

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;01.01.2006
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-338172">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6403"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;</span></div><div id="LBC7317"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.81.00 (Кучини йукотган) Pedagog kadrlar. Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-338172">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;</span></div><div id="LS3702"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-341415">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-341416">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-341417">OʻQITUVChILAR MEHNATINI QOʻShIMChA RAGʻBATLANTIRIShGA DOIR EKSPERIMENT OʻTKAZISh VA XALQ TAʼLIMI XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLAShNING TARMOQ SETKASIGA OʻTISh TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-1092501">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son “xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-941876?ONDATE=21.12.2005 00#-942643">qaroriga </a>muvofiq 2006-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotgan. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-341419"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341420">Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, respublikada oʻqituvchi kasbining ahamiyati va obroʻ-eʼtiborini oshirish, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari mehnatini ragʻbatlantirish va ular hayotining moddiy shart-sharoitlarini yaxshilash yuzasidan izchil, aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borilmoqda.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341422">Keyingi yillarda xalq taʼlimi tizimi xodimlarining ish haqi miqdorlari bir necha marta oshirildi. Boshlangʻich sinflar oʻqituvchilariga oylik ustamalar, oʻqituvchilarga sinf rahbarligi, daftarlarni tekshirganlik, oʻquv kabinetlari va laboratoriyalariga mudirlik qilganlik uchun qoʻshimcha haq belgilandi va 2004-yil 1-sentabrdan boshlab ularning miqdori ancha oshirildi. Davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiq oʻqituvchilar uchun pedagogik yuklama maqbullashtirildi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341423">Shu bilan birga, oʻquv va tarbiya jarayoniga oʻqituvchilarning shaxsiy ulushini xolisona baholash masalasi nihoyatda murakkab ekanligini hisobga olgan holda Kadrlar tayyorlash <a href="/mact/-48401">milliy dasturida</a> va 2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish <a href="/mact/-214645">Davlat umummilliy dasturida </a>oldinga qoʻyilgan vazifalarni hal etish yuzasidan oʻqituvchilar va metodistlar mehnatini baholash mexanizmini va mezonlarini ishlab chiqish ishlarini yanada davom ettirish muhim ahamiyatga egadir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341424">Oʻqituvchilarning oʻquv-tarbiya jarayoniga shaxsiy ulushi mezonlarini aniqlashga yondashuvlarni ishlab chiqish va umumtaʼlim muassasalarining qobiliyatli, oʻz kasbiga sodiq oʻqituvchilarini moddiy ragʻbatlantirishning samarali mexanizmini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341421">1. Respublika viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining keng ishtirokida oʻqituvchilarning yuksak kasb malakasini va ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga shaxsiy ulushini hisobga oladigan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish va ular mehnatiga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish masalalari muhokama qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341425">2. Respublika pedagogika jamoatchiligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2004/2005 oʻquv yili mobaynida, 2004-yil 1-sentabrdan boshlab:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341426">umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq ulushi, yuqori samaradorlik va oʻqitish sifati uchun — oʻquvchilarni test sinovi natijalari boʻyicha aniqlanadigan oʻquvchilarning taʼlim standartlarini oʻzlashtirib olish darajasiga qarab 25 foizgacha miqdorda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341427">umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ular tomonidan tarbiyaviy ishlar va sinfdan tashqari ishlar olib borilganligi uchun — oʻquvchilarning toʻgaraklar va seksiyalardagi muntazam mashgʻulotlarga va ijodiy faoliyatga jalb etilishi darajasiga qarab 15 foizgacha miqdorda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341428">metodika kabinetlari metodistlariga oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqishga, yangi pedagogika texnologiyalari joriy etishga, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasi keng yoyilishiga qoʻshgan shaxsiy ulushi uchun 25 foizgacha miqdorda tarif setkasiga oylik maxsus ustamalar belgilash boʻyicha eksperiment oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341429">3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari takliflarini umumlashtirish asosida umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va metodika kabinetlari metodistlarining shaxsiy ulushini aniqlashda va ularga ustamalar belgilashda qoʻllaniladigan asosiy mezonlar ishlab chiqilganligi hamda Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-341444)">vaqtinchalik nizom </a>(ilova qilinadi) tayyorlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341430">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341431">tarif stavkasiga koʻrsatilgan maxsus ustamalar umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodik kabinetlar metodistlariga oʻqituvchilar uchun umumtaʼlim muassasalari huzurida, metodistlar uchun esa — xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar qarorlari asosida belgilash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341432">umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tarkibiga umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagogika kengashi aʼzolari, shuningdek ota-onalar qoʻmitasining faol aʼzolarini kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341433">maxsus komissiyalarga rahbarlik qilish tegishli ravishda umumtaʼlim muassasalari hamda xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari rahbarlari zimmasiga yuklash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341434">oʻqituvchilar va metodistlarning tarif stavkasiga ustamalarning xolisona, oshkora va toʻgʻri belgilanishi yuzasidan nazorat tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimlariga yuklash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341435">4. Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi (A.A. Azizxoʻjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi oʻtkazilayotgan eksperiment natijalarini 2004/2005 oʻquv yili yakunlari boʻyicha umumlashtirsinlar va tanqidiy baholasinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga oʻquv-tarbiya jarayoniga hissa qoʻshgan oʻqituvchilar mehnatini ragʻbatlantirishni kuchaytirish yuzasidan aniq takliflar kiritsinlar. Bunda oʻtkazilayotgan eksperimentga xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish boʻyicha tayyorgarlik bosqichi sifatida qaralsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341436">5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Xalq taʼlimi vazirligiga, tasarrufida umumtaʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar (idoralar)ga mazkur eksperimentni oʻtkazish davomida har tomonlama koʻmaklashsinlar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341437">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorga muvofiq joriy yilning 1-sentabridan boshlab umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va metodik kabinetlar metodistlari ish haqiga koʻrsatib oʻtilgan ustamalarni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkazilishi bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341438">6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2005-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda 2005-yil 1-sentabrdan boshlab xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq setkasiga oʻtish prinsiplari va mexanizmi toʻgʻrisida aniq takliflarni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341439">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-341440">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-341441">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-341442">2004-yil 15-iyul,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-341443">335-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-341444"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-341445">Vazirlar Mahkamasining<br />2004-yil 15-iyuldagi 335-son <a href="javascript:scrollText(-341415)">qaroriga </a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-341446">Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodik kabinetlar metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-341447">VAQTINChALIK NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-341448"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-341449">I. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341450">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21 maydagi PF-3431-son <a href="/mact/-214645"> Farmoniga </a> muvofiq umumtaʼlim muassasalarining talantli, oʻz ishiga sadoqatli oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish, oʻqituvchilar mehnatiga haq toʻlashning ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi bilan bevosita oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash yoʻli bilan oʻquv-tarbiya ishlarining natijadorligi va sifatini oshirish, shuningdek oʻqituvchilarning kasbiy va malaka darajasini oshirishning ragʻbatlantirilishini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341451">2. Ushbu Nizom tadbiq etiladigan umumtaʼlim muassasalariga umumtaʼlim maktablari, barcha tur va nomlardagi maktab-internatlar, maktablar-litsey va gimnaziyalar (keyingi oʻrinlarda umumtaʼlim muassasalari deb ataladi) kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341452">3. Ushbu Nizom 2004-yil 1-sentabrdan boshlab amal qiladi va xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarmoq setkasi joriy etilgunga qadar amal qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341599">4. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari va metodistlar ish haqiga ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi qarorlar oʻqituvchilar boʻyicha — umumtaʼlim muassasalari huzurida, metodik kabinetlar metodistlari boʻyicha esa — xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzurida tuziladigan maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda maxsus komissiyalar deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341600">5. Umumtaʼlim muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar tarkibiga umumtaʼlim muassasalari rahbarlari, pedagogika kengashi aʼzolari, shuningdek ota-onalar qoʻmitasining faol aʼzolari kiradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341601">6. Maxsus komissiyalarni tegishli ravishda umumtaʼlim muassasalari va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari rahbarlari boshqaradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341602">7. Umumtaʼlim muassasalari va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organlari huzuridagi maxsus komissiya toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-341603">II. Oʻqituvchilar va metodistlarning asosiy ish haqiga ustamalar belgilash tartibi </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341604">8. Maktablarning oʻqituvchilari va metodik kabinetlar metodistlari mehnatiga haq toʻlash miqdori, ushbu Nizomda belgilangan ustamalarni hisobga olib, Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq tarif stavkasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341605">9. Oʻqituvchilarning tarif stavkasiga har oylik ustamalar ularning kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq hissasi, yuqori natijadorlik va oʻqitish sifati uchun, tegishli sinflar va predmetlar uchun davlat taʼlim standartlarida nazarda tutilgan bilimlar va koʻnikmalar toʻliq hajmining oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishining oʻquvchilarni test sinovlaridan oʻtkazish natijalari boʻyicha belgilanadigan darajasi taʼminlanishiga bogʻliq holda tarif stavkasining 25 foizigacha miqdorda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341606">Ustamalar ushbu Nizomga <a href="javascript:scrollText(-341621)">ilovada </a>nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341607">10. Oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladigan oʻquvchilar bilan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar uchun har oylik ustama oʻqituvchi tarif stavkasining 15 foizigacha miqdorida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341608">Amalga oshirilgan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar uchun ustama toʻgarak, sport-ommaviy ishlarni faol va samarali amalga oshirgan, oʻquvchilarni insonparvarlik va mehr-muruvvat ruhida tarbiyalagan oʻqituvchilarga ushbu Nizomga <a href="javascript:scrollText(-341621)">ilovada </a>nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341609">11. Metodik kabinetlarning metodistlariga ustama oʻquv jarayonida foydalaniladigan oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqishga qoʻshilgan shaxsiy hissa, yangi pedagogika texnologiyalarini joriy etganlik, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribasini keng ommalashtirganlik uchun tarif stavkasining 25 foizigacha miqdorida belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341610">12. Umumtaʼlim muassasalarida tuziladigan komissiyalar oʻqituvchilarning oʻtgan oʻquv yilidagi ishlarini baholash natijalari boʻyicha, ularga ushbu maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar doirasida har oylik ustamalar belgilaydilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341611">13. Xalq taʼlimini boshqarish organlari oʻqituvchilar yoki metodistlar faoliyati monitoringi va oʻquvchilarni test sinovidan tanlab oʻtkazish asosida tavsiya etilgan nomzodlarning va ularga belgilangan ustamalarning xolisonaligi va asoslanganligini tekshiradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341612">Oʻqituvchilar va metodistlar ishlarining natijadorligini belgilash uchun ular faoliyati monitoringi tartiboti, oʻquvchilarni test sinovidan tanlab oʻtkazishni amalga oshirish tartibi, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishini baholash mezonlari Maxsus komissiya toʻgʻrisidagi Nizomda belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341613">14. Olingan natijalar va maxsus komissiya qarorlari asosida tegishli umumtaʼlim muassasasi va xalq taʼlimini boshqarish hududiy organining buyrugʻi bilan har bir maktabning har oylik ustamalar olish huquqiga ega boʻlgan oʻqituvchilari va metodistlar roʻyxati ustamalar miqdorlari koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341614">15. Ishlarning natijadorligi va kasbiy mahorat uchun, oʻqituvchining tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirganligi uchun hamda metodistlarga taʼlim jarayonini metodik taʼminlashni yaxshilashga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun ustamalar har bir oʻquv yili boʻyicha, oʻtgan oʻquv yilidagi ishlarning yakunlariga koʻra belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341615">16. Zarur hollarda, oʻqituvchi yoki metodistning oʻtgan oʻquv davridagi (chorak, yarim yillik va shu kabilar) ishlarini tekshirish yakunlariga binoan maxsus komissiya ustamalarning belgilangan miqdorlarini qayta koʻrib chiqishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341616">17. Natijadorlik uchun ustama boshlangʻich sinflar oʻqituvchilariga — sinf bilan ish olib borishda muayyan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha, predmet oʻqituvchilariga esa — oʻqitilayotgan fanga doir muayyan koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341617">18. Oʻqituvchiga bir yoʻla ikki xil: kasb mahorati va natijadorlik uchun hamda tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlarni amalga oshirganlik uchun ustamalar belgilanishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341618">19. Xalq taʼlimini boshqarish tegishli organi hududiy moliya organi bilan kelishgan