1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Norasmiy tarjima
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalari tarmogʻini rivojlantirish va avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich siqilgan tabiiy gazga oʻtkazish, hamda ularda gaz ballonli uskunalarning xavfsiz ishlatilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilgʻi turlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularga oʻrnatilgan gaz ballonli uskunalardan xavfsiz foydalanish, avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisini siqilgan tabiiy gaz bilan almashtirishni kengaytirish, respublikaning transport va yoʻl boʻyi infratuzilmalarini yanada rivojlantirish, shuningdek suyuq uglevodorodlar importini maqbullashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan siqilgan tabiiy gazdan foydalangan holda gaz ballonli uskunalarda ishlaydigan yengil, yuk va yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalari modellar turkumini kengaytirish choralari koʻrilayotgani;
qishloq xoʻjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga oʻtkazish boʻyicha pilot loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani;
suyultirilgan gaz resurslari birinchi navbatda aholining maishiy maqsadlar uchun ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilayotgani;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan avtotransport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni taʼminlashga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilishi natijasida STG-2 turidagi ballonlardan (STG — siqilgan tabiiy gaz) foydalanayotgan avtotransport vositalari soni 67 524 tagacha kamaytirilgani, STG-3 va STG-4 turidagi ballonlar bilan jihozlangan avtotransport vositalari mavjud emasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagi maqsadli parametrlar:
2017 — 2019-yillarda avtotransport vositalari uchun motor yoqilgʻisi sifatida siqilgan tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj 1-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2019-yillarda yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga oʻtkazish 2-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2019-yillarda respublika mintaqalari boʻyicha avtogaz toʻldirish kompressor stansiyalarini qurish 3-ilovaga* muvofiq;
2017 — 2019-yillarda avtomobil gaz ballonlari va siqilgan tabiiy gazni saqlash uchun idishlar ishlab chiqarish hajmlari 4-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
3. Qishloq xoʻjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligi texnikasini joylarda yoqilgʻi quyish imkoniyatlari bilan birgalikda siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga oʻtkazish boʻyicha xatlovdan oʻtkazilishi;
xatlov natijalari asosida qishloq xoʻjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga oʻtkazishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi, bunda birinchi bosqichda respublika hududlarining belgilangan joylarida pilot loyihalar amalga oshirilishi nazarda tutilishi;
qishloq xoʻjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ishlarini lozim darajada tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlansin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga oʻtkazish boʻyicha maqsadli parametrlarni mazkur qarorning 2-ilovasiga* muvofiq oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
2017-yil 1-dekabrdan boshlab avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda — AGQS) obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari ajratilishini toʻxtatsin;
avtomobillarga gaz quyish stansiyalari egalari bilan birgalikda mavjud avtomobillarga gaz quyish stansiyalari mavjudligini va gaz-motor yoqilgʻisi sifatida suyultirilgan gazga boʻlgan ehtiyojning maqsadli parametrlarini puxta oʻrganish asosida ikki oy muddatda Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarga gaz quyish stansiyalari avtomobillarni gaz bilan toʻldirish kompressor stansiyalariga (keyingi oʻrinlarda — AGTKS) ga bosqichma-bosqich qayta ixtisoslashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi uch oy muddatda AGQSni AGTKSga qayta ixtisoslashtirish va AGTKSning yangi modifikatsiyalari (blokli AGTKS va koʻchma gaz toʻldirish kompressor stansiyalari) joriy etilishini hisobga olgan holda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritsin.
