

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;06.09.2018
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3363668" id="-3363668">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3363669" id="-3363669">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3363671" id="-3363671">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3363673" id="-3363673"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3895087" id="-3895087">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-sonli “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini tadbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-3893416?ONDATE=06.09.2018 00#-3894955">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363674" id="-3363674">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-son<a href="/mact/-3362886"> Farmoniga </a>muvofiq Xalq taʼlimi vazirligining maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli taʼlim-tarbiyasini tashkil etish va ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish vazifalari yangi tuzilgan Maktabgacha taʼlim vazirligi zimmasiga yuklatildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363675" id="-3363675">Xalq taʼlimi tizimida davlat boshqaruvini takomillashtirish, vazirlik faoliyatini umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirish, taʼlimning boshqaruv organlari faoliyati samaradorligini hamda masʼuliyatini oshirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish orqali taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363676" id="-3363676">1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363677" id="-3363677"><strong>birinchidan,</strong> xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni har tomonlama rivojlantirish, oʻquvchilarning bilimi va maʼnaviy-axloqiy darajasini yanada yuksaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363678" id="-3363678"><strong>ikkinchidan,</strong> oʻrta taʼlim maktablari hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyani taʼminlash orqali 11 yillik oʻrta taʼlimni joriy etish boʻyicha tashkiliy-metodik tadbirlar tizimini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363679" id="-3363679"><strong>uchinchidan,</strong> umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunar oʻrgatish hamda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatishda metodik rahbarlik qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363680" id="-3363680"><strong>toʻrtinchidan,</strong> umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitish samaradorligini taʼminlash, oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va mehnat taʼlimini yaxshilash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363681" id="-3363681"><strong>beshinchidan,</strong> oʻquv-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamasini optimallashtirishni hisobga olgan holda taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari va usullarini joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363682" id="-3363682"><strong>oltinchidan,</strong> mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv reja va dasturlarga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363683" id="-3363683"><strong>yettinchidan,</strong> mehribonlik uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363684" id="-3363684"><strong>sakkizinchidan,</strong> rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning (shu jumladan inklyuziv) ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim-tarbiya olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363685" id="-3363685"><strong>toʻqqizinchidan,</strong> xalq taʼlimi muassasalarida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boʻlimlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” koʻrinishidagi yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363686" id="-3363686"><strong>oʻninchidan,</strong> umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363689" id="-3363689"><strong>oʻn birinchidan,</strong> taʼlim muassasalarida budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda budjet intizomiga rioya etishni taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363691" id="-3363691"><strong>oʻn ikkinchidan,</strong> taʼlim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363696" id="-3363696">2. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363698" id="-3363698">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363699" id="-3363699">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 68 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">* </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363703" id="-3363703">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tuzilmasi 3-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363706" id="-3363706">viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363709" id="-3363709">Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasining tuzilmasi 5-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">* </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363711" id="-3363711">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika taʼlim markazining tuzilmasi 6-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">* </a>muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363714" id="-3363714">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining tuzilmasi 7-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363720" id="-3363720">tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 8-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363725" id="-3363725">3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparati va hududiy xalq taʼlimi boshqaruvi idoralari tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363728" id="-3363728">4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti deb qayta nomlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363731" id="-3363731">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasi 9-ilovaga<a href="/mact/-3362873#-3363808">*</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-3363808" id="-3363808">* <a href="/mact/3362875#-3366829">1 — 9-ilovalar</a> rus tilidagi matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363733" id="-3363733">Mazkur Institut xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tayanch taʼlim muassasasi hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363736" id="-3363736">5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363741" id="-3363741">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida <a href="/mact/3436309#-3441709">Nizomni</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363743" id="-3363743">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika taʼlim markazining <a href="/mact/3436309#-3443097">ustavini</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363744" id="-3363744">Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining<a href="/mact/3436309#-3443607"> ustavini</a>;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363745" id="-3363745">A. Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining <a href="/mact/3436309#-3444062">ustavini</a> tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363749" id="-3363749">6. Belgilansinki, Respublika taʼlim markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodistlari mehnatiga haq toʻlash Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi metodistlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari asosida, mukofotlash hamda moddiy yordam koʻrsatish esa Xalq taʼlimi vazirligi xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363754" id="-3363754">7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363758" id="-3363758">Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363762" id="-3363762">tuman (shahar)xalq taʼlimi boʻlimlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363765" id="-3363765">8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363771" id="-3363771">9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-son <a href="/mact/-3303127">qarori</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363782" id="-3363782">10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3363785" id="-3363785">11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri U.I. Inoyatov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3363787" id="-3363787">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3363790" id="-3363790">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3363794" id="-3363794">2017-yil 30-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3363798" id="-3363798">PQ-3304-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3363672" id="-3363672">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2017-y., 07/17/3304/0037-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