holda, har qaysi umumtaʼlim muassasasi va xalq taʼlimi hududiy organi boʻyicha ustamalarni belgilash uchun mablagʻlar hajmini tasdiqlaydi. Bunda kasb mahorati va natijadorlik, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar koʻrsatkichlarini belgilash boʻyicha tuman, shaharning barcha maktablari uchun yagona yondashuvga rioya qilinadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341619">20. Taqdim etilgan maʼlumotlarning hamda ustamalarni belgilashning xolisonaligi va toʻgʻriligi uchun maxsus komissiyalar rahbarlari, shuningdek xalq taʼlimi va vazirlik (idora)ning tegishli organlari rahbarlari javob beradilar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341620">21. Ragʻbatlantiruvchi chora-tadbirlar samaradorligini, eng talantli oʻqituvchilar nufuzini oshirish uchun tuman (shahar)ning eng yaxshi oʻqituvchilari roʻyxatlari mahalliy matbuotda eʼlon qilish uchun tavsiya etiladi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-341621"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-341622">Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-341444)">vaqtinchalik nizomga<br /></a>ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-341623">Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga va metodika kabinetlari metodistlariga ustamalar belgilashning asosiy mezonlari</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-341624"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341626">1. Kasb malakasi va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq shaxsiy ulushi, oʻqitishning yuqori samarasi va sifati uchun umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilariga ustama belgilashda maxsus komissiyalar quyidagi asosiy mezonlardan kelib chiqadilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341627">oʻquvchilarning bilimlari, malaka va koʻnikmalari umumiy oʻrta taʼlim uchun belgilangan davlat taʼlim standartlari talablariga muvofiqligi darajasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341628">oʻquv-tarbiya jarayonini oʻquvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishga yoʻnaltirilgan individual xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341629">oʻquv dasturiga muvofiq bilimlarni oʻzlashtirish darajasining mustahkamligini taʼminlaydigan pedagogik ishning yuqori samarasi hamda test sinovi natijalari va baholashning reyting usullari boʻyicha belgilanadigan oʻqitishning yaxshi sifati, shuningdek qobiliyatli va iqtidorli oʻquvchilar bilan yakka tartibda ish olib borishning tashkil etilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341630">oʻqituvchi tomonidan oʻquv jarayonida oʻqitishning ilgʻor usullari va pedagogika texnologiyalari muvaffaqiyatli qoʻllanilishi, oʻquv-tarbiya ishlarining zamonaviy shakllari joriy etilishi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341631">2. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari tomonidan tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlar olib borilganligi va oʻsib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ular tomonidan qoʻshilgan aniq shaxsiy ulush uchun ularga ustama belgilashda maxsus komissiyalar quyidagi asosiy mezonlardan kelib chiqadilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341632">oʻquvchilarning toʻgaraklar va seksiyalardagi muntazam mashgʻulotlarga va ijodiy faoliyatga jalb etilishi darajasi, oʻquvchilarning dam olishi tashkil etilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341633">maktab oʻquvchilarida hayotiy koʻnikmalar, maʼnaviy hamda iroda bilan bogʻliq fazilatlar shakllantirilishi ishlarining samaraliligi va ularni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341634">kasb mahorati va oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazish saviyasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341635">oʻquvchilarning oʻzlashtirishini oshirishga hamda oʻsib kelayotgan avlodni jamiyatning maqsadlari va vazifalariga muvofiq tarbiyalashga qaratilgan oʻquvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish darajasi va ularning sifati;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341636">oʻquvchilarning keksa fuqarolarni otaliqqa olishlarini tashkil etish ishlari.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341637">3. Maktabdagi taʼlim jarayonining metodik taʼminlanilishini yaxshilashga shaxsiy ulush qoʻshganligi uchun metodika kabinetlarining metodistlariga ustama belgilashda quyidagi asosiy mezonlar hisobga olinadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341638">oʻquv jarayonida foydalanilayotgan oʻquv-metodik materiallar va metodik tavsiyalarni ishlab chiqishda shaxsan ishtirok etish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341639">oʻquv-tarbiya jarayoniga yangi pedagogika texnologiyalarini joriy etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341787">umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va rahbarlarining ilgʻor tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va yoyish ishlarining samarasi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-341788">oʻqituvchilarning kasb mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan ishlar, oʻz fani boʻyicha taʼlim beruvchi seminarlar va maqsadli qisqa muddatli kurslar tashkil etish.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-341418">(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 324-modda)</a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
