1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.11.00 Transport, aloqa va energetika obyektlari qurilishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.06.00 Avtomobil transporti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish hamda foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlar qurish tizimini yanada takomillashtirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
1. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻprikqurilish” tresti” Unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda — “Koʻprikqurilish” tresti” UK deb yuritiladi) avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar (yondoshish yoʻllari bilan birga 500 pogon metrdan koʻproq uzunlikda) va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha vakolatli tashkilot etib belgilansin.
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Koʻprikqurilish” tresti” UK tarkibida:
ikkita ixtisoslashtirilgan filial — avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlar qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 1- va 2-koʻprik qurilishi otryadlarini;
avtomobil yoʻllari, koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish boʻyicha mintaqalarda tarkibiy boʻlinmalari boʻlgan unitar korxona;
“Ko`prikqurilishloyiha” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” unitar korxonasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/20/3632/0883-son)
“Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” unitar korxonasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/20/3632/0883-son)
“Qurilish sifati boʻyicha laboratoriya” unitar korxonasi;
“Koʻprikqurilish” tresti” UKning 13-koʻprik qurilish otryadi ishlab chiqarish negizida “Temir-beton buyumlar va boshqa konstruksiyalar tayyorlash zavodi” unitar korxonasi;
“Mexmost” AJni qayta tashkil etish yoʻli bilan “Maxsus temir-beton buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish zavodi” unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov belgilangan tartibda “Koʻprikqurilish” tresti” UKning tashkiliy tuzilmasi hamda ijro etuvchi apparatining tuzilmasi, shuningdek, uning korxonalari va filiallarining tuzilmalari tasdiqlanishini taʼminlasin.
4. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
a) avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha:
“Ko`prikqurilishta`mirlash Direksiyasi” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” UK — buyurtmachi etib;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/20/3632/0883-son)
“Ko`prikqurilishloyiha” — “Avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni loyihalash instituti” UK — bosh loyiha tashkiloti etib;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3632-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 07/20/3632/0883-son)
“Koʻprikqurilish” tresti” UKning tarkibiy boʻlinmalari — bosh pudratchi tashkilotlar etib belgilansin;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
b) “Koʻprikqurilish” tresti” UKga topshirilayotgan avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni ekspluatatsiya qilish, loyihalash, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurishga:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
umumfoydalanadigan avtomobil yoʻllarida joylashgan inshootlar sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
(4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
xoʻjalik avtomobil yoʻllarida, shaharlar hamda boshqa aholi punktlari koʻchalarida joylashgan inshootlarning sarf-xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
bir oy muddatda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar (yondashish yoʻllari bilan birga 500 pogon metrdan koʻproq uzunlikda) va boshqa inshootlarni xatlovdan oʻtkazish va ular ekspluatatsiyasini davom ettirish uchun “Koʻprikqurilish” tresti” UKga bosqichma-bosqich topshirish jadvallari ishlab chiqilishi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq xatlov oʻtkazish, yagona elektron bazani yaratgan holda qabul qilinayotgan avtomobil yoʻllari koʻpriklarining, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarning tavsifnomalarini hamda balans jihatdan mansubligini aniqlashtirsin, shuningdek, pasportlashtirishni taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalida davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Transyoʻlqurilish” DUKning koʻprik qurilish texnikasini ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha xoʻjalik yuritish huquqi bilan “Koʻprikqurilish” tresti” UKga topshirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
4.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
5.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.13.00 Mavjud korxona, bino, inshootlarni kapital taʼmirlash, texnik qayta jihozlash, kengaytirish va rekonstruksiyalash;
8.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvariga qadar muddatda ushbu sohadagi jahon tajribasini oʻrganishni hisobga olgan holda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha dasturni (keyingi oʻrinlarda — Dastur), shuningdek, “Koʻprikqurilish” tresti” UKni modernizatsiya qilish hamda jihozlash tadbirlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.02.00 Maxsus vakolatli xalqaro tashkilotlar (VTO, INTELSAT, YuNSITRAL, YuNKTAD, INTERPOL, MAGATE va boshqalar)]
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” va “Mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, 2-faza” loyihalari boʻyicha Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ATB) qarzining qolgan summasini toʻlash Respublikasining Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
“Transyoʻlqurilish” DUKning “Olti komplekt ixtisoslashtirilgan mobil asfalt-beton komplekslarini sotish olish” loyihasi doirasida koʻrsatilgan xizmatlar uchun Respublika yoʻl jamgʻarmasi oldidagi majburiyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi korxonalarining “Transyoʻlqurilish” DUK oldidagi majburiyatlari toʻxtatiladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yilgi va keyingi yillardagi parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 8-bandida koʻrsatilgan loyihalar doirasida ATBning qarzlarini toʻlashga zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bir oy muddatda “Koʻprikqurilish” tresti” UKning buyurtmanomalari boʻyicha:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
“Koʻprikqurilish” tresti” UKning yangidan tashkil etilayotgan tarkibiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun Toshkent shahrida zarur hududi va ishlab chiqarish infratuzilmasi boʻlgan ikkita maʼmuriy bino tekin foydalanish huquqi bilan berilishini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
“Koʻprikqurilish” tresti” UKning mintaqalardagi tarkibiy boʻlinmalarini joylashtirish uchun zarur hududi va ishlab chiqarish infratuzilmasi boʻlgan binolar tekin foydalanish huquqi bilan taqdim etilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Noruda foydali qazilmalari boʻlgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish komissiyasi (Gʻ.I. Ibragimov), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islomov) “Koʻprikqurilish” tresti” UK hamda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha ochiq savdolarni oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida noruda va inert materiallar qazib chiqarish uchun litsenziyalar bilan taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari “Koʻprikqurilish” tresti” UK hamda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining buyurtmanomalari boʻyicha noruda va inert materiallar qazib chiqarish uchun yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
13. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-iyuliga qadar muddatda avtomobil yoʻllari koʻpriklarini, yoʻl oʻtkazgichlar va sunʼiy inshootlarni loyihalash va qurish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos keluvchi texnologiyalar asosida temir-beton buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar barpo etish uchun investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasini ishlab chiqsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-oktabr,
PQ-3309-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-oktabrdagi PQ-3309-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning ustav kapitalida davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga “Transyoʻlqurilish” DUKning xoʻjalik yuritish huquqi bilan “Koʻprikqurilish” tresti” UKga topshiradigan koʻprik qurilish texnikasi
ROʻYXATI
T/r
Texnikaning nomlanishi
Modeli
Soni
(dona)
1.
Urib burgʻilovchi uskuna
BG36V BV2000
1
2.
20 metr foydali balandlikka ega 16 tonna quvvatli dezel-bolgʻali mobil koper
WOLTMAN PVE 5021
2
3.
Chuqurligi 30-50 metr boʻlgan, dm 130-160 mm boʻlgan burgʻulash-portlatish uskunasi