarid qilishni va ularni maqbul narxlarda dehqon bozorlarida sotishni tashkil etish;
dehqon bozorlarini “dala-doʻkon” qoidasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻldirish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga aholiga arzon narxlar bilan turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yil davomida sotishni tashkil etish uchun yengil konstruksiyalardan foydalangan holda “Xizmat-beminnat” ixtisoslashtirilgan savdo pavilyonlari qurishga dehqon bozorlari va yirik aholi uy-joy massivlari hududlarida bepul savdo joylari berishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzagrosugʻurta” AJ, “Oʻzbekinvest” milliy sugʻurta kompaniyasi, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi” AJ va boshqa sugʻurta tashkilotlari:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar boʻyicha qaytarmaslik tavakkalchiliklariga ajratiladigan kreditlar summasining 80 foizigacha miqdorda yillik 1 foiz miqdoridagi imtiyozli stavka boʻyicha sugʻurta qoplovi berilishini;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar boʻyicha qaytarmaslik tavakkalchiligi sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tashkilotlarining sheriklik guruhi tuzilishini taʼminlab borsin.
9. 2017-yilning 1-noyabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
tayyorlov ishlari bilan shugʻullanadigan tashkilotlar faoliyati savdo faoliyatiga tenglashtiriladi va ularga savdo korxonalari uchun belgilangan soliq solish tartibi tatbiq etiladi. Bunda savdo faoliyatining tegishli turlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliq solinadigan savdo aylanmasi faoliyatining mazkur turi boʻyicha yagona soliq toʻlovi obyekti hisoblanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish boʻyicha tovar aylanmasi yagona soliq toʻlovidan 5 yil muddatga ozod etilsin.
Belgilansinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — kelgusida ulardan yangi ixtisoslashtirilgan omborxonalar, kartoshka saqlash joylari va sovutish kameralari qurish va mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, meva-sabzavot tovarlarini qayta ishlash va qadoqlashning zamonaviy, yuqori texnologiyali uskunalari bilan jihozlashda foydalanish uchun “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining maxsus hisob raqamiga yoʻnaltiriladi;
50 foizi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tasarrufida qoldiriladi hamda ulardan meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, gʻamlash va saqlashni moliyalashtirish, shuningdek, tijorat banklarining jalb etilgan kreditlarini toʻlash uchun foydalaniladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.03 Tovarlarni yetkazib berish;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport;
4.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.11.00 Savdo uylari, vakolatxonalar va boshqalar]
10. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlarga toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlari yuzaga kelishiga barham berish maqsadida, yangi, quritilgan va qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport kontraktlari asosida, oldindan haq toʻlamasdan, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan chet elda ochilgan savdo uylariga yetkazib berish va sotishga ruxsat etilsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.06.00 Chakana savdo (shuningdek, 03.11.01.02 ga qarang)]
paxta terimchilarining ovqatlanishini tashkil etish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini chakana savdo korxonalari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitob qilish boʻyicha sotish chakana tovar aylanmasiga tenglashtiriladi;
aholiga va ijtimoiy soha muassasalariga belgilab qoʻyilgan narxlar boʻyicha davlat resurslaridan ajratiladigan oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini (un, oʻsimlik yogʻi va shu kabilarni) sotish “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-sonli qarori 4-bandi, shuningdek, qarorning 1 — 3-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
PQ-3344-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining
TASHKILIY TUZILMASI
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi
Isteʼmol tovarlari va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tadqiqotlarini oʻtkazish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sinov kompleksi
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallari
14
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha tashkilotlar
56
Aholidan meva-sabzavotlari xarid qilish punktlari
157
Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qurilish-transport tashkiloti
“Xizmat-beminnat” UKning dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
228
LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha hududiy filiallari va tashkilotlari
ROʻYXATI
T/r
Tashkilotlar nomi
Soni
Joylashgan manzili
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Uyushmaning Qoraqalpogʻiston hududiy filiali
1
Nukus sh.
2.
MCHJ “Nukus universal bazasi”
4
Nukus sh.
3.
“Barakat-Toʻrtkoʻl” MCHJ
Toʻrtkoʻl tumani
4.
“Shimbayulgurjisavdoinvest” MCHJ
Chimboy tumani
5.
“Turon-Hamid” MCHJ
Xoʻjayli sh.
6.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
14
tumanlar
7.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
16
shahar va tumanlar
Andijon viloyati
8.
Uyushmaning Andijon hududiy filiali
1
Andijon sh.
9.
“Andijon goʻsht-sut savdo” MCHJ
6
Andijon sh.
10.
“Savdo sotiq” MCHJ
Andijon sh.
11.
“Toʻrtkoʻl” MCHJ
Izboskan tumani
12.
“Andijon yuksalish savdo” MCHJ
Andijon sh.
13.
“Andijon oziq-ovqat zaxira” MCHJ
Andijon sh.
14.
“Ibrohimjon sarhadlari” MCHJ
Baliqchi tumani.
15.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
14
viloyat tumanlari
16.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
18
shahar va tumanlar
Buxoro viloyati
17.
Uyushmaning Buxoro hududiy filiali
1
Buxoro sh.
18.
“Buxoro goʻsht-sut savdo” AJ
2
Buxoro sh.
19.
“Romitan savdo” MCHJ
Romitan tumani
20.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
11
viloyat tumanlari
21.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
19
shahar va tumanlar
Jizzax viloyati
22.
Uyushmaning Jizzax hududiy filiali
1
Jizzax sh.
23.
“Turkiston matlubot invest” MCHJ
3
Zomin tumani
24.
“Elga sadoqat” MCHJ
Doʻstlik tumani
25.
“Mannon ota” MCHJ
Jizzax sh.
26.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
12
viloyat tumanlari
27.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
12
shahar va tumanlar
Qashqadaryo viloyati
28.
Uyushmaning Qashqadaryo hududiy filiali
1
Qarshi sh.
29.
“Qashqadaryoulgurjisavdoinvest” MCHJ
4
Qarshi sh.
30.
“Qashqadaryotijoratsavdo” MCHJ
Qarshi sh.
31.
“Shahrisabz oziq-ovqat mollari” MCHJ
Shahrisabz tumani
32.
“Kitob meva-sabzavot zaxira” MCHJ
Kitob tumani
33.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
13
viloyat tumanlari
34.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
17
shahar va tumanlar
Navoiy viloyati
35.
Uyushmaning Navoiy hududiy filiali
1
Navoiy sh.
36.
“Navoiy oziq-ovqat invest” MCHJ
1
Navoiy sh.
37.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
8
viloyat tumanlari
38.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
14
shahar va tumanlar
Namangan viloyati
40.
Uyushmaning Namangan hududiy filiali
1
Namangan sh.
41.
“Namangan oziq-ovqat agro eksport” MCHJ
5
Namangan sh.
42.
“Namanganulgurjisavdoinvest” MCHJ
Yangiqoʻrgʻon tumani
43.
“Vodiysahovatiagroinvestulgurjisavdo” MCHJ
Namangan sh.
44.
“Yuksalish ulgurji savdo eksport” MCHJ
Namangan sh.
45.
“Namangan universal savdo invest” MCHJ
Toʻraqoʻrgʻonskiy tumani
46.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
11
viloyat tumanlari
47.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
14
shahar va tumanlar
Samarqand viloyati
48.
Uyushmaning Samarqand hududiy filiali
1
Samarqand sh.
49.
“Shirin Omad Servis” MCHJ
1
Samarqand sh.
50.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
14
viloyat tumanlari
51.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
20
shahar va tumanlar
Sirdaryo viloyati
52.
Uyushmaning Sirdaryo hududiy filiali
1
Guliston sh.
53.
“Guliston Bunyodkor servis” MCHJ
4
Guliston sh.
54.
“Bunyodkor goʻsht-sut savdo invest” MCHJ
Guliston sh.
55.
“Sayxun baraka savdo” MCHJ
Guliston sh.
56.
“Sifatli biznes ulgurji savdo” MCHJ
Guliston sh.
57.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
8
viloyat tumanlari
58.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
10
shahar va tumanlar
Surxondaryo viloyati
59.
Uyushmaning Surxondaryo hududiy filiali
1
Termiz sh.
60.
“Surxondaryooziq-ovqat mollari” AJ
2
Termiz sh.
61.
“Termiz sanoat mollari” MCHJ
Termiz sh.
62.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
13
viloyat tumanlari
63.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
21
shahar va tumanlar
Toshkent viloyati
64.
Uyushmaning Toshkent hududiy filiali
1
65.
“Markaz Savdo Invest” MCHJ
5
Toshkent shahri
66.
“Chirchiqgoʻsht-sut savdo” MCHJ
Boʻstonliq tumani
67.
“Bekobod goʻsht-sut savdo” MCHJ
Bekobod sh.
68.
“Yangiyul oziq-ovqat savdo” MCHJ
Yangiyoʻl sh.
69.
“Olmaliqoziq-ovqat zaxira” MCHJ
Olmaliq sh.
70.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
14
viloyat tumanlari
71.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
15
shahar va tumanlar
Fargʻona viloyati
72.
Uyushmaning Fargʻona hududiy filiali
1
Fargʻona sh.
73.
“Fargʻona goʻsht-sut savdo” AJ
8
Margʻilon sh.
74.
“Qoʻqon-Baqqollik” MCHJ
Qoʻqon sh.
75.
“Fargʻonaulgurjisavdoinvest” MCHJ
Margʻilon sh.
76.
“Vodiy oziq-ovqat zaxira” MCHJ
Fargʻona sh.
77.
“Chimyon baraka savdo servis” MCHJ
Fargʻona tumani
78.
“Rishton oziq-ovqat savdo” MCHJ
Rishton tumani
79.
“Qoʻqon oziq-ovqat invest” MCHJ
Qoʻqon sh.
80.
“Intertreyd invest Yaypan” MCHJ
Oʻzbekiston tumani
81.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
15
viloyat tumanlari
82.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
23
shahar va tumanlar
Xorazm viloyati
83.
Uyushmaning Xorazm hududiy filiali
1
Urganch
84.
“Xorazm oziq-ovqat mollari” MCHJ
5
Urganch tumani
85.
“Hazorasp Turon” MCHJ
Hazorasp tumani
86.
“Yangi Qoʻshkoʻpir” MCHJ
Qoʻshkoʻpir tumani
87.
“Yangiariq zaxira” MCHJ
Yangiariq tumani
88.
“Xiva chinor savdo” MCHJ
Xiva tumani
89.
Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari
10
viloyat tumanlari
90.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
17
shahar va tumanlar
Toshkent shahri
91.
Uyushmaning Toshkent hududiy filiali
1
Toshkent shahri
92.
“RTPF Tijorat” MCHJ
6
Toshkent shahri
94.
“Neogeyt treyd” MCHJ
Toshkent shahri
95.
“PSM GROUP” AJ
Toshkent shahri
96.
“Gold Atlas Global” MCHJ
Toshkent shahri
97.
“Oziq-ovqat zaxira invest” MCHJ
Toshkent shahri
98.
“Atlas global” MCHJ
Toshkent shahri
99.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari
12
Toshkent shahri
Izoh.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallari — 14 ta.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining savdo-tayyorlov tashkilotlari — 56 ta. Aholidan meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish punktlari — 157 ta.
Dehqon bozorlaridagi chakana savdo pavilyonlari — “Xizmat-beminnat” UK — 228 ta.
LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Boshqaruv raisi
Yordamchi
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Rais oʻrinbosari
Qishloq xoʻjaligi mahsulotiga talab va takliflarni prognozlashtirish boshqarmasi
5
Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boshqarmasi
6
Investitsiyalarni jalb etish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashning moddiy texnik bazasini rivojlantirish boshqarmasi
7
Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi
5
Bosh yuriskonsult
1
Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi
4
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash uchun gʻamlash boshqarmasi
7
Umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish boʻlimi
3
Ijro intizomini nazorat qilish mutaxassisi
1
Axborot kommunikatsiya-texnologiyalarini rivojlantirish, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimi
3
Maxsus qism
1
Kadrlar bilan ishlash va arxiv ishini yuritish boʻyicha mutaxassis
1
Ishlar boshqarmasi
4
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 53 nafar.
LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3344-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Oziqovqattaʼminot” hududiy filiallarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
“Oziqovqattaʼminot” hududiy filiali
Filial rahbari
Bosh buxgalter
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini gʻamlash va saqlash boʻlimi
Aholini asosiy isteʼmol mahsulotlari bilan taʼminlash boʻlimi
Moddiy-texnik bazani rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻlimi
Kadrlar, arxiv ishini yuritish va ijro intizomini nazorat qilish boʻyicha mutaxassis
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis
Rasmiy qabul marosimlariga xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha mutaxassis
Izoh.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi hududiy filiallarining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 192 nafar, shu jumladan:
Toshkent shahrida — 16 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida — 14 nafardan;
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida — 13 nafardan.