7. “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
AGTKSlar joylashgan joylarda “yagona darcha” tamoyili boʻyicha kredit bitimlarini rasmiylashtirish shoxobchalarini ochgan holda imtiyozli kreditlar berish orqali avtotransport vositalariga gaz ballonli uskunalar xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha qulay shart-sharoitlarni yaratish;
“Oʻzbekneftgaz” AJ huzurida AGTKSlar faoliyatini monitoring qilish, siqilgan tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olish, shuningdek, avtotransport vositalarida gaz ballon uskunalarining texnik holatini real vaqt rejimida (on-line) nazorat qilish uchun yagona dispetcherlik markazini tashkil etgan holda axborot tizimini joriy etish;
siqilgan tabiiy gazdan foydalangan holda gaz ballonli uskunalarda ishlaydigan yengil, yuk va yoʻlovchi tashuvchi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish;
jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda siqilgan tabiiy gazdan foydalanish uchun kapot osti uskunalarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ulushini oshirish;
gaz-motor yoqilgʻisi sifatida siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzbekneftgaz” AJning “NK Group” kompaniyasi (Koreya Respublikasi) bilan statsionar (modulli) va koʻchma AGTKSlar uchun asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish hamda ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzbekneftgaz” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda respublika mintaqalarida kapot osti uskunalarini oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha servis markazlari tarmogʻi kengaytirilishini taʼminlasin.
Bunda, kapot osti uskunalarini oʻrnatish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi servis markazlari oʻrnatilgan gaz ballon uskunalari tizimlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻz laboratoriyalarida sinovdan oʻtkazsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va “Oʻzdavneftgazinspeksiya” 2018-yil 1-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda jismonan va maʼnan eskirgan uskunalarni aniqlash uchun amaldagi AGTKSlarni xatlovdan oʻtkazsin, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan litsenziyalarning amal qilish muddatini uzaytirish yoki ularni qayta rasmiylashtirish uchun talabnomalarni koʻrib chiqish doirasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavneftgazinspeksiya,” “Oʻzbekneftgaz” AJ, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzagroservis” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2018-yil 1-martga qadar ixcham (modulli) statsionar va koʻchma gaz toʻldirish kompressor stansiyalaridan xavfsiz foydalanish toʻgʻrisidagi maxsus texnik reglament ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin, unda quyidagilar:
ilgʻor xorijiy tajribadan foydalanish hamda zamonaviy texnik jihozlangan va malakali xodimlarga ega boʻlgan servis markazlarida kompressorlar va yuqori bosimli idishlardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etish boʻyicha majburiy koʻrikdan oʻtish;
qishloq xoʻjaligi texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga oʻtkazishni kengaytirishni hisobga olgan holda koʻchma gaz toʻldirish kompressor stansiyalaridan foydalanishni kengaytirish nazarda tutilsin.
12. “Oʻzavtosanoat” AJ, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va “Toshshahartransxizmat” AJning:
respublika korxonalarining harakatlanuvchi tarkib parkini yangilash doirasida yetkazib beriladigan “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan “MAN A 22 CNG” rusumli avtobuslardan, istisno tariqasida, STG-3 turidagi gaz ballonlaridan foydalangan holda foydalanish toʻgʻrisidagi;
zamonaviy yuqori texnologiyali sinov laboratoriyasini tashkil etish, keyinchalik uni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash va STG-3 turidagi gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish uchun mutaxassislarni oʻqitish, shuningdek, belgilangan tartibda “Oʻzstandart” agentligida akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
13. Belgilab qoʻyilsinki 2018-yil 1-fevraldan boshlab STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi ballonlardan, shuningdek, STG-1 turidagi ballonlardan ularning zavod komplektatsiyasini buzgan holda foydalanadigan avtotransport vositalaridan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan “MAN A 22 CNG” rusumli avtobuslardan tashqari) foydalanish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan birgalikda STG-2, STG-3 va STG-4 turidagi ballonlardan, shuningdek STG-1 turidagi ballonlardan ularning zavod komplektatsiyasini buzgan holda foydalanayotgan avtotransport vositalaridan ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin foydalanish taqiqlangan avtotransport vositalari deb hisoblansin, bunda qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi nazarda tutilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi avtotransport vositalari, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikasini siqilgan tabiiy gazdan foydalanish uchun qayta jihozlangan holda ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonida ular konstruksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan neft gazi yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament talablariga muvofiqligi ustidan samarali nazoratni taʼminlasin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ. I. Ibragimov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N. S. Otajonov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P. R. Bobojonov va “Oʻzbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV