Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ragʻbatlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlash boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga investitsiyalarni keng jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilgan:
Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining qarori bilan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Chilonzor-26, 36-uyda joylashgan umumiy maydoni 5,1 gektar boʻlgan “AOKS Plus Business” MChJning (sobiq “Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi) bino va inshootlari (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Toshkent shahar hokimligiga beriladi:
2. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining obyekt negizida Uchtepa kichik sanoat zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Toshkent shahar hokimligi:
bir oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi direksiyasini tashkil etsin va uni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
manfaatdor tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi hududida joylashtirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi PQ-2973-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarida tashkil etiladigan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari
roʻyxatiga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 21-son, 384-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
1. 2-banddan ikkinchi satr chiqarib tashlansin;
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: