1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.04.00 Ishsizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash kafolatlari;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish, kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlashni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 14-oktabr,
824-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-son qaroriga 1-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida (keyingi oʻrinlarda Oʻquv markazi deb ataladi) ishsiz va band boʻlmagan aholini oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi va mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻn olti yoshdan pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi, haq toʻlanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashgʻulotga ega boʻlmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor boʻlgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan oʻtishga yoki malakasini oshirishga tayyor boʻlgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan taʼlim muassasalarida taʼlim olayotganlar mustasno) ishsiz deb hisoblanadi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan, ishga joylashishda koʻmak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq mehnat organlarida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
ishsiz shaxs zarur kasb malakasiga ega boʻlmaganligi tufayli unga maqbul keladigan ish tanlash mumkin boʻlmasa;
ishsiz shaxsning kasb koʻnikmalariga mos keladigan ish yoʻqligi sababli uning kasbini (mutaxassisligini, mashgʻulot turini) oʻzgartirish zarur boʻlsa;
ishsiz shaxs avvalgi kasbi boʻyicha ish bajarish qobiliyatini yoʻqotgan boʻlsa.
4. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kasbga tayyorlash, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya toʻlanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qoʻshish fuqarolarga (ishsizlarga) davlat tomonidan moddiy yordam berishga oid kafolatlar hisoblanadi.
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq stipendiya toʻlanadi.
5. Mazkur Nizom talablari Oʻquv markazi tomonidan toʻlov asosida tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻquv kurslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Oʻquv markaziga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
6. Oʻquv markaziga ishga joylashtirish boʻyicha ish beruvchi, bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) va ishga joylashish xohishini bildirgan shaxs oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Markaz yoʻllanmalari mavjud boʻlgan ishga joylashtirishga muhtoj ishsiz va band boʻlmagan aholi, shu jumladan kasb-hunar kollejlarini va akademik litseylarni bitirgan doimiy ishga ega boʻlmagan shaxslar oʻqishga qabul qilinadi.
7. Oʻquv markazida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish oʻqish boshlanishidan kamida yetmish kun oldin Oʻquv markazi direktori tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markaziga qabul qilish rejasi (keyingi oʻrinlarda qabul rejasi deb ataladi) asosida amalga oshiriladi.
8. Qabul rejasida oʻqishga hujjatlarni qabul qilish boshlanadigan kun va kasb yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotasi koʻrsatiladi.
Qabul rejasi asosida Oʻquv markazi tomonidan oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt, qayta tayyorlash kasblari roʻyxati, qayta tayyorlash kasblari boʻyicha kirish imtihonlari uchun test savollari tuziladigan fanlar roʻyxati, Oʻquv markazining manzili va murojaat uchun telefon raqamlari koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻqish boshlanishidan kamida oltmish besh kun oldin ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻquv markazining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Mazkur eʼlon Oʻquv markazi tomonidan fuqarolar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyga osib qoʻyiladi.
9. Oʻqishga qabul qilishni tashkil etish uchun Oʻquv markazi direktorining buyrugʻi bilan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Bunda Oʻquv markazining Marketing va ishga joylashtirish monitoringi shuʼbasi mudiri ishchi guruh rahbari hisoblanadi.
10. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻqishga kirish uchun nomzodlarning (keyingi oʻrinlarda nomzodlar deb ataladi) hujjatlarini qabul qilish;
kirish imtihonlaridan oldingi maslahat mashgʻulotlari va kirish imtihonlarining oʻtkazilishini tashkil etish.
11. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish oʻqish boshlanishidan oltmish kun oldin boshlanadi va oʻttiz kun davom etadi.
12. Nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asli koʻrsatiladi);
maʼlumotini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (diplom yoki attestat);
sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (086 — shakl);
ishga joylashtirish boʻyicha uch tomonlama shartnoma nusxasi;
Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markazi tomonidan berilgan yoʻllanma;
3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi 4 dona rangli fotosurat.
Nomzodlardan mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
13. Hujjatlarni topshirgan shaxsga ularning qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. Hujjatlarni qabul qilishda nomzodlarni roʻyxatga olish kitobiga nomzod test sinovlarini topshiradigan til qayd etiladi.
14. Nomzodlarning hujjatlari saqlanishi uchun ishchi guruh rahbari masʼul hisoblanadi.
3-bob. Kirish imtihonlarini oʻtkazish
15. Oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt mobaynida hujjat topshirgan nomzodlar soni kasb yoʻnalishi boʻyicha belgilangan qabul kvotasidan oshgan taqdirda ushbu yoʻnalish boʻyicha nomzodlar uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladi.
16. Kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi bilan kelishilgan holda Markaz direktorining buyrugʻi bilan kamida 9 kishidan iborat quyidagi tarkibda komissiya tuziladi:
komissiya raisi — tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri yoki vazir oʻrinbosari, viloyatlar yoki Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi yoki boshliq oʻrinbosari (ular boʻlmaganda, ularning vazifasini bajaruvchi shaxs);
komissiya raisi oʻrinbosari — Oʻquv markazi direktori;
komissiya kotibi — Oʻquv markazi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;
komissiya aʼzolari — Oʻquv markazining masʼul xodimlari hamda kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchilari yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustalari.
17. Kirish imtihonlari oʻqitishning navbatdagi bosqichi boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin boshlanadi va har bir yoʻnalish boʻyicha alohida kunda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jadvallari komissiya tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Kirish imtihonlari boʻlib oʻtadigan kunlar, kasblar haqidagi maʼlumotlar Oʻquv markazining eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi va bir vaqtning oʻzida uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
18. Kirish imtihonlaridan oldin nomzodlar ishchi guruh tomonidan belgilangan kunlarda Oʻquv markazi binosida oʻtkaziladigan maslahat mashgʻulotlarida ishtirok etishlari mumkin. Bunda nomzodlarga test sinovlariga qaysi manbalar asosida tayyorlanish lozimligi hamda test sinovlarini qaysi tartibda oʻtkazilishiga doir tushuntirishlar beriladi.
19. Kirish imtihonlari test shaklida oʻtkaziladi.
20. Test savollari tegishliligiga koʻra, mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida test savollari tuziladigan fanlar roʻyxatiga muvofiq komissiya tomonidan tuziladi.
21. Test savollari komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi. Test savollari hujjat topshirgan nomzodlarning xohishiga koʻra ular uchun qulay boʻlgan tilda tuziladi.
Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va kotib ularning oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
22. Nomzodga test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
23. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada nomzodlar, auditoriya rahbari, auditoriya kuzatuvchisidan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
24. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach nomzodlar test materiallarini auditoriya rahbariga topshiradi.
25. Komissiya aʼzolari imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun mobaynida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar sonini) tegishli ravishda har bir nomzodning javoblar varagʻiga yozib qoʻyishi shart.
26. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari komissiya tomonidan quyidagicha baholanadi:
I blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball;
II blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball;
III blok fani boʻyicha berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball qoʻyiladi.
27. Oʻquv markaziga nomzodlarni oʻqishga qabul qilish test sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Test sinovlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar tegishli kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Test sinovlari natijalariga koʻra qabul kvotasi doirasida ikki va undan ortiq nomzod bir xil ball toʻplagan taqdirda I blokda toʻplagan balli boʻyicha, agar u ham bir xil boʻlsa II blokda toʻplagan balli boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi (agar barcha bloklardagi ballar bir xil boʻlsa oʻzaro suhbat asosida oʻqishga qabul qilinadi).
28. Test sinovlari natijalari komissiya tomonidan test savollariga berilgan javoblar natijalari barcha nomzodlarning javoblar varaqasiga yozilgandan keyin bir kun ichida eʼlon qilinadi. Test sinovlari natijalari Oʻquv markazining eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi va bir vaqtning oʻzida uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
29. Test sinovlari natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan (tegishli kvota doirasida) nomzodlarning roʻyxati komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi.
30. Komissiya majlisining bayoni asosida Oʻquv markazi direktori tomonidan nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
Oʻquv markazida oʻqitish boshlangan kundan boshlab 15 kun mobaynida oʻz xohishiga koʻra oʻqish istagi boʻlmagan oʻquvchi ariza bilan murojaat qilganda, uning oʻrniga qabul kvotasi doirasida toʻplangan ballarning reytingi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadigan nomzodlar chizigʻining pastki qismida eng yuqori ball toʻplagan nomzod oʻqishga qabul qilinadi. Bunda test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun muddat mobaynida nomzod oʻz xohishiga koʻra oʻqish istagi boʻlmagan oʻquvchining oʻrniga qabul qilish toʻgʻrisida ariza bilan komissiyaga murojaat qilishi kerak.
Ballar ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatdagi oldingi nomzod oʻz xohishiga koʻra oʻqish istagi boʻlmagan oʻquvchining oʻrniga qabul qilinishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun muddat mobaynida ariza bermaganda roʻyxatdagi keyingi nomzod oʻqishga qabul qilinadi, Oʻquv markazida oʻqitish boshlangan kundan boshlab oʻn besh kundan soʻng berilgan arizalar bundan mustasno.
31. Oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar haqidagi maʼlumot buyruq chiqarilgan kundan boshlab uch kun mobaynida Oʻquv markazi tomonidan yoʻllanma bergan tegishli markaziga yuboriladi.
32. Test sinovlari natijalaridan norozi boʻlgan nomzod Oʻquv markazi direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
33. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Oʻquv markazi xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar, qoida tariqasida, har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan aʼzo kiritiladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida turdosh kasb-hunar kollejlarining oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish taʼlimi ustalari kiritilishi mumkin.
Nomzod test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, test sinovlari natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat mobaynida koʻrib chiqilishi lozim.
Apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari tegishli dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
34. Oʻqishga qabul qilish uchun hujjatlar qabul qilinadigan vaqt mobaynida hujjat topshirgan nomzodlar soni tegishli kasb yoʻnalishi boʻyicha belgilangan qabul kvotasidan oshmagan taqdirda ushbu kasb yoʻnalishi boʻyicha nomzodlar uchun test sinovlari oʻtkazilmaydi. Bunda ushbu kasb yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirgan nomzodlarning roʻyxati komissiya majlisi bayoni bilan tasdiqlanadi. Komissiya majlisining bayoni asosida Markaz direktori tomonidan nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqariladi.
35. Nomzod kirish imtihoni oʻtkaziladigan kasbdan test sinovlari natijalariga koʻra oʻta olmagan taqdirda test sinovlari oʻtkazilmagan (qabul kvotasi toʻlmagan) boshqa kasbga oʻtishi mumkin. Bunda nomzod ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan uch tomonlama shartnomani oʻtmoqchi boʻlgan kasbiga mos keladigan ishga joylashish boʻyicha nusxasini uch kun muddatda ishchi guruhga taqdim etishi lozim.
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlariga tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan beriladigan yoʻllanma NAMUNASI
__________________________________________________________ ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markaziga oʻqishga kirish uchun berildi. Tugʻilgan vaqti va joyi: _____________________ yil “____________________” _____________________________,
Doimiy turar joyi:_______________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(pasport boʻyicha doimiy turar joyi (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, koʻcha, uy va xonadon raqami) toʻliq koʻrsatiladi)
(seriyasi, raqami, kim tomonidan va qachon berilgan)
Markaz boshligʻi _____________________________________
__________________
(F.I.O.)
(imzo)
M.Oʻ.
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlariga oʻqishga qabul qilish uchun ariza NAMUNASI
____________________ ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi direktori _______________ ga _________________________________ (yashash manzili) _________________________ da yashovchi _____________________________dan (ariza beruvchi shaxsning F.I.O.)
ARIZA
Menga ______________________________________________________________________________kasb yoʻnalishi (kasb nomi) boʻyicha _____________________________________________________ ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga
(Markaz joylashgan hudud)____________________________
oʻqitish markazi oʻqishga kirish uchun oʻtkaziladigan test sinovida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.
Maʼlumotim ____________________________________, ___________(yoʻq, oʻrta, oʻrta maxsus, oliy)
________________________________________________ (tugatgan taʼlim muassasasi nomi (agar oʻqigan boʻlsa)
________________________________________________________________________ ni ______ yilda tugatganman. Tugʻilgan vaqtim va joy: ________ yil “_____” _______________, _________________________________________
(yil)_______(kun)_______(oy)
(tugʻilgan joyi)
Doimiy turar joyim: ______________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________
(pasport boʻyicha doimiy turar joyi (respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloq, ovul, koʻcha xonadon raqami) toʻliq koʻrsatiladi)
3. Teri oshlash, charm-galantereya buyumlarini ishlab chiqarish va taʼmirlash
Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
4. Goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar)
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
6.
Namangan viloyati
1. Sovutish uskunalariga xizmat koʻrsatish texnologiyasi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Elektrotexnika va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar)
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
7.
Samarqand viloyati
1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Payvandlash va chilangarlik ishlari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Elektr va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
8.
Sirdaryo
Viloyati
1. Elektrotexnika va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Gidrotexnika uskunalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar)
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
9.
Surxondaryo viloyati
1. Meva, sabzavot, poliz mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi
Kimyo
Biologiya
Ona tili va adabiyoti
2. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar)
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Qishloq xoʻjaligi texnikasini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish mutaxassislari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Asalarichilik boʻyicha mutaxassislar
Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
10.
Toshkent
viloyati
1. Elektr va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Tikuvchilik va toʻqimachilik ishlab chiqarish texnologiyasi, tikuvchilik va toʻqimachilik asbob-uskunalarini taʼmirlash
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Gidrotexnika uskunalari va drenaj tizimini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish mutaxassislari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Maxsus texnikani boshqarish mutaxassislari (ekskavatorchilar, kranchilar va boshqalar)
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
11.
Fargʻona
viloyati
1. Elektr va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Tikuvchilik ishi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Mashinasozlik ishlab chiqarishi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Kosmetika buyumlari ishlab chiqarish
Biologiya
Kimyo
Ona tili va adabiyoti
12.
Xorazm
viloyati
1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Xizmat koʻrsatish va turizm sohasi xizmatlari (ofitsiantlar, sartaroshlar, gidlar)
Matematika
Chet tili
Ona tili va adabiyoti
4. Tikuvchilik ishi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Qurilish ishi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
13.
Qashqadaryo viloyati
1. Metallga ishlov berish va chilangarlik
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Elektr va elektronika
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Yigiruv ishlab chiqarishi texnologiyasi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
5. Tikuv jarayoni texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
14.
Toshkent
shahri
1. Avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
2. Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3. Elektr, elektronika va avtomatlashtirish
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
4. Axborot texnologiyalari
Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-son qaroriga 2-ILOVA
Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga oʻqitish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) kasb-hunarga oʻqitish tartibini belgilaydi.
2. Kirish imtihonlarini oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisining bayoni asosida Oʻquv markazi direktori tomonidan nomzodlarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq orqali oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar Oʻquv markazida 10 oy muddatda kasb-hunarga oʻqitiladi.
3. Mazkur Nizom talablari Oʻquv markazi tomonidan toʻlov asosida tashkil etiladigan qisqa muddatli oʻqitish kurslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
4. Oʻqitish kunduzgi oʻqish shaklida amalga oshiriladi.
5. Oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Markazda oʻqish jarayonini tashkil etish
6. Oʻqish jarayoni 40 haftadan iborat boʻlib, 2 ta semestrga boʻlinadi. Bunda har bir semestr 12 haftadan, ishlab chiqarish amaliyoti 15 hafta va yakuniy malaka imtihoni 1 hafta etib belgilanadi.
Oʻquv markazi oʻquvchilarining umumiy haftalik yuklamalari 38 soatni tashkil etadi.
Barcha oʻquv mashgʻulotlari uchun ikki akademik oʻquv soati davomiyligi 80 daqiqa etib belgilanadi.
7. Oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikmalarini tegishli kasb boʻyicha malaka talablariga muvofiqligini taʼminlash quyidagi nazorat shakllari orqali amalga oshiriladi:
joriy nazorat — soʻrovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar va testlar tarzida bilimlar, malaka va koʻnikmalar tekshiriladi;
oraliq nazorat — oʻquv fanining tegishli boʻlimi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida oʻquvchi reytinggi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va koʻnikmalarni baholash uchun oraliq nazorat yozma ishlar, testlar yoki amaliy topshiriqlar shaklida oʻtkaziladi;
yakuniy nazorat — oʻquv fani tugallanishida yakuniy nazorat test, yozma ish va amaliy topshiriq usulida oʻtkaziladi.
8. Oʻquv markazida 6 oylik nazariy va amaliy darslar tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga koʻra oʻquvchilar ishlab chiqarish amaliyotiga yuboriladi.
9. Semestr mobaynida oʻquv yuklamasi 24 soatdan kam boʻlgan fanlardan oraliq nazorat oʻtkazilmaydi.
10. Oʻquvchilarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
11. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) balli (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
12. Muayyan fan boʻyicha oʻquvchining semestr mobaynida toʻplashi mumkin boʻlgan umumiy ball (R semestr) maksimum “5” ballni tashkil qilib, quyidagicha hisoblanadi:
______JN + ON + YaN
R semestr = —————————————, bunda:
______3
JN — oʻquvchining semestr davomida joriy nazorat boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha ball,
ON — oʻquvchining semestr davomida oraliq nazoratlar boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha ball.
Agar fanning semestr boʻyicha yuklamasi 24 soatdan kam boʻlib, oralik nazorat oʻtkazilmagan taqdirda,
_____JN + YaN
R semestr = —————————— boʻladi
______2
13. Muayyan fan yoki oʻquv amaliyot boʻyicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda toʻplangan umumiy ballarning oʻrtachasi olinadi
__________R1-semestr + R2-semestr
R yillik = –––––––––––––––––––––––––––
__________2
14. Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semestr ball “5” ball boʻlib, reyting tizimida ularning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib loyihalashtiriladi.
15. Nazariy va amaliy dars soatlarini oʻzlashtirmagan oʻquvchilarga ishlab chiqarish amaliyotiga ketish oldidan bir haftalik muddatda yakuniy nazoratlarni qayta topshirishga ruxsat etiladi.
16. Yakuniy nazorat ishlarini qayta topshirmagan yoki qayta topshirish natijalari boʻyicha nazariy va amaliy dars soatlarini oʻzlashtirmagan deb hisoblangan taqdirda oʻquvchilar safidan chiqariladi.
3-bob. Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish
17. Oʻquv markazi oʻquvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashi oʻquv dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti 90 kun, haftalik yuklamasi 36 soat, bir kunlik 6 — 8 soatdan iborat boʻlib, jami 540 soatni tashkil etadi.
18. Nazariy taʼlim berish jarayonida oʻquvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik boʻyicha zarur layoqatga, koʻnikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega boʻlish ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi hisoblanadi.
19. Ishlab chiqarish amaliyoti, qoidaga koʻra, tashkilotning ixtisoslashuviga bogʻliq holda ushbu maqsad uchun maxsus ajratilgan, oʻquvchilar oʻqishni tugatgandan keyin ishga joylashishi mumkin boʻlgan oʻquv-ishlab chiqarish joylarida oʻtkaziladi.
20. Oʻquv markazi oʻquvchilari tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashda quyidagilarga majbur:
ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarni toʻliq bajarish;
tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish va ularga qatʼiy rioya qilish.
21. Tashkilotlar ishlab chiqarish amaliyoti davrida quyidagilarga majbur:
oʻquvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bogʻliq boʻlmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
oʻquvchilarni ishlab chiqarish binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash va oʻquvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini oʻzlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
oʻquvchilarga yoʻl-yoʻriqlar berishni va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlikni tashkil etish;
oʻquvchilarga ishlab chiqarish amaliyoti davrida tegishli kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-boshlar, yakka tartibda himoyalanish vositalari berish;
zarur holatlarda oʻquvchilarni ishlab chiqarish amaliyoti oʻtadigan joyga yetkazishni va u erdan olib kelishni taʼminlash;
oʻquvchilar bajargan ishlarni ushbu tashkilotda belgilangan tartibda hisobga olish va qabul qilish;
ishlab chiqarish amaliyoti tugagach har bir oʻquvchiga uning ishlari sifatini, erishgan natijalarini, ishga munosabatini, shuningdek unga berish uchun tavsiya etilayotgan malaka darajasi (tarif razryadi)ni koʻrsatgan holda ishlab chiqarish tavsifnomasi berish.
22. Markaz oʻquvchilarining ishlab chiqarish amaliyoti davridagi nazorati yoʻllanma bergan Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga yuklanadi.
4-bob. Yakuniy malaka imtihonlarini oʻtkazish
23. Oʻquv markazida yakuniy malaka imtihonlari (keyingi oʻrinlarda YaMI deb ataladi) quyidagi maqsadlarda oʻtkaziladi:
oʻquvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining malaka talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
oʻquvchilarga malaka darajasi (tarif razryadi)ni berish masalasini hal etish;
oʻquvchilarga Markazni tugatganligi toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi.
24. YaMI oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyoti tugagandan soʻng oʻn besh kun mobaynida oʻtkaziladi.
25. Oʻquv dasturini oʻzlashtirgan oʻquvchilar Markaz direktorining buyrugʻiga asosan YaMIga qoʻyiladi.
26. YaMI amaliy topshiriq shaklida oʻtkaziladi. Bunda imtihon biletida har bir ixtisoslik boʻyicha 1 tadan amaliy topshiriq beriladi.
Imtihon savollari (kasbiy amaliy topshiriqlar) oʻquv rejasida oʻrin olgan fanlar boʻyicha tuziladi.
Imtihon savollari (kasbiy amaliy topshiriqlar) YaMI boshlanishidan ikki oy oldin Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
27. YaMIni oʻtkazish jadvali YaMI boshlanishidan kamida oʻn besh kun oldin Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi va eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyish orqali oʻquvchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
28. YaMIni oʻtkazish boʻyicha Markaz direktorining buyrugʻi asosida malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Malaka komissiyasi deb ataladi) tuziladi.
Yoʻnalishlar xususiyatidan kelib chiqib YaMIni oʻtkazish uchun bir nechta malaka komissiyalari tashkil etilishi mumkin.
29. Malaka komissiyasiga ish beruvchi tashkilotlarning rahbarlari yoki yetuk va malakali mutaxassislari raislik qiladi. Ushbu Komissiya raisi oʻrinbosari Markaz direktori, kotibi esa Markaz direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari hisoblanadi.
30. Malaka komissiyasiga har bir yoʻnalish boʻyicha Markazning oʻqituvchi va ustalari hamda boshqa tashkilotlarning (kelishuv asosida) soha mutaxassislari orasidan 4 tadan aʼzo kiritiladi.
31. Bir kishi ketma-ket bir Markazda tegishli yoʻnalish (kasb) boʻyicha ikki martadan ortiq Malaka komissiyasi raisi boʻlishi mumkin emas.
32. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin Malaka komissiyasi aʼzolaridan biri oʻquvchilarni topshiriqlar mazmuni, texnik shartlar, baholash mezoni, vaqt meʼyori va xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtiradi.
33. Oʻquvchilar nazariy savollarga bergan javoblariga koʻra quyidagi mezonlar asosida “5” balli tizimda baholanadi:
oʻquvchi toʻgʻri xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini toʻliq tushunadi, biladi va aytib beradi deb topilganda — “5” ball;
oʻquvchi mushohada yuritadi, amalda qoʻllay oladi, mohiyatini tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “4” ball;
oʻquvchi mohiyatini qisman tushunadi, biladi, aytib beradi va tasavvurga ega deb topilganda — “3” ball;
oʻquvchi bilmaydi, aytib bera olmaydi va tasavvurga ega emas deb topilganda — “2” ball.
34. Oʻquvchilarning kasbiy amaliy topshiriqni bajarishi quyidagi mezonlar asosida “5” balli tizimda baholanadi:
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil hamda amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalanmasdan bajardi deb topilganda — “5” ball;
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq, mustaqil bajardi, biroq tegishli amaliy metodik qoʻllanmalardan foydalandi deb topilganda — “4” ball;
oʻquvchi topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajardi, biroq tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda ustaning ogʻzaki maslahatidan foydalandi deb topilganda — “3” ball;
oʻquvchi tegishli metodik qoʻllanmalardan hamda ustaning ogʻzaki maslahatidan foydalangan holda topshiriqni toʻgʻri va toʻliq bajara olmagan deb topilganda — “2” ball.
35. Oʻquvchi tomonidan kasbiy amaliy topshiriqlar bajarilgandan soʻng, tegishli ixtisoslik(lar) boʻyicha Malaka komissiyasining har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi va unga malaka darajasini berish boʻyicha fikrini bildiradi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar va fikrlar muhokama qilinib, oʻquvchiga har bir ixtisoslik boʻyicha oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi hamda uning malaka darajasi belgilanadi.
36. YaMIda tegishli ixtisoslik(lar)dan “3” balldan kam baho olgan oʻquvchiga bu ixtisoslik(lar) berilmaydi.
37. Malaka komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar belgilangan namunada beriladigan diplom ilovasida, oʻquvchiga berilgan kasb va ixtisoslik(lar) hamda malaka darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumot diplomda aks ettiriladi.
38. YaMI natijalari imtihon yakunlangandan soʻng oʻquvchilarga eʼlon qilinadi.
39. Barcha ixtisosliklardan oʻrtacha arifmetik balli “3” balldan kam boʻlgan oʻquvchi yakuniy malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
40. Oʻquvchilar quyidagi holatlarda Markaz direktorining buyrugʻi asosida oʻquvchilar safidan chiqariladi:
a) Markazning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini muntazam ravishda buzganda;
b) oʻquv rejasi talablarini bajarmagan (ishlab chiqarish amaliyotidan oʻtmagan, 2 va undan ortiq fan boʻyicha “2” ball va undan past yakuniy baho olgan);
v) uzrsiz sabablarga koʻra 36 soatdan ortiq dars qoldirganda;
g) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
d) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
e) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
j) vafot etganligi sababli.
41. YaMIdan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik balli “3” va undan yuqori boʻlgan) oʻquvchilarga Malaka komissiyasi qaroriga asosan tegishli namunadagi diplom beriladi.
42. Markazni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom oʻrta maxsus, kasb-hunar diplomi darajasiga tenglashtirilib, egallagan bilimlarini mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi, shuningdek, taʼlimning keyingi turini davom ettirish uchun asos hisoblanmaydi.
43. YaMIdan oʻtmagan oʻquvchilarga Malaka komissiyasi qaroriga asosan imtihonni bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.
YaMIni qayta topshirishi lozim boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati, qayta topshirish kuni va vaqti Malaka komissiyasi qarorida koʻrsatiladi.
44. YaMIga uzrli sabablarga koʻra kelmagan oʻquvchilar Malaka komissiyasi qaroriga asosan 1 yil davomida oʻtkaziladigan navbatdagi yakuniy malaka imtihoniga kelish va uni topshirish huquqiga ega.
45. YaMI natijasidan norozi boʻlgan oʻquvchilar Markaz direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan apellatsiya komissiyasiga ariza berish huquqiga ega.
46. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan Markaz xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar, qoida tariqasida, har bir yoʻnalish boʻyicha bittadan aʼzo kiritiladi.
Oʻquvchi YaMI natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, yakuniy malaka imtihonlari natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiya berishi mumkin. Oʻquvchi tomonidan berilgan ariza apellatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat mobaynida koʻrib chiqilishi lozim.
47. YaMIdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaz tomonidan, uch tomonlama shartnoma asosida ularning ish bilan bandligini taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan elektron dasturga kiritib boriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 824-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 13-avgustdagi 170-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 33-34-son, 341-modda):
a) 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilar Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ish bilan band boʻlmagan aholini, shu jumladan kollejlar va litseylarni tamomlagan hamda doimiy ishga ega boʻlmagan shaxslarni, 11-sinf maʼlumotiga ega boʻlgan fuqarolarni quyidagi asosiy kasblar:
avtomobillarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish (avtomobil dvigatellariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari, avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chilangari, avtoelektrik, avtomobil kuzov ishlari boʻyicha chilangar, avtomobil va dvigatellar diagnostikasi operatori);
mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasi (tokar, frezerlovchi, dasturlashtirilgan dastgohlar boʻyicha dasturchi, dasturlashtirilgan dastgohlarni boshqaruvchi operator);
elektr, elektronika va avtomatlashtirish (elektr montaj ishlari boʻyicha elektr montyor, elektron qurilmalarini taʼmirlash, sozlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha elektr montyor, elektr qurilmalarini oʻrnatish, sozlash, dasturlash va avtomatlashtirish boʻyicha elektr montyor);
axborot texnologiyalari (loyihalash va kompyuter grafikasi dizayneri, web dasturchi, ofis jihozlarini sozlash va taʼmirlash boʻyicha usta, kompyuter texnikalari va kompyuter tarmoqlari montajchisi) boʻyicha 1 yildan ortiq boʻlmagan muddatda bepul qayta tayyorlash;
Koreyaga ishga yuborilayotgan fuqarolarni ketishdan oldin pulli asosda tayyorlash va moslashtirish;
Oʻzbekistonning mehnat bozorida talab katta boʻlgan kasblar boʻyicha ish izlayotgan shaxslarni pulli asosda qisqa muddatda oʻqitish.
4. Toshkent shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi bevosita Toshkent shahri Bandlik bosh boshqarmasiga boʻysundirilsin, unga umumiy oʻquv-metodik rahbarlik qilish esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin”;
b) 9-banddagi “Band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi” soʻzlari “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi Kasb-hunarga oʻqitish markazi faoliyatini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 37-son, 431-modda):
a) nomidagi “Kasb-hunarga oʻqitish markazi” soʻzlari “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning nomidagi “Kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 20-son, 253-modda):
a) 3-bandning birinchi xatboshidagi “Kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Samarqand shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazi bevosita Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasiga boʻysundirilsin, umumiy oʻquv-metodik rahbarlik esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuklansin”;
“5. Belgilansinki, Markazning taʼminoti, ishsizlarni va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga qayta tayyorlash, shuningdek import qilinadigan oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalarini va moddiy resurslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida saqlash, rasmiylashtirish va tashish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi mablagʻlar hisobiga qoplanadi”;
g) 10-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” soʻzlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1-ilovaning nomidagi “Kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari “Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 163-modda) 1-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shahrisabz shahridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazining tuzilmasi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 15-son, 255-modda):
“Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ishsiz va band boʻlmagan aholini fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida kasb-hunarga qayta tayyorlanganligi va malakasini oshirganligi toʻgʻrisidagi diplomning hamda qisqa muddatli kurslarni oʻtaganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunalaridagi shakllari 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin”.
“* Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlaridagi Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarining tuzilmalari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tasdiqlangan.
** Tashkil etilayotgan markazlarning kasb-hunarga oʻqitish yoʻnalish va mutaxassisliklari boʻyicha boʻlinmalari ushbu markaz tashkil etilayotgan mintaqaning mehnat bozori konyunkturasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi”;
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashqi koʻrinishi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI DIPLOM
Ichki tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI DIPLOM KNM № 000000 ________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yilda _______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ kasbi boʻyicha qayta tayyorlash kursini toʻliq tamomladi. Malaka komissiyasining 20_____ yil “______” _____________________dagi ________________-son qarori boʻyicha ______________________________________________________________________________________________ga ________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________ixtisoslik(lar) berildi.
Malaka komissiya�ining raisi
M.Oʻ.
Direktor Kotib Roʻyxatga olish raqami__________ ____________________________
__________shahri, 20_____ yil “_____” ___________
IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI
KNM- _______ raqamli DIPLOMGA ILOVA (diplomsiz haqiqiy emas) ________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__ yil _________ dan 20__ yil ______ gacha davrda ___________________shahridagi ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish markazida _____________________ ______________________ kasbi boʻyicha oʻqidi. Oʻqish jarayonida quyidagi fanlarni oʻqidi va baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
Oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan soatlar
Olgan reyting ballari
I. UMUM TAʼLIM FANLARI
II. UMUM KASBIY FANLAR
III. MAXSUS FANLAR
IV. OʻQUV VA IShLAB ChIQARISh AMALIYOTI
V. YAKUNIY MALAKA IMTIHONI
Direktor
M.Oʻ.
Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Roʻyxatga olish raqami ___________ ”;
g) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishsiz va band boʻlmagan aholini kasb-hunarga oʻqitish mintaqaviy markazlarida qisqa muddatli kurslarni tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikat NAMUNASI
Tashqi koʻrinishi
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI SERTIFIKAT
Ichki tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGI IShSIZ VA BAND BOʻLMAGAN AHOLINI KASB-HUNARGA OʻQITISh MARKAZI SERTIFIKAT KNM №_____________
________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20___yil “____”________dan 20___yil “____”________________________gacha _____________________________ ________________________________________________________________________________________________ kasbi boʻyicha malaka oshirish kursini toʻliq oʻtadi.
Direktor Direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Roʻyxat raqami _____________ _________________________ __________shahri, 20___ yil “___” ___________”.
M.Oʻ.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/824/0115-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